Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


7
1-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING NAZARIY VA XUQUQIY 
ASOSLARI” 
 
 
1-MAVZU: SOLIQ MA‟MURCHILIGI FANNING MOHIYATI, MAQSADI 
VA VAZIFALARI
1.“Soliq ma‟murchiligi” fanining predmeti va funkstiyalari, o‟qitishning 
zarurligi. 
 2.“Soliq ma‟murchiligi” fanining boshqa fanlar bilan o‟zaro bog‟liqligi. 
 3.“Soliq ma‟murchiligi” fanining maqsadi va kadrlar tayyorlashdagi 
ahamiyati. 
 
1. “Soliq ma‟murchiligi” fanining predmeti va funkstiyalari, o‟qitishning 
zarurligi. 
Soliq ma‘murchiligi keng tushuncha bo‘lib, u soliq siyosatining
asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi va davlat bilan soliq to‘lovchi o‘rtasidagi 
munosabatlarga bog‘liq bo‘lgan bir qator yo‘nalishlarini qamrab oliadi. Soliq 
tizimining shakllanishi va uni rivojlantirish zaruriyati, shuningdek, soliq 
ma‘murchiligini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda 
bugungi kunda, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish, 
soliqlarni amaliyotda qo‘llanilishi, xususan, soliq ma‘murchiligi, uning vazifalarini 
o‘rganish hamda samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida fuqarolarning qonun 
bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlari 
ifodalangan. Ushbu asosda soliq to‘lovchilarning davlat byudjetiga soliqlar va bosh 
majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksida belgilab berilgan. 
Soliq ma‘murchiligi fanning vazifalari - talabalarga soliq ma‘murchiligi 
funkstiyasining turlari, rejalashtirishning uslublari, soliq nazorat va hisob 
yuritilishda muammolar echish masalalari, soliq ma‘murchiligida ishlatiladigan 
asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llanilishini o‘rgatishdan iborat. 


8
Soliq ma‘murchiligi fanining predmeti soliq organlari faoliyati va 
to‘lovchilari o‘rtasida vujudga keladigan soliq munosabatlarini (harakatini), 
soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir. 
Soliq ma‘murchiligi fanining predmeti soliq voqe‘liklari pul munosabatlarini 
o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat 
o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur 
o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda 
soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e‘tiborga 
olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu 
muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi 
zarur. Byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik 
osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, 
ularning dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va 
hokazolarga e‘tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu erda tomonlarning do‘stona 
munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar 
bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi 
tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‘llar bilan 
yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay 
qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq ob‘ektlarini yashirish holati ham 
munosabatlarni buzadi. Demak, yuridik shaxslarni
s
oliqqa tortish fanini chuqur 
o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish 
vazifasiga ham erishish mumkin. 
Soliq ma‘murchiligi - jarayon sifatida o‘zining funktsiyalarida namoyon 
bo‘ladi. Shu o‘rinda, ―funktsiya‖ - lotincha ―functio‖ (ijro qilmoq, bajarmoq) 
so‘zidan olingan bo‘lib, «biron kimsa yoki narsaning ish faoliyat doirasi, vazifasi», 
-degan ma‘nolarni bildiradi.
3
Soliq ma‘murchiligi faoliyat doirasi va vazifasi sifatida sub‘ektning ob‘ektga 
aniq ta‘sir etish yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi.Ma‘murchilik ko‘p qirrali va 
3
Qarang.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. -M.: Rus tili, 1981. T. 170 - bet.


9
murakkab tushuncha bo‘lib, uni muhim belgilariga ko‘ra, turkumlab o‘rganish 
mazkur fanning maqsadiga muvofiqdir. 
Fanning funkstiyalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini 
nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - 
yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish 
va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini 
o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. 
Demak, fanning asosiy funkstiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari 
tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan 
ta‘minlashdir.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish