katalizlaydi va “nazorat” qiladi. Bu fermentning muhim ahamiyati shundaki, u issiqlikka
chidamli bo‘lib, u ancha yuqori haroratda ham o‘z faolligini yo‘qotmaydi. Uning faolligini
namoyon etuvchi optimal temperatura 72 0C dir. Ko‘pgina PZR bilan olib boriladigan
reaksiyalar deyarli yuqori temperaturada olib boriladi. PZR tekshiruvlar paydo bo‘lgandan
beri, kundan kunga uni turli sohalarda qo‘llash imkoniyatlari kengaymoqda. Ma’lumki hozirgi
kunda PZR yordamida tashxis qilish rivojlanib bormoqda. PZR analizi 3 ta bosqichda olib
boriladi:
1. DNK ajratib olish;
2. DNK fragmentlarining amplifikatsiya.
3. DNK amplifikal maxsulotining deteksiyasi. PZR metodi asosida tabiy jarayon yotadi --
DNK matritsasining komplementar qurilishi .DNK polimerazasi fermenti yordamida bu
reaksiya DNK replikatsiyasi nomi bilan ataladi.
Yuqoridagi jarayonlar natijasida qisqa DNK zanjirining fragmenti kopiyasini olish
mumkin. Spetsifik aniq mikroorganizmlar uchun shunaqa aniq bir uchastkalarni qidirish talab
etiladi.
Programmalashtirilgan termostat programmasi asosida temperaturani o‘zgartirib turish
orqali, labaratoriya sharaoitida PZR metodi yordamida DNK fragmentining juda ham uzun
zanjirlarining kopiyalari olinadi va elektroforez metodi asosida DNKning kerakli fragmenti
aniqlanadi. PZR amplifikatsiyasini o‘tkazish uchun kerakli komponentlar :
Usulni sifatli o‘tkazilishida amplifikatsiyaga hos hususiyatlardan biri spetsifik
fragmentlarni va praymerlarni to‘g‘ri tanlanishidir.
1 – bosqich: DNKning denaturatsiyasi (qo‘shaloq spiralning shakllanishi) 30-40 sekund
davomida 93-95C da bo‘lib o‘tadi. 2- bosqich: praymerlarning bog‘lanishi (siqish) jarayoni
xisoblanib, DNK ning qarama- qarshi tomonida joylashgan praymerlarning komplimentar
bog‘lanishi asosida boradi. Ushbu jarayon harorati 50-60 C amalga oshirilib, siqilish vaqti esa
20-60 sekundni tashkil etadi. 3-bosqich: DNK zanjirini hosil bo‘lish jarayoni xisoblanib,
komplementar DNK 5-3 yo‘nalishida zanjirlarning qurilishi, qarama-qarshi zanjirning
yo‘nalishda hosil bo‘ladi. Yangi DNK zanjirining hosil bo‘lishida dezoksiribonukleotidtrifosfat
aralashmasi asosiy material hisoblanadi.4- bosqich: bunda sintez jarayonida muvozanatga
chidamli DNK polimeraza (taq-polimer) fermenti yordamida olib borilib, 70-72 C haroratdada
amalga oshadigan sintez xisoblanadi. Ushbu jarayon 20-40 sekund davomida boradi va
amplifikatsiyaning birinchi siklida hosil bo‘lgan yangi DNK zanjiri 2-chi siklining o‘tishiga
hizmat qiladi, ya’ni DNK namunalarini ko‘paytiradi. Amplifikatsiya sikli davomida amplikonlar
yangi zanjir sikli uchun matritsa vazifasini bajaradi. Shu tariqa aralashmaga amplikonlar (2n
formula asosida qo‘shiladi, bu yerda n- soni amplifikatsiya sikli). Aralashmalar dastlab faqatgina
bitta qo‘sh zanjirni DNK molekulasi bo‘lsa, 30-40 sikldan so‘ng, ularning soni 108ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: