194
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki
rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e‘tiboran o‘n ish
kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki
ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy
sanktsiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik
uchun javobgarlikni engillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma‘muriy
huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi
materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib,
unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish sanasi va joyi;
2) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqayotgan shaxsning familiyasi,
ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi;
3) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi
shaxslarning hozir bo‘lganligiga oid ma‘lumotlar;
4) ko‘rib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari;
5) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi
shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni ko‘rib chiqish natijalari;
6) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda o‘rganilgan hujjatlar;
7) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish jarayoni haqidagi boshqa
ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi
materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda
ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma
tushuntirishlarini yoki e‘tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e‘tiboran o‘n
ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari
soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq
195
xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi
to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor
qiladi.
Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli
sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor
qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq
tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan
muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi
xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq
tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu
jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e‘tirozlar
uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib
chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor
shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan boshqa
shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh
tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda
bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib
chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq to‘lovchiga
beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga
uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliq to‘lovchi
bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining
mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi
materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida
qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq
tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan
kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
196
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad
etishni;
soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun
javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya, shuningdek
qo‘llanilgan jarima summasi;
2) o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid
huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
va boshqa ma‘lumotlar;
3) soliq to‘lovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka
tortish to‘g‘risidagi, soliq Kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va
qo‘llaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko‘rsatilgan
qaror;
4) Soliq kodeksi 104-moddasiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni
bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani
to‘lash muddati;
5) soliq to‘lovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni
bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani
to‘lagan taqdirda, uning jarima to‘lashdan ozod etilish huquqi.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq
xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e‘tiboran ikki ish kunidan
oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi
tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to‘lovchiga
topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni
bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan
e‘tiboran uch kun o‘tgach, topshirilgan hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi, agar soliq Kodeksi 54-moddasining uchinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining
197
ko‘chirma nusxasi olingan kundan e‘tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan
soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa
majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lashi shart.
Agar davlat soliq xizmati organining qarori byudjetga hamda davlat
maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushmasligiga
olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq
to‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llanilishini nazarda tutsa, soliq to‘lovchi qaror
nusxasini olgan kundan e‘tiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq
xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy
ravishda jarima to‘lashi to‘g‘risida yoki uni rad etishi to‘g‘risida yozma bildirish
taqdim etishi (yuborishi) shart.
Soliq to‘lovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan
olgan taqdirda, belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq
muddatni ko‘rsatgan holda) ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun zarur bo‘lgan muddat
berish to‘g‘risida murojaat qiladi. Jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan
davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari arizani olgan
kundan e‘tiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq to‘lovchi tomonidan
so‘ralgan muddatni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy
ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan
e‘tiboran o‘ttiz kundan, Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi qismida nazarda
tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq
to‘lovchiga tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi qaror nusxasini olgan sanani
tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qarorning
nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali
buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan uch kun o‘tgach, topshirilgan
hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qoidalarga rioya
etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori
turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
198
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma‘muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma‘muriy jazo chorasini qo‘llash
O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq to‘lovchiga yoxud uning egaligida,
foydalanishida yoki tasarrufida bo‘lgan mol-mulkka g‘ayriqonuniy harakatlar
orqali zarar etkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular
mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari orqali etkazilgan zararlarning,
shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni davlat soliq xizmati organlari
tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning
o‘rnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi
bilan zarar etkazilgan bo‘lsa, o‘sha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi
mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari
g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq to‘lovchiga etkazilgan
zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari
orqali soliq to‘lovchiga etkazilgan zararlarning o‘rni qoplanmaydi, qonunda
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |