409
Albatta bunday qo‘shiqlar bugungi kunda bastakorlar ijodiyotida talaygina. Misol tariqasida
bolalar bastakori Sh.Yormatovning “Ay-yay-yay”, “Islom bobo”; bastakor D.Omonullaevaning
bolalar uchun yozgan “Diloromning qo‘shig‘i”, “Buvijonim”, “Aziz bo‘ston – O‘zbekiston”,
“Navro‘zim”, “O‘zbekiston – Vatanim manim” yoki bolalarni sevimli bastakori N.Norxo‘jaevning
“Nevaralar qo‘shig‘i”, “Buvijonim yaxshisiz”, “Salom bergan bolalar”, “Yaxshi bola”, “Biz
askarmiz”, “Kapalak va kamalak”, “Kakligim”, “O‘ynasangchi tipratikan”, “Shaftoliga savolim”,
“Navro‘zim – sho‘x sozim”, “Gullar manim kulganim”; bastakor A.Mansurovning “Vatanginam”,
“Muzqaymoq”; F.Nazarovning “Paxtaoy”, “Inoq o‘ynaymiz”, “Qish chog‘lari” va boshqa ko‘plab
O‘zbekiston bastakorlarining bolalar uchun yozgan so‘nmas asarlarini misol tariqasida keltirib
o‘tish joiz. Albatta, bunday asarlar bolalarning qalbiga chuqur iz qoldiribgina qolmasdan, ularning
badiiy tarbiyasi va didini o‘stirish bilan bir qatorda eshitish appratinig mukammal rivojlanishiga
katta yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirishning yana bir o‘ziga
xos xususiyatlari shundan iboratki, qo‘shiq mazmuniga mos tasviriy san’at belgilaridan
foydalanish yoki qo‘shiq tuzilishiga xos savol-javoblar, shuningdek, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga
ajratgan holda bo‘lib-bo‘lib o‘rgatishdir. Bunda bolalar qo‘shiq mazmunga mos musiqiy-ritmik
harakatlar bilan o‘rgana boshlaydilar. Matn va ohang talaffuzning aniqligi ma’lum me’yorga
tushgandan so‘ng, qo‘shiqning badiiy ijrosiga erishiladi. Qo‘shiqni vaqt-vaqti bilan sayr vaqtida,
mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga takrorlab ko‘ylab turish lozim, aks holda uning matni bolalar
xotirasidan ko‘tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir mashg‘ulotda ayniqsa, yangi
qo‘shiqni o‘rganishdan oldin, ilgari o‘rgatilgan qo‘shiqni takrorlab turish, bolalar ijrosidagi ayrim
nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi. Bolalar toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari
o‘zgartirib turiladi. Masalan: guruhlarga bo‘lib o‘rgatish; yakkaxon va guruh jo‘rligida; musiqiy
harakatlar yordamida amalga oshirilib o‘rgatish; qo‘shiq matniga mos raqs elementlarini o‘ylab
ko‘rishga va o‘zlari uni ijro etishga undab ko‘rish yaxshi samara beradi.
Musiqa rahbarining tinimsiz mehnati va sa’y-harakati tufayli qo‘shiq mukammal o‘rganilsa,
shubhasiz bolalarning qiziqishi yanada ortadi. Demak, bu jarayon bejizga emas, chunki ularning
qay daraja o‘zlashtirishlari shubhasiz ularning eshitish apparatlarini faol ishlashidan dalolatdir.
Shuningdek, musiqa mashg‘ulotlarining noan’anaviy shakllaridan foydalanib turish, bolalarning
zerikishini oldini olib, yanada qiziqishlarini kuchaytiradi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan
ko‘p yillik izlanish bolalarda bir yil davomida o‘n – o‘n ikkita qo‘shiq o‘rganish yaxshi samara
berishini ta’kidlaganlar.
Bu, albatta, yaxshit natija. Bunga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
bolalarda sof intonatsiya va qo‘shiq ijrochiligi ko‘nikmasini shakllantirish; bolalarga yakkama
yakka holda ishlash, akapella tarzida ijro etish; bolalarning eshitish qobiliyatini doimiy nazorat
qilish; kuyning balandligi, tovushlarning uzunligi, kuyning yo‘nalishini aniqlashi; bola o‘zini
eshita olishi; ijro vaqtida o‘zining xatolarini eshitgan holda tushinib, uni to‘g‘rilashi; ovoz rivoji,
tabiiy ijroga erishish; bolalarda ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular ijro etgan
qo‘shiqlarini ritmik harakatli o‘yinlarda ko‘rsata olish kabi jihatlarga e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: