Bob. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana31.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#522275
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA

19.4-jadval 
Inqirozni bartaraf etishga ajratilgan
mablag‘larning yo‘nalishlari 
Mamlakat 
Kredit 
mablag‘lariga 
davlat kafolati 
Moliyaviy 
institutlar ustav 
kapitallariga 
qo‘yilmalar 
YUqori riskli, 
shubhali 
aktivlarning 
xaridi 
Boshqalar 
Jami 
mlrd. 
doll. 
jamiga 
nisb. % 
mlrd. 
doll. 
jamiga 
nisb. % 
mlrd. 
doll. 
jamiga 
nisb. % 
mlrd. 
doll. 
jamiga 
nisb. % 
mlrd. 
doll. 
Rossiya 


185 
84 
11 

25 
11 
222 
Buyuk 
393 
39 
79 



549 
54 
1020 


415 
Britaniya 
AQSH 
1769 
50 
714 
20 
663 
19 
394 
11 
3539 
Germaniya 
539 
60 
177 
20 


176 
20 
893 
YAponiya 
303 
53 




237 
47 
576 
Xitoy






570 
100 
570 
Jami 
3004 
44 
1155 
17 
674 
10 
1951 
29 
6820 
 
Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, inqirozni bartaraf etishga sarflangan 
jami mablag‘lar 2008 yilda 6820 mlrd. dollarni tashkil qildi. Kredit mablag‘lariga 
davlat kafolati uchun 3004 mlrd. dollar sarflangan, ya'ni jami ajratilgan 
mablag‘lardagi salmog‘i 44% ni tashkil qilgan, moliyaviy institutlar ustav 
kapitaliga maqsadli qo‘yilmalar 1155 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning 
salmog‘i 17% ni tashkil qilgan. YUqori riskli shubhali aktivlarni xarid qilish 
uchun sarflangan mablag‘lar hajmi 674 mlrd. dollarni tashkil qilib, ularning jami 
ajratilgan mablag‘lardagi salmog‘i qariyib 10% ni tashkil qilmoqda.
 
19.5.
Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda 
uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri 
borasida Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta'kidlaydilar: «...tobora 
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta'sir 
ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani 
bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. 
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro 
hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib 
borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida, O‘zbekistonning 
xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va 
eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
SHu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari 
iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta'sir etayotganidan 
ko‘z yumib bo‘lmaydi»
1
.
Biroq, o‘z o‘rnida ta'kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz 
iqtisodiyotiga ta'siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga 
qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar 
bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin 
qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, 
O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta'siri jahon xomashyo bozorlarida 
eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 11-б.


416 
hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo 
hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining 
qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
«Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport 
qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral 
o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, 
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari 
kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish 
rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish 
sur'atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta'sir etadi»
1

SHu bilan birga, bugungi kunda ko‘plab etakchi olim va mutaxassislarimiz 
tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta'sirini 
pasaytiradigan omillar mavjudligi ta'kidlanmoqda. Ba'zi mutaxassislarning 
fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta'sirlardan tashqari biz uchun 
ijobiy ta'sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. 
AQSH va Evropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z aktivlarini 
bo‘shatmoqdalar. Mohiyatiga ko‘ra, qaytadan qandaydir ishga jalb etilishi zarur 
bo‘lgan resurslarni bo‘shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi 
imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yo‘llarini 
qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan chog‘da rivojlanayotgan 
mamlakatlar bozorlari o‘sishning ijobiy dinamikasini ko‘rsatadi. SHunday 
mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko‘plab investorlar O‘zbekiston bozoriga 
e'tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas»
2

SHuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta'sirining jiddiy 
bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar bilan izohlash mumkin: 

ma'muriy-buyruqbozlik 
tizimidan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tishning 
bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini 
aniq belgilab olinganligi; 
- O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, 
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta'minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va 
zarur resurslar bazasining mavjudligi; 
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda 
iste'mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir 
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; 
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va 
ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan 
izohlanadi. 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 12-б. 
2
Хаитбаев Д. Кризис может иметь свои плюсы // 
http://www.review.uz/page/article/v_uzbekistane/2356
.


417 
Hozir O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
13,3% ni tashkil etmoqda, eksport hajmiga nisbatan esa 31% dan oshmaydi. Bu o‘z 
navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to‘lov qobiliyatga egaligini 
ifodalaydi.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib
chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb 
etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi 
kon'yunkturaga keskin bog‘liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining 
oldi olindi.
2007-2008 yillarda o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 martadan 
ko‘proq oshdi. Bu holat milliy iqtisodiyotimizning yuqori investitsion salohiyatga 
ega bo‘layotganligi va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion 
muhit bilan bevosita bog‘liqdir.
Natijada 2008 yilda 1,7 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy 
investitsiyalar o‘zlashtirildi, ularning 70% to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadigan 
investitsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishi uchun strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan real sektorlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan.
Investitsiya dasturi doirasida 2009 yilda 1,8 milliard AQSH dollaridan ortiq 
xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanganligi istiqboldagi barqaror 
iqtisodiy o‘sish jarayonlari kuzatilishi kutilayotganligidan dalolat beradi. Mazkur 
xorijiy investitsiyalarning 75% to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushiga to‘g‘ri 
keladi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o‘zaro 
manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishimizda 
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga 
ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy 
ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko‘lamiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.
SHunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga choralar dasturi
ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur dasturda talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan 
bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlovchi 
chora-tabdirlar majmui o‘z aksini topdi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish