2.Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish
tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 101-moddasining to‘qqizinchi
qismiga muvofiq soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining soliq
tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxsi, tekshiruv bir nechta mansabdor shaxs
tomonidan o‘tkazilgan taqdirda guruh rahbari tomonidan soliq to‘lovchi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida
yuritiladigan 2-shakl kitobida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e‘tiboran
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlangan, shuningdek boshqa
organlar tomonidan aniqlanib, vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun davlat soliq
xizmati organiga yuborilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar
ular rasmiylashtirilgan yoki davlat soliq xizmati organiga kelib tushgan kundan
e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi rahbari
yoki uning o‘rinbosarining tegishli munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida,
rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim tomonidan soliq to‘lovchi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida
yuritiladigan 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilib, Ma‘muriy amaliyot
bo‘lim(sho‘‘ba)lari tomonidan har oy yakuni bo‘yicha boshqa organlar bilan
keyingi oyning 10-sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzib borilishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi materiallar 2-shakl kitobiga davlat soliq xizmati organi Navbatchi
187
qismining navbatchilikni o‘tayotgan navbatchisi yoki navbatchi yordamchisi
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatga olish 2-shakl kitobiga tegishli ma‘lumotlarni qayd qilish hamda
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan materiallarning bir nusxasining har bir
betiga shtamp qo‘yib, unga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, sanasi va navbatchi yoki
navbatchi yordamchisining familiyasi, ismi-sharifini yozish va imzo qo‘yish
asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olingan materiallar ularni ro‘yxatga olish uchun taqdim etgan
davlat soliq xizmati organi xodimiga qaytarib topshiriladi.
Materiallarni qabul qilib olgan davlat soliq xizmati organi xodimi ularni
olganligi to‘g‘risida 2-shakl kitobining tegishli ustuniga imzo qo‘yishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi materiallar ularni ro‘yxatga olish uchun Navbatchi qismga davlat
soliq xizmati organining mas‘ul xodimi tomonidan shaxsan taqdim etilishi hamda
ro‘yxatga olingan materiallar shaxsan qabul qilib olinishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi materiallarni Navbatchi qismda qoldirib ketish taqiqlanadi.
Soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan soliq
tekshiruvi jarayonida tuzilgan oraliq dalolatnomalar, bayonnomalar (mol-mulkni
inventarizatsiyadan o‘tkazish, valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini tekshirish, shuningdek savdo
(xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida naqd pul tushumlari bo‘yicha tuzilgan
hujjatlar) 2-shakl kitobida alohida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchining boshqa tumanlarda
(shaharlarda) joylashgan ishlab chiqarish binolari, savdo va xizmatlar ko‘rsatish
(ishlar bajarish) nuqtalarida tekshiruv doirasida harakatlar amalga oshirilganda,
tuzilgan hujjatlar soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shilgan holda soliq to‘lovchi
ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq inspektsiyasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |