46
1 – guruh o‘z navbatida 3 ta guruhchaga (1a, 1b, 1v ) bo‘linib, ishlab chiqarish
jarayonining me’yor sharoitida borishi va zararli gazlarning bo‘lmasligi bilan
tavsiflanadi;
2 – guruh o‘z navbatida, 5 ta guruhchaga (2a, 2b, 2v, 2g, 2d) bo‘linadi va ishlab
chiqarish jarayonlarining noqulay meteorologik sharoitda (yoki chang ajralishi bilan)
borishi, og‘ir fizik mehnat bilan tavsiflanadi;
3 – guruh 4 ta guruhchaga (3a, 3b, 3v, 3g ) bo‘linadi va ishlab chiqarish
jarayonlari zararli moddalar ajralishi hamda ichki kiyimlarning
ifloslanishi bilan
tavsiflanadi;
4 – guruh 3 ta guruhchaga ( 4a, 4b, 4v ) bo‘linadi va ishlab chiqarish jarayonlari
mahsulot sifatini ta’minlash uchun maxsus tartiblar talab etadi.
Sanoat korxonalarining umumiy foydali maydonini 20-30% ni yordamchi
binolarning umumiy foydali maydoni tashkil etadi. Har bir ishchi va xizmatchiga
o‘rta hisobda 4metr kvadrat xizmat ko‘rsatish maydoni to‘g‘ri kelishi kerak.
Hisoblangan yordamchi maydonning 65%i sanitar-maishiy xizmatga, 25% i umumiy
ovqatlanishga, 2%i tibbiy xizmatga va 8%i madaniy xizmat ko‘rsatishga ajratiladi.
Ma’muriy-maishiy binolar 2-sinf talablari bo‘yicha loyihalanib, xizmat ko‘rsatish
muddati 50-100 yilni tashkil etishi kerak. Ma’muriy-maishiy
binolar barcha
qulayliklarga ega bo‘lishlari, ularda barcha sanitar-gigienik tartiblar tashkil qilinishi
talab etiladi.
Ma’muriy-maishiy bino sanoat binosidan tashqarida, alohida joylashgan bo‘lsa,
ular orasidagi masofa 12 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘tish yo‘li yer ostidan, yer
tekisligidan (yer ustidan)yoki yerdan ma’lum bir yuqorilikdan(yerdan o‘tish
yo‘ligacha kamida 4,2 m)o‘tkazilishi mumkin. Ma’muriy-maishiy bino karkassiz
bo‘lsa, yarim karkasli bo‘lsa(quyma yoki g‘ishtli devor bo‘lsa)qavat balandligi 2,8m;
3m qilinadi.
Kiriladigan xona polining sathi kiraverish oldidagi yo‘lakcha(tratuar) sathiga
nisbatan kamida 0,15 m balandlikda bo‘lishi zarur.
47
Binolarda kirish xonalarining(vestibyullarining)maydonlari eng ko‘p
kishilik
smenada ishlovchi xodimlarning soniga mo‘ljallanib har kishiga 0,2 metr kvadratdan,
lekin 9 metr kvadratdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ma’muriy-maishiy xonaga kirish joyida tambur o‘rnatiladi, uning chuqurligi
kamida 1,2 m qilinadi. Agar tashqaridagi harorat -30 gradusdan past tushadigan
bo‘lsa, tambur ikkita qilib loyihalanadi.
Ma’muriy-maishiy bino bir necha qavatli bo‘lsa,
har bir qavatda unitaz
o‘rnatilishi va har 4 ta unitaz uchun 1 ta umivalnik o‘rnatilishi shart. Erkaklar
hojatxonasida unitazlar soniga teng qilib pissuarlar loyihalanadi.Ko‘p qavatli
binolarda
hojatxonalar, yuvinish xonalari, dushxonalar odatda,
pastdagi shunday
xonalarning ustlarida joylashtiriladi. Ularni texnik xonalar,suv isitgich, nasos xonalari
ustida ham joylashtirishga ruhsat etiladi.Tibbiy xona bemorlarni chiqarish va ularga
qulaylik qilish maqsadida 1-qavatda joylashtiriladi. Oshxona ham 1-qavatda
joylashtiriladi va unga kirish alohida eshikdan amalga oshiriladi. Oshxona 2-qavatda
bo‘lsa, albatta yuk ko‘tarish lifti o‘rnatilishi kerak.Korxonada ishlaydigan ishchi-
xizmatchilarning soni 200 va undan ortiq bo‘lsa oshxona, 200
ga yetmasa bufet
loyihalanadi.Agar ishchilar soni 30 tadan kam bo‘lsa, bufet o‘rniga oziq-ovqat qabul
qilinadigan xona loyihalanadi, 1 kishiga 1 metr kvadrat olinadi. Lekin xona yuzasi 12
metr kvadratdan kam bo‘lmasligi kerak.Oshxonaning oldida yoki unga yaqin joyda
hojatxona va umivalnik o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.Ish joylaridan maydondagi jamoat
ovqatlanish joylarigacha bo‘lgan masofa 300 m dan oshmasligi kerak.
Xonaning har nuqtasidan eng yaqindagi evakuatsiya eshigigacha bo‘lgan masofa
binoning o‘tga chidamlik darajasiga qarab belgilanadi va u 1-2 darajadagilarda 25 m
dan,3-3a darajadagilarda 15 m dan, 4-darajadagilarda 12 m dan, 3b-4a-
darajadagilarda 10 m dan oshmasligi lozim.
Yulak bo‘ylab zina kataklari yoki tashqariga chiqish joylari (eshiklar)
oraliqlaridagi joylashgan eng uzoqdagi xona eshigidan zina katagigacha yoki
tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofa 1-jadvalda keltirilganidan oshmasligi
kerak