24
Rasm 4.8
. Polimer
materiallardan tayyorlangan
oddiy mahsulotlar – plastik
oshxona jixozlari (qoshiq,
sanchqi va pichoq), bilyard
shari, velosiped shlemi,
ikkita o’yin kubiki, o’t
o’rish uskunasi g’ildiragi
(plastmassali disk va
rezinali shina) va plastik
idish.
MUAMMOLI VAZIYaT
Gazlangan ichimliklar uchun qadoq
Gazlangan salqin ichimliklarni saqlash uchun qadoqlar materialiga qiziqarli talablar
qo’yiladi: (1) U bosim ostidagi CO
2
ni chiqarib yubormasligi kerak; (2) Zaxarli moddalarsiz,
suyuqlikka ta’sirsiz, iloji boricha qayta ishlashga yaroqli; (3) Suyuqlik bilan to’ldirilgan qadoq
yetarlicha mustaxkam bo’lishi, bir necha metr balandlikdan tashlanganda parchalanmasligi
kerak; (4) Qadoq tayyorlash texnologiyasi va material tannarxi qimmat bo’lmasligi lozim; (5)
Agar mahsulot avvaldan shaffof bo’lsa, u saqlash jarayonida optik xossalarini yo’qotmasligi
lozim; (6) Mahsulot turli ranglarga bo’yalishi yoki unga dekorativ yorliqlar yopishtirish imkoni
bo’lishi kerak.
Gazlangan salqin ichimliklarni saqlash uchun qadoq tayyorlashda uch turdagi barcha
asosiy materiallar ishlatiladi – metall (alyuminiy), keramika (shisha) va polimer (poliefir) bu
bobning boshida suratda ko’rsatilgan. Ushbu barcha materiallar zaxarli moddalardan xoli va
suyuqlik bilan o’zaro ta’sirga ega bo’lmasligi kerak. Barcha materiallarning afzalliklari va
kamchiliklari mavjud. Masalan, alyumin qotishmalar yetarlicha mustaxkam (ammo mahsulot
oson pachoqlanadi), devorlaridan gaz o’tmaydi, material ortiqcha qiyinchiliklarsiz qayta
ishlanadi, ichimlikni sovutish oson, yorliqlar mahsulot yuzasiga oson yelimlanadi. Biroq alyumin
qadoqlar shaffof emas va ishlab chiqarish uchun juda xam qimmat. SHisha a’lo darajadagi
material, gaz diffuziyasiga qarshilik ko’rsata oluvchi, oson qayta ishlanuvchi va nisbatan arzon
material. Faqatgina shisha mo’rt, kuch natijasida oson sinuvchan va bundan tashqari shisha
idishlar yetarlicha og’ir. Plastik yetarli darajada mustaxkamlikka ega, butunligicha optik shaffof
bo’lishi xam mumkin. Yengil va qimmat bo’lmagan material. Ammo CO
2
chiqarib yuborish
bo’yicha u alyumin va shishadan sezilarli darajada ortda qoladi. Aniqlanishicha alyumin va
shisha qadoqlarda saqlangan ichimliklar bir necha yil davomida kuchli gazlanganligicha qoladi
bu vaqtda ikki litrli plastmas qadoqdagi gaz bir necha oyda butunligicha uchib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: