120
Fermalarni qo‘llanishi
va tuzilishi yopma turiga, fonarlarni joylashishi va
shakliga, hamda tomning umumiy komponovkasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliqlari 18m va undan katta bo‘lgan binolar uchun oldindan zo‘riqtirilgan,
betonni sinfi B30-B40 bo‘lgan temir-beton fermalar ishlatiladi. Fermalarni qo‘llash
natijasida fermani tuzuvchilari bo‘lgan sterjenlar oralig‘idai bo‘shliqlarga santexnik
va texnologik tarmoq uskunalarni joylashtirish imkonini beradi.
Ferma yuqori qismi tizimiga ko‘ra
ularni segmentsimon, arkasimon, parallel
poyasli va uchburchak ko‘rinishidagi turlarga ajratish mumkin (2.43-rasm).
2.43-rasm. Sanoat binolarining stropil fermalari
a-hovonli, segmentsimon; b-havonsiz,
sterjenlari tikka joylashgan, arkasimon
ferma; v-parallel poyasli havonli ferma;
g-ikki nishobli ferma; d-yassi tom uchun
havonsiz, arkasimon ferma.
121
Segmentsimon va sterjenlari tikka joylashgan fermalarni oraliqlari 18 va 24
metr, ustunlar qadami 6,0 bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
Parallel poyasli fermalarni oraliqlari 18 va 24m, ustun qadami 6 va 12m bo‘lgan
korxona binolarda qo‘llanilgan ferma ustunlariga hamda yopma plitalarini fermalarga
qotirish usullari balkalarni ustunlarga qotirish usuliga o‘xshash bo‘ladi.
Katta oraliq ishlab chiqarish binolarida arkasimon, yig‘ma
temir-beton
konstruksiyalari ishlatiladi. Konstruktiv sxemalariga ko‘ra ikki sharnirli “tayanchlari
sharnirli birikkan”, uch sharnirli va sharnirsiz turlarga bo‘linadi. Bularni ichida ikki
sharnirli arkalar qulayligi va qurilishda “yig‘ilishda” osonligi bilan ajralib turadi.
Oraliq kengligi 30m va undan katta bo‘lgan hollarda nishabi (qiyaligi)
oraliqning 1-5 dan 1-7 gacha qismiga to‘g‘ri keladigan temirbeton yassi arkalar
ishlatiladi. Bunday arkalarni ustki qismi (sterjeni) oldindan zo‘riqtirilgan
temirbetondan ishlangan bo‘ladi.
Sanoat binolari tomidan atmosfera suvlarini ikki xil
usulda bino ichkarisidan
hamda tashqi tomonidan oqizib yuboriladi(2.44-rasm).
Atmosfera suvlarini tashqi tomondan erkin oqishini ko‘pincha chordoqli va
isitilmaydigan binolarda uchratish mumkin. Bundan tashqari korxona ichida yomg‘ir
suvlarini oqizib yuboradigan kanalizatsiya tarmoqlari o‘tkazilmagan bo‘lsa, hamda
tom ko‘taruvchi konstruksiyalari yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa,
bunday isitiladigan
binolarda ham atmosfera suvlari bino tashqarisidan oqiziladi. Bunda bino balandligi
10m gacha, tom kengligi esa 36m dan oshmasligi kerak. Bu usulda suvlar bir joyga
yig‘ilgan va yig‘ilmagan (butun uzunasi bo‘ylab erkin oqib tushadigan) bo‘lishi
mumkin.
Atmosfera suvlari ichkaridan oqiziladigan binolarda chekka oraliq tomonidan
suvlarni tashqaridan oqizib yuborish man etiladi.
Atmosfera suvlarni tarnovlar yordamida bir joyga yig‘ib, bino tashqarisidan
oqiziladigan hollarda, suv tushadigan quvurlar oralig‘i 24 metrdan katta bo‘lmasdan,
quvurlar diametri 1m
2
tom yuzasi uchun 1-1,5sm
2
hisobida olinadi.
Atmosfera suvlarini bino ichkarisidan oqizilganda
tom maydonida bir biridan
barobar masofada turuvchi suv yig‘iladigan elementlar joylashtirilgan bo‘ladi. Bu
122
elementlarning bir-biridan uzoqligi nishabli tomlarda 48m ni, tekis tomlarda esa 60m
tashkil etadi.
Suv tushiriladigan quvurchalar diametri 80mm bo‘lganda sekundiga 5l suv, 100
mm bo‘lganda 10 l/sek; 125 mm bo‘lganda 20 l/sek; 150mm bo‘lganda 35 l/sek;
200mm bo‘lganda 80 l/sek suv o‘tishi ta’minlanadi. Yoki diametri 100mm bo‘lgan
oqizuv quvurlari nishabli tomonlarning 80m
2
yuzasidan oqib tushuvchi, tekis
tomlarning 800m
2
maydonidan tushuvchi suvlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tomdan suvlarni bino ichkarisidan oqizishda turar
joy va jamoat binolaridagi
kabi ma’lum bir tizimi – suv yig‘uvchi element, yo‘naltiruvchi quvur va uni
kanalizatsiyaga o‘tkazuvchi qismdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: