24
pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni kimyoviy
tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar.
Bu cho‘yanlarda
uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan
kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
3
S) holida, qolgani grafit
tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq
va mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi
sababli, ular qayta ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu
cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‘lganligidan oq
cho‘yanlar deb ham ataladi.
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yan-laning
70–80% ini qayta ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi.
2. Quyma cho‘yanlar.
Bu cho‘yanlarda ugle-rodning
ko‘p qismi erkin holda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu
cho‘yanlarning siniq yuzalari kulrang tusda bo‘lganligi
uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning
oquvchanligi yuqoriligi, qotganda hajmining kam kirishuvi,
suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib
ishlanishi boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning
uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab shaklli
quymalar olishda keng foydalaniladi. Ularga
quymakorlik
cho‘yanlari
deb ham ataladi.
Domna pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10–12%
ni bu cho‘yanlar tashkil qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining
GOST 4832–80 ga ko‘ra LK1-LK7 markalari bo‘ladi. Ular
tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh kategoriyaga,
fosfor miqdoriga ko‘ra A, B, V, G, va D sinflarga va
marganes miqdoriga ko‘ra uch guruhga ajratiladi.
3. Maxsus cho‘yanlar.
Bu
cho‘yanlar tarkibida doimiy
mavjud elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi
cho‘yanlarga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Maxsus cho‘yanlar
uch xilga, ya’ni yaltiroq cho‘yanlarga, ferromarganeslarga
25
va ferrosilitsiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho‘yanlarning siniq
yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun ular yaltiroq
cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning tarkibida 10-25%
Mn va 2% Si bo‘ladi. Ularning 3Chl, 3Ch2, 3Ch3 markalari
bor.
Ferromarganeslar tarkibida 70–75% Mn va 2,5% gacha
Si bo‘ladi. GOST 4756-77 ga ko‘ra SM
n
10, SM
n
14, SM
n
20
va boshqa markalari mavjud.
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19–92% gacha bo‘lib,
qolgani Al, Mn, Cr, C, S, P lardan iborat bo‘ladi. GOST
1415-78 ga ko‘ra uning FS 90, FS 92, FS 75 1 va boshqa
markalari bor.
Maxsus cho‘yanlar olinayotgan cho‘yanlarning 1–2%
nigina tashkil etadi. Maxsus cho‘yanlardan po‘latlar olishda,
legirlovchilar sifatida foydalaniladi. Cho‘yanlarning yuqo-
rida qayd etilgan xillaridan bo‘lak legirlangan cho‘yanlar
deb ataladigan maxsus xossali xillari ham bo‘ladi, bu
cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn,
P va S) dan tashqari ma’lum miqdorda (Cr, Ni, Cu, W va
boshqalar) kiritiladi. GOST 1585-79 ga ko‘ra, bu xil
cho‘yanlarga ChX9N5, AChS-1, AChV-1 markali antifrik-
sion cho‘yanlar misol bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish joizki, cho‘yanlarning asosiy
strukturalaridan tashqari tarkibidagi grafitning qanday
shaklda bo‘lishiga qarab ular mustahkamligi yuqori va
bolg‘alanuvchan
*
cho‘yanlarga ham ajratiladi. Mustahkam-
ligi yuqori cho‘yanlarni kulrang cho‘yanlardan olish uchun
suyuq cho‘yanga ozroq Mg yoki boshqa elementlari qo‘shi-
ladi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yan
quymalari maxsus rejimda yumshatiladi.
*
Bolg‘alanuvchan degan nom shartli ravishda berilgan bo‘lib, bu cho‘yan
kulrang cho‘yanga qaraganda plastikroq bo‘ladi, lekin bolg‘alab ishlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |