Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-BO`LIM.”SOLIQ MAMURCHILIGINING SAMARALI ISHLASH



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
5-BO`LIM.”SOLIQ MAMURCHILIGINING SAMARALI ISHLASH 
MEXANIZMLARINI MODERENIZATSIYA QILISHNING USTIVOR 
YO‟NALISHLARI” 
 
15-MAVZU:SOLIQ MA‟MURCHILIGINI 
TAKOMILLASHTIRISHDA DAVLAT SOLIQ IDORALARI FAOLIYATI 
SAMARADORLIGINI BAXOLASH TIZIMI 
1.Davlat soliq qo„mitasining soliq ma‟murchiligi amalga oshirishdagi asosiy 
vazifalari. 
2.Qo„mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash asosiy 
mezonlari. 
3. Soliq ma‟murchiligidagi mavjud muammolar va uni bartaraf etish 
yo‟llari. 
 
1.Davlat soliq qo„mitasining soliq ma‟murchiligi amalga oshirishdagi 
asosiy vazifalari. 


218
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining maqomi, asosiy 
vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi va 
hisobotini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining funksional 
majburiyatlari va javobgarliklari «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonuniga, 
O‗zbekiston 
Respublikasining Soliq 
kodeksiga, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika soliq organlari tizimini 
yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2010 yil 8 yanvardagi 
PQ-1257-son 
va 
«Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son 
qarorlariga muvofiq belgilanadi.
Qo‗mita soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning 
iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlash sohasidagi nazorat bo‗yicha 
respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga bo‗ysunadi. Qo‗mita o‗z faoliyatida O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlariga, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlariga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari va farmoyishlariga boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‗z vakolatlari doirasida qabul qilingan 
qarorlar davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq 
to‗lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun 
majburiy hisoblanadi. 
Qo‗mita, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik 
soliq to‗lovchilar bo‗yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, shuningdek, 


219
Qo‗mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‗z nomi davlat tilida yozilgan 
muhrga va blankalarga, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligida 
shaxsiy g‗azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el 
valyutasidagi hisobraqamlariga ega. 
Davlat soliq xizmati organlari o‗z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, 
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil 
ravishda amalga oshiradilar. 
Quyidagilar Qo‗mitaning asosiy vazifalari quyidagilar: 
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblab 
chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishi yuzasidan nazoratni ta‘minlash; 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli 
jamg‗armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning soliq to‗g‗risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq o‗z vaqtida va bir xildagi tushumini ta‘minlash 
hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarining daromad qismini 
barqaror shakllantirish; 
soliq to‗lovchilar va soliq solish ob‘ektlarining o‗z vaqtida hamda ishonchli 
hisobga olinishini ta‘minlash, ularning to‗liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq 
ma‘muriyatchiligi jarayoniga ma‘lumotlarni to‗liq yig‗ish va qayta ishlashni 
ta‘minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‗or 
avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish; 
soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‗yicha tahlil qilish va ta‘sirchan 
choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning 
dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta‘sirchan 
choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‗ilishini oshirish bo‗yicha choralarni amalga 
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; 
pul mablag‗larining g‗ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, 
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan naqd pul tushumining to‗liq va o‗z vaqtida topshirilishi yuzasidan 


220
muntazam nazoratni ta‘minlash; 
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‗jalik faoliyati, ular 
tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni 
amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‗yicha 
tergovga qadar tekshiruv o‗tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‗ra 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish; 
soliq to‗lovchilar o‗z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun 
maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati –insofli 
soliq to‗lovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani so‗zsiz bajarish; 
soliq to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‗yicha ishlarni 
amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va 
bartaraf etish bo‗yicha kompleks tadbirlarni bajarish; 
soliq to‗lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‗rsatishga to‗liq o‗tish 
yo‗li orqali soliq to‗lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish; 
qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to‗lovchilarning faoliyatini 
rag‗batlantirish bo‗yicha takliflar kiritish; 
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish, davlat soliq xizmati organlarini 
yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‗lgan malakali xodimlar bilan to‗ldirish, 
shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‗yicha tizimli 
ishlarni amalga oshirish; 
davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, 
korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo‗yicha ta‘sirchan choralarni, shu 
jumladan xodimlar manfaatlarining to‗qnashuvini hal qilish yo‗li bilan amalga 
oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, 
xodimlar o‗rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta‘minlash, o‗z xizmat 
faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun 
xizmatni o‗tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish. 
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha davlat soliq 
xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli 
muammolarni o‗rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‗yicha takliflar 


221
ishlab chiqish. 
Davlat soliq qo‗mitasi o‗ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblab 
chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishi yuzasidan soliq nazoratini ta‘minlash 
sohasida: 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning Davlat budjetiga va davlat 
maqsadli jamg‗armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi; 
soliq to‗lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini, shuningdek, soliq 
to‗lovchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‗arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlariga jamg‗arib boriladigan pensiya badallarining to‗g‗ri hisoblab 
chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida kiritilishi tekshiruvlarini belgilangan tartibda 
o‗tkazadi; 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar 
faoliyatini soliq tekshiruvi o‗tkazilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga 
rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import 
operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan 
tartibda nazorat qiladi; 
soliq to‗lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar 
oladi, soliq to‗lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, 
hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu 
jumladan soliq to‗lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan 
yoxud soliq solish ob‘ektini saqlash bilan bog‗liq joylarni ko‗zdan kechiradi yoki 
tekshiradi; 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan pul mablag‗lari va moddiy 
boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya 
qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib 
chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini 


222
tekshiradi; 
soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) 
jarayonida hisobotdagi ma‘lumotlarning ishonchliligi va to‗g‗riligini aniqlash, 
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-
kitoblarida faktlarning buzib ko‗rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun 
buxgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi; 
moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida xom ashyo, 
materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‗radi va o‗lchaydi, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-
kitoblarining to‗g‗riligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, 
ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‗g‗ri hisobdan chiqarilishini, tayyor 
mahsulotning to‗liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy 
boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo‗qotishlar normalari to‗g‗ri belgilanishini 
aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida 
ishlatib ko‗radi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida 
tekshiradi; 
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya 
etilishini nazorat qiladi; 
jismoniy va yuridik shaxslardan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining 
buzilishi to‗g‗risida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni 
tekshiradi; 
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi 
hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni 
bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi; 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid 
huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini 
ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
b) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‗armalariga soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‗z vaqtida 


223
va bir xildagi tushumini ta‘minlash hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli 
jamg‗armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish sohasida: 
soliq to‗lovchilarning majburiyatlari paydo bo‗lishi (to‗xtatilishi) 
to‗g‗risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‗zaro hamkorlik 
qiladi; 
belgilangan tartibda soliq to‗lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va 
soliq hisobotlarini, shuningdek, soliq to‗lovchilarning faoliyati to‗g‗risida soliq 
organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig‗ilgan 
boshqa hujjatlarni o‗rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga 
oshiradi; 
o‗zaro tuzilgan kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan 
soliq to‗lovchi tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblanishi, to‗liq va o‗z vaqtida 
to‗lanishi soliq monitoringini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiradi; 
davlat daromadiga o‗tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul 
mablag‗larining davlat daromadiga to‗liq va o‗z vaqtida tushishi nazoratini, 
shuningdek, davlat organlariga berilgan mol-mulkning hisobga olinishini 
ta‘minlaydi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning tushumini ta‘minlash, shu 
jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‗shimcha 
zaxiralarini aniqlash bo‗yicha moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, 
shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi; 
v) soliq to‗lovchilar va soliq solish ob‘ektlarining o‗z vaqtida hamda 
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, ularning to‗liq qamrab olinish 
mexanizmlarini soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga ma‘lumotlarni to‗liq yig‗ish va 
qayta 
ishlashni 
ta‘minlaydigan 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish 
orqali takomillashtirish sohasida: 
soliq to‗lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish 


224
ob‘ektlari va soliq solish bilan bog‗liq bo‗lgan ob‘ektlarning to‗liq, o‗z vaqtida va 
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlaydi; 
yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni soliq to‗lovchining identifikatsiya 
raqamlari berilgan holda soliq to‗lovchilar sifatida hisobga qo‗yish to‗g‗risida 
hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi; 
O‗zbekiston Respublikasi soliq to‗lovchilarining yagona reyestrini 
shakllantiradi va yuritadi; 
soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida 
soliq to‗lovchilar bo‗yicha soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning hisoblab 
chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha imtiyozlar hisobini yuritadi; 
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‗ra bank 
hisobvaraqlari bo‗yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati 
bo‗yicha — uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-
xo‗jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi; 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‗yin tovlash 
mexanizmlarini o‗rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi; 
axborot xavfsizligi ta‘minlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq 
to‗lovchilar va soliq tushumlari bo‗yicha soliq organlarining yagona 
integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi; 
soliq axborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash 
jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini ko‗radi; 
davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini ta‘minlashni hisobga 
olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy 
etilishini tashkil qiladi; 
soliq ma‘murchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda 
xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta‘minotini rivojlantirish uchun ularni 
texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor 


225
vositalari bilan jihozlaydi; 
g) soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‗yicha tahlil qilish va ta‘sirchan 
choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning 
dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta‘sirchan 
choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‗ilishini oshirish bo‗yicha choralarni amalga 
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish 
sohasida: 
soliq to‗lovchilarni «xavf-xatar» guruhi bo‗yicha segmentlashni amalga 
oshiradi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlash faktlarini 
aniqlaydi va tegishli choralar ko‗radi; 
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo‗llaydi; 
Qo‗mitaning texnik bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash va 
yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma‘lumotlarni tahlil 
qilishning ilg‗or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi; 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq 
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish 
bo‗yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‗armalariga soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun 
hujjatlarida 
nazarda 
tutilgan 
chora-tadbirlarning 
tashkillashtirilishini 
va 
qo‗llanishini ta‘minlaydi; 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni 
muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida belgilangan tartibda xronometraj 
ko‗zdan kechirish o‗tkazadi; 
soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ko‗zdan kechirish hamda so‗rov o‗tkazishni amalga oshiradi; 
ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, 


226
ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko‗rsatish mexanizmlarini o‗rganish va 
aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, ko‗rsatib o‗tilgan mexanizmlarning 
qo‗llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
soliq ma‘muriyatchiligi islohoti va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi 
va uning ijrosi monitoringini amalga oshiradi. 
d) pul mablag‗larining g‗ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, 
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan naqd pul tushumining to‗liq va o‗z vaqtida topshirilishi yuzasidan 
muntazam nazoratni ta‘minlash sohasida: 
savdo va xizmatlar ko‗rsatishni tashkil etishning qonun hujjatlariga 
muvofiqligi, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan 
to‗lovlarni qabul qilib olish bo‗yicha hisob-kitob terminallarini qo‗llash, alkogolli 
va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi 
yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; 
naqd pul mablag‗lari muomalada bo‗lishining qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega bo‗lgan yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish 
tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi; 
tadbirkorlik sub‘ektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida, 
bir martalik yig‗imlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida 
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun ijara to‗lovlarining o‗z vaqtida va to‗liq undirilishi, 
savdo va xizmat ko‗rsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul mablag‗lari yoki plastik 
kartochkalar bo‗yicha to‗lov shakliga qarab narxlarning sun‘iy ravishda oshirilishi 
yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa mashinalarining, to‗lov terminallarining 
qo‗llanilishi, shuningdek, belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd 
pul tushumining o‗z vaqtida va to‗liq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari 
bo‗yicha belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshiradi; 
e) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‗jalik faoliyati, ular 
tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni 
amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‗yicha 


227
tergovga qadar tekshiruv o‗tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‗ra 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish sohasida: 
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‗lgan 
avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq 
sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va 
bartaraf etadi; 
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan 
(yasama) yoki noqonuniy olib kirilgan tovarlarni tayyorlash va sotishga qarshi 
kurashadi; 
bozorlar, 
savdo 
komplekslari, 
ularga 
tutash 
bo‗lgan avtomobil 
vositalarining to‗xtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko‗rsatayotgan 
tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va 
mablag‗lar tushumi hisobining to‗liqligini ta‘minlaydi; 
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‗lgan avtotransport 
vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek, ularning hududida faoliyatni 
amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub‘ektlari pul mablag‗lari tushumlari va tovar 
aylanmasi to‗g‗risida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan ma‘lumotlarning 
ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o‗zaro 
hamkorlik qiladi; 
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo‗lgan avtomobil 
vositalarining to‗xtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni 
buzish sodir etilishi holatlari bo‗yicha tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi 
va olib boradi, jinoiy ishlar qo‗zg‗aydi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga 
ko‗ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy 
shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta‘minlash 
choralarini ko‗radi; 
j) soliq to‗lovchilar o‗z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun 
maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — insofli 
soliq to‗lovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani so‗zsiz bajarish 


228
sohasida: 
soliq to‗lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama 
ko‗maklashadi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning o‗z vaqtida va to‗liq to‗lanishini 
ta‘minlash uchun soliq to‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish sifatini oshirish bo‗yicha 
choralarni amalga oshiradi; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim turdagi soliqlarni hisoblash 
tarzida soliq to‗lovchilarga servis xizmatlari ko‗rsatadi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan 
muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta‘minlaydi; 
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini 
ta‘minlaydi; 
soliq to‗lovchi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq 
sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi; 
z) soliq to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‗yicha ishlarni 
amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va 
bartaraf etish bo‗yicha kompleks tadbirlarni bajarish sohasida: 
soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq 
to‗lovchilarga va aholiga o‗z vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil 
etadi; 
soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati 
to‗g‗risida joylarda va ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish 
ishlarini olib boradi; 
soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko‗paytirish va davlat soliq 
xizmatining hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari ko‗rsatish, soliq 
to‗lovchilarni soliqlarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida hisoblab chiqarishga, soliq 
hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqish, 
to‗lash bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o‗qitish uchun 
servis-markazlar tashkil qiladi; 
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari bo‗yicha normativ-huquqiy hujjatlar 


229
to‗plamlarini nashr etadi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan 
ta‘minlash choralarini ko‗radi; 
jismoniy va yuridik shaxslarning soliq solish va soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlari buzilishi masalalari bo‗yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko‗rib 
chiqadi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‗yicha davlat dasturlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan 
ularning sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi; 
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda 
ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‗zaro hamkorlik qiladi; 
aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni 
aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va 
amalga oshiradi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun 
materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi, davlatga yetkazilgan 
zararni belgilangan tartibda undirishni ta‘minlash choralarini ko‗radi; 
ma‘muriy huquqbuzarliklar bo‗yicha ishlarni yuritadi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning 
hisobini yuritadi, mazkur ma‘lumotlarning tahlilini amalga oshiradi; 
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, 
surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun 
ommaviy-axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi; 
i) soliq to‗lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‗rsatishga to‗liq o‗tish 
yo‗li orqali soliq to‗lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish sohasida: 
soliq 
to‗lovchilar 
bilan 
ishlashda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan keng foydalanilishini ta‘minlaydi; 
soliq to‗lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‗lamli interaktiv xizmatlar 
ko‗rsatilishini tashkil etadi; 
soliq to‗lovchilarga soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu 


230
jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat 
ko‗rsatilishini ta‘minlaydi; 
soliq to‗lovchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim soliqlar 
bo‗yicha hisoblab chiqarilgan soliqlar summasi haqida soliq to‗lovchining shaxsiy 
kabineti orqali xabardor qiladi; 
k) qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to‗lovchilarning faoliyatini 
rag‗batlantirish bo‗yicha takliflar kiritish sohasida: 
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan 
ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan soliqqa oid 
qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni 
birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini 
rag‗batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‗yicha takliflar 
tayyorlashda qatnashadi; 
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi 
va ularni belgilangan tartibda ko‗rib chiqish uchun kiritadi; 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solish 
masalalari bo‗yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 
soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab 
chiqarish, to‗lash bilan bog‗liq boshqa hujjatlar shakllarini O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan 
tartibda tasdiqlaydi; 
O‗zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan ma‘lumotlarni 
almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‗yicha xalqaro 
shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan 
tartibda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta‘minlaydi; 
l) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish, davlat soliq xizmati organlarini 
yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‗lgan malakali xodimlar bilan to‗ldirish, 
shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‗yicha tizimli 
ishlarni amalga oshirish sohasida: 


231
qo‗yilgan talablarga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga ma‘naviy-
axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlarni tanlash va to‗ldirish bo‗yicha ishlarni 
tashkil etadi; 
belgilangan tartibda ta‘lim muassasalari tashkil etish yo‗li bilan, davlat oliy 
ta‘lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati 
organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
ishlarining tizimli ravishda tashkil etilishini ta‘minlaydi, shuningdek, rivojlangan 
xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va o‗quv muassasalari bilan tajriba 
almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi; 
davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka 
tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan 
o‗tkazadi, ularga o‗z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi; 
tegishli tanlovdan o‗tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi 
uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo‗shatilgan shaxslarning ishga 
qabul qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik yuzasidan nazoratni ta‘minlaydi; 
davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash bo‗yicha xizmat 
ko‗rsatishga yo‗naltirilgan tizimni joriy etadi, soliq to‗lovchilar bilan nizoli 
vaziyatlar yuzaga kelganda ularga stressga bardoshlilikni singdirish, shuningdek, 
xodimlarning axloqiy — psixologik holatini oshirish bo‗yicha psixologik 
treninglarni joriy qiladi; 
m) davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, 
korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo‗yicha ta‘sirchan choralarni, shu 
jumladan xodimlar manfaatlarining to‗qnashuvini hal qilish yo‗li bilan amalga 
oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, 
xodimlar o‗rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta‘minlash, o‗z xizmat 
faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun 
xizmatni o‗tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida: 
kadrlarni O‗zbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik 
hamda huquqiy davlat g‗oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash 
yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi; 


232
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to‗lovchilarga 
nisbatan g‗arazli maqsadlarda noqonuniy ta‘sir ko‗rsatish holatlarini aniqlaydi va 
ularga barham beradi; 
davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning 
oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yo‗naltirilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi; 
davlat soliq xizmati organlarining xodimlari o‗rtasida huquqbuzarliklar 
profilaktikasi bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari 
xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta‘minlash yuzasidan chora-
tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
har ikki yilda ko‗pi bilan bir marta davlat soliq xizmatining hududiy 
organlari hamda Hududlararo inspeksiyaning budjet va xo‗jalik faoliyati bo‗yicha 
xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo‗lganda 
va moliya-xo‗jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo‗l qo‗yilgan holatlar 
to‗g‗risida ishonchli axborot mavjud bo‗lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar 
o‗tkazilishi mumkin; 
davlat soliq xizmatining hududiy organlari hamda Hududlararo inspeksiya 
tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari 
bajarilishini ta‘minlaydi, xo‗jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag‗larini va 
budjetdan tashqari mablag‗larni asossiz ravishda sarflash, smeta-shtat intizomini 
buzish hollariga barham beradi; 
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan xizmat 
qilayotgan xodimlarni ularning shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda 
rag‗batlantirish mexanizmlarini yaratadi. 
n) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha davlat 
soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli 
muammolarni o‗rganish va aniqlash xamda ularni bartaraf etish bo‗yicha takliflar 
ishlab chiqish sohasida: 
soliq solish sohasida ishlarni haqqoniy holatini chuqur va xar tomonlama 


233
o‗rganishni amalga oshiradi; 
birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko‗rib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
muloqotni tashkil etish orqali to‗plangan muammolar va tizimli kamchiliklarni 
aniqlash bo‗yicha ishlarini amalga oshiradi; 
soliq solish sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo‗yicha maqsadli 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
soliq to‗lovchilar o‗rtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun 
va mohiyatini tushuntirish bo‗yicha ishlarni tashkil etadi. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish