Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: SOLIQ MA‟MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
2-MAVZU: SOLIQ MA‟MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA 
HUQUQIY ASOSLARI
1. Soliq ma‟murchiligi to‟g‟risida tushuncha va uni ahamiyati. 
2. Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining 
ustuvorligi. 
3. Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining 
huquqiy asoslari. 
 
1. Soliq ma‟murchiligi to‟g‟risida tushuncha va uni ahamiyati. 
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lishi 
bilan birga, soliq ma‘murchiligini xususida, uni talqin etish xususida ham turli xil 
fikrlar mavjud. Iqtisodiy adabiyotda soliq ma‘murchiligining mohiyatini anglash 
bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi qarashlar mavjud. Masalan, ingliz olimasi 
O.Noginaning fikriga ko‘ra, ―soliq ma‘murchiligi soliqlarni undirish bilan bog‗liq 
bo‘lgan tadbirlar majmuidir‖4 deb takidlab o‘tgan. Boshqa bir guruh iqtisodchilar, 
xususan amerikalik olim A.Teyt soliq ma‘murchiligini barcha soliqlarni minimal 
xarajat qilib maksimal darajada yig‗ib olishga qaratilgan tadbirlarning yig‗indisi 
sifatida qaraydilar. Ayrim mutaxassislar soliq ma‘murchiligining ko‘rinishlaridan 
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‗liq faoliyatidir deb 
hisoblaydilar. Umuman olganda soliq ma‘murchiligini soliq tizimida o‘ziga xos 
boshqarish mexanizmi sifatida ham qarash mumkin.
Soliq ma‘murchiligi davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq 
munosabatlarini boshqaruvchi yoki boshqacha aytganda, davlatning soliq 
siyosatining amalga oshirilishini ta‘minlovchi va shunga xizmat qiluvchi asosiy 
vosita bo‘lib, u soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi.
 
4
О.А.Ногина ―Налоговый контролъ: вопросы теории 2002 г


14
Ya‘ni, davlat soliq ma‘murchiligi orqali soliq tizimi va soliq organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu holat xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
yanada oydinlashib, alohida ahamiyat kasb etib boradi. 
Xorijiy manbaalarda soliq ma‘murchiligiga turlicha ta‘riflar keltirilgan. Bu 
borada ayrim tadqiqotchilar soliq ma‘murchiligini soliq idoralarining kundalik 
faoliyati deb qarashsa, ba‘zilari byudjet tushumlarini ta‘minlashda soliq 
xizmatining nazorat funksiyasi deb qaraydilar yoki boshqa tadqiqotchilar soliq 
boshqaruvi bilan bog‗liq munosabatlar ham deb hisoblaydilar. 
Ba‘zi davlatlarda soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarining davlat 
boshqaruvi tizimining ajralmas elementi deb qaraladi. 
Ko‘pchilik davlatlarda soliq ma‘murchiligi, bu soliq idorasi o‘zining ayrim 
avtonom funksiyalarini amalga oshirishni saqlagan holda moliya vazirligi 
faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Jumladan, Amerika qo‘shma shtatlari va 
Buyuk britaniyada ushbu apparatlar Ichki daromadlar xizmati (IDX) deb yuritilsa, 
Fransiyada Bosh soliq boshqarmasi, Germaniyada esa Federal soliq boshqaruvi, 
yer va boshqalarning soliq boshqarmalari bo‘lib tashkil topgan. 
Rossiyada ―soliq ma‘murchiligi‖ termini va soliq munosabatlari nazariyasi 
hamda metodologiyasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri bilan birga aniqrog‗i sobiq 
ittifoq parchalangandan keyin kirib kelgan. 
Rossiyada birinchilardan bo‘lib, aniqrog‗i 1997 yilda iqtisodchi olim 
M.T.Ospanov o‘zining ―Soliq islohotlari va soliq munosabatlari garmonizatsiyasi‖ 
nomli ilmiy ishida soliq ma‘murchiligining mohiyati haqida fikr yuritib, ―Soliq 
ma‘murchiligi deyilganda, davlat va soliq qonunchiligida belgilangan vakolati va 
mansab vazifalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan soliq boshqaruvi‖
5
tushuniladi deb ta‘kidlaydi.
Bizning 
fikrimizcha 
M.T.Ospanovning 
ushbu 
fikrlarida 
soliq 
ma‘murchiligi tor doirada faqat davlat tomonidan belgilab berilgan vakolat va 
7
Оспанов М. Налоги и налогообложение: Учебник.-7-е. изд., перераб. и доп..- Издательско-торговая 
корпорация «Дашков и Ко», -М.: 1997г.- 314 с.;


15
mansab vazifalarida belgilangan holatlar bo‘yicha boshqaruv soliq ma‘murchiligi 
deb tushinilmoqda. 
Iqtisodchi olima G.YA.Chuxinina esa, ―soliq ma‘murchiligi mohiyatini 
juda tor doirada, ya‘ni soliq nazorati sub‘ektlari faoliyatini samarali amalga 
oshirish va tashkil etish‖ dab hisoblaydi. 
Rossiyalik iqtisodchi olimlarning fikrlarini tahlil qilib shuni qayd etish 
mumkinki, ularda hozirgacha soliq ma‘murchiligi tushunchasini bir xil fikrlash 
mavjud emas. Ularda ko‘proq soliq organlarining soliq to‘lovchi yuridik va 
jismoniy shaxslar ustidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha amalga 
oshriladigan faoliyatlari deb qaralgan. Ya‘ni mazmunan soliq nazorati 
tushunchasiga moslashtiriladi. 
Ba‘zi bir iqtisodchi olimlar soliq ma‘murchiligini bu minimal 
miqdorlardagi xarajatlar hisobidan maksimal hajmda barcha soliqlarni to‘liq va o‘z 
vaqtida to‘lashga qaratilgan kompleks tadbirlar deb tushunadilar. 
Jumladan, iqtisodchi olima T.A.Slesareva ―soliq ma‘murchiligi – bu soliq 
munosabatlarida qatnashuvchilar o‘rtasidagi boshqaruv jarayoni bo‘lib, soliq 
organlarining byudjet tizimidagi turli darajadagi byudjetlar o‘rtasidagi 
majburiyatlarni bajarishda soliqlarni yig‗ish va ular ustidan nazoratni amalga 
oshirish doirasida yuzaga keladigan jarayon‖
6
deb tushuntiradi va soliq 
ma‘murchiligini konkretlashtirish uchun uni ―keng‖ va ―tor‖ ma‘noda aniqlashtirib 
olishni taklif etadi. 
Soliq ma‘murchiligini keng ma‘noda aniqlashda, uni turli darajadagi 
ma‘muriy boshqaruvlar tizimining soliq sohasidagi soliq boshqaruvi tizimi deb 
qarab, federal va hududiy darajada soliq munosabatlarida qat‘iy majburiy 
ma‘murchilik choralarni belgilovchi markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi 
soliq tizimi deb qaraydi. Majburiy ma‘murchilik tarkibi deyilganda, ijtimoiy-
iqtisodiy va soliqning fiskal funksiyalari soliqlarni rejalashtirish, soliqlar tushumini 
8
Слесарева Т. Упрощенная система Налогообложения: Учебник -М.: ЕНВД 2007г.-112-с


16
va nazoratini tartibga solish, soliq solish jarayonlarini boshqarishda xorijiy 
malakatlar tajribalaridan foydalanish tushunilishini; 
Soliq ma‘murchiligiga tor ma‘noda aniqlashda
 
esa barcha soliq 
munosabatlarida qatnashuvchilarni soliq qonunchiligi bajarilishini ta‘minlashda 
soliq organlarining bevosita faoliyati tushunilishini taklif etadi.
Dastlab shuni ta‘kidlash kerakki, yuqorida ta‘kidlanganidek, ―soliq 
ma‘murchiligi‖ iborasi keyingi yilllada foydalanilayotgan bo‘lishiga qaramasdan 
uning mohiyatini ifodalash maqsadida bir necha shakldagi ta‘riflari mavjud. Masalan, 
O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning 2005 yilda Moskvada ―OMEGA-L‖ 
nashriyotida nashrdan chiqqan va ―Nalogovoe administrirovanie‖ deb nomlangan 
darsliklarida (o‘quv qo‘llanmalarida) soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini 
ifodalovchi quyidagi ta‘rif berilgan: ―Nalogovoe administrirovanie - eto 
dinamicheski razvivayushayasya sistema upravleniya nalogovshi otnosheniyami, 
koordiniruyugsaya deyatelnost nalogovix organov v usloviyax rinochnix otnosheniy‖
7
. Keltirilgan bu ta‘rifni o‘zbekchaga o‘giradigan bo‘lsak, u holda ta‘rif quyidagi 
shakl va mazmunga ega bo‘ladi: ―Soliq ma‘murchiligi - bu bozor iqtisodiyoti 
sharoitida soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, soliq munosabatlarini 
boshqarishning dinamik rivojlanayotgan tizimi‖
8
Bizning 
fikrimizcha, 
bu 
keltirilgan 
ta‘rifda 
soliq 
ma‘murchiligining mohiyatini ifodalovchi ikki jihatga alohida e‘tibor 
qaratilgan:
1) bu erda soliq ma‘murchiligining mohiyati, eng avvalo, soliq 
organlarining 
faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi 
tizim 
sifatida 
talqin 
qilinayapti; 
2) ta‘rifda soliq ma‘murchiligining mohiyati soliq munosabatlarini 
boshqarish tizimi orqali ifodalanishi ham qayd etilgan.
Bizning nazarimizda, O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning soliq 
ma‘murchiligiga bergan ta‘riflaridagi ―bozor iqtisodiyoti sharoitida

va "dinamik 
7
Mironova O.A., Xanafsev F.F. Nalogovos administrirovanie. Uchebnik. – M.: «OMGA-L». 2005. str:33.
8
Mironova O.A., Xanafsev F.F. Nalogovos administrirovanie. Uchebnik. – M.: «OMGA-L». 2005. str:33.


17
rivojlanayotgan‖ kabi iboralar soliq ma‘murchiligiming mohiyatini ochib 
berishda, ma‘lum darajada, ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularni mohiyatni
ifodalashning hal qiluvchi belgilari sifatida talqin etish unchalik maqsadga 
ega emasdir. 
Umuman olganda, yuqoridagi mualliflar tomonidan soliq ma‘murchiligiga 
berilgan ta‘rif o‘zining qisqaligi va ma‘lum darajada, aniqligi bilan ajralib 
turishini e‘tirof etish joiz. Bu berilgan ta‘rifning yutug‘i sifatida ko‘rsatilishga 
arziydi. Shu bilan birgalikda, bizning fikrimizcha, O.A.Mironova va 
F.F.Xanafesvlar tomonidan soliq ma‘murchiligiga berilgan ta‘rifda uning 
mazmun-mohiyati etarli darajada to‘liq ochib berilmaganga o‘xshaydi. Buning 
asosiy 
sababi 
shundaki, 
qayd 
etilgan 
mualliflarning ta‘rifida soliq 
ma‘murchiligining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi asosiy holatlarning 
hammasi ham inobatga olinmagan. Shuning uchun ham bu ta‘rifni soliq 
ma‘murchiligining mohiyatini to‘liq ifodalovchi ta‘rif deb atashga asoslar etarli 
emasdir. Bizning fikrimizcha, soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini 
ifodalovchi ta‘rifi bu jarayonda e‘tiborga olinishi kerak bo‘lgan barcha holatlarni 
hisobga olishi zarur. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish