O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/219
Sana31.03.2022
Hajmi11,17 Mb.
#520458
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y. (1)

M e ta p la ziy a
- b o sh q a
to ‘qimaning xususiyatlariga ega bo‘lish (masalan, kubik epiteliya yassi 
tus oladi va h.k.).
0 ‘sma hujayrasida modda alm ashinuvi xususiyatlari:
- o ‘sma hujayrasida m e’yor hujayradan farqli ravishda g lik o liz - 
glukozaning kislorodsiz sut va pirouzum kislota hosil bo‘lishiga qadar


parchalanishi (o‘sma hujayrasida pH - 6,4 - atsidozgacha kamayishi 
m um kin) kuchaygan. G likoliz o ‘sma hujayrasining asosiy energiya 
m anbaidir;
- o ‘sma hujayrasi kuchli ravishda glukoza iste’mol qiladi, shuning 
uchun ham uni «glukoza tuzog‘i» deb aytishadi. 0 ‘sma hujayrasida 
glukoliz fermentlari juda faol;
- o ‘sma hujayrasida sut kislotaning hosil bo‘lishi kislorod ishtirokida 
(aerob glikoliz) kechadi. Bu Paster manfiy effekti yoki Krebtri effekti 
deb nom olgan;
- o ‘sma hujayrasida oqsil almashinuvi keskin o ‘zgargan: hujayrada 
oqsil sintezi uning parchalanishidan ustunlik qiladi. Shuning uchun ham 
siydikda C/N koeffitsiyenti yuqori - dizoksidativ karbonuriya kuzatiladi;
- nuklein almashinuvi o ‘zgargan, nuklein kislotalari (RNK, DNK) 
sintezi kuchaygan, chunki yangi hujayralar hosil bo‘ladi.
О ‘sm alar etiologiyasi.
0 ‘sma chaqiruvchi o m illar blastom ogen 
y o k i k a n s e ro g e n (y u n o n c h a « ca n ce r» - « гак » , « geno» -
«chaqiram an») om illar deyiladi. Kimyoviy, fizik, biologik kanserogen 
kabi uch guruh om illar farq qilinadi. Kimyoviy kanserogenlar tashqi 
y oki ekzogen (organ ik v a noorganik), endogen, y a ’ni, organizm ni 
o ‘zida hosil b o ‘luvchi om illarga bo‘linadi.
O rganik tabiatli ekzogen kim yoviy kanserogenlar quyidagilarga 
b o ‘linadi:
- k o ‘psiklik arom atik uglevodorodlar (PAU): 3,4 - benzpiren, 9, 
10 - d im e til; 1,2 - b e n z an tra tsen , d ib en z a n tra tse n (D B A ), 1,2 -
metilxolantren. M ahalliy kanserogen ta’sirga ega bo‘lib, tamaki tutuni 
va qatroni (smola), qurum, neft, bitum, asfaltda bo‘ladi;
- aminoazobirikmalar - organotrop (ma’lum a ’zolarga) ta ’sirga ega 
b o ‘la d i: d im e til-a m in o a z o b e n z o l - o rg an izm g a q ay si y o ‘l bilan 
kirishidan qat’i nazar jigar rakini chaqiradi, ortoaminoazotoluol - jigar 
rakini, P - naftilamin siydik pufagi rakini chaqiradi;
- n itro z a m in la r - b u la r h am o rg a n o tro p h iso b la n a d i: 
dietilnitrozam in jig a r va qizil o ‘ngach rakini, m etilnitrozsiydikchil -
bosh m iya o ‘smasini chaqiradi.
Ekzogen noorganik kanserogenlarga vismut, berilliy, nikel, volfram 
birikmalari va b. kiradi, ularga odam tog‘-kon sanoatida duch kelishi mumldn.
E ndogen kim yoviy kanserogenlarga:
- steroid gormonlar: gipofiz gonadotrop gormonlari, jinsiy bezlar 
gorm onlari (ularning ko ‘p hosil b o ‘lishi yoki gorm onal disbalansda 
sut bezi, bachadon, tuxum donda o ‘sma hosil bo‘lishi mumkin);


- o ‘t k islo tala ri - o ‘t k islo tala rin i ish lash o rq ali ju d a kuchli 
kanserogen - m etilxolantren olingan;
- x o lesterin va u n ing m e ta b o litla ri - rak d an o ‘lgan odam lar 
to‘qimasida tarkibi bo'yicha xolesteringa yaqin m ahsulotlar 2-3 marta 
k o ‘p saqlanishi aniqlangan;
- aminokislotalar, masalan, triptofan metabalitlari kiradi.
Fizik kanserogenlarga ultrabinafsha va quyosh n u rlari, rentgen 
nurlari, a , p, у nurlari va b. kiradi. U ltrabinafsha va quyosh nurlari 
uzoq vaqt ta’sir qilganida teri rakini chaqirishi mumkin. Bu tajribaviy 
iz la n is h la r (sichq o n, k a la m u sh la r)d a va k lin ik k u z a tish la rd a o ‘z 
ta sd ig ‘ini topgan. R entgenologlarda teri rak i riv o jlan ish i m a ’lum. 
Leykozlar va o‘sma kasalliklarining singuvchi radiatsiya ta ’sirida ko‘p 
u c h ra sh i aniqlangan. T ajrib ad a k alam u sh va sic h q o n la rd a ra k va 
sarkomani rentgen nurlari bilan nurlanish ta ’sirida chaqirish mumkin. 
Nurlanish hujayra yadrosi, yadro qobig‘i, hujayra nasliy apparatining 
shikastlanishini chaqiradi. Fizik kanserogenlar kokanserogen rolini 
o ‘ynashi ham m um kin va kim yoviy kanserogenlar bilan birgalikda 
ta’sir qilib, ular effektini kuchaytirishi mumkin.
Biologik kanserogenlarga onkogen viruslar va aspergillus tipidagi 
zam burug‘lar kiradi. Aspergillus flavum zam burug‘i y er yong‘og‘ida 
h a y o t kech irad i, a fla to k sin — kuchli k a n sero g en x u su siy a tg a ega 
bo‘lgan modda sintezlaydi. Aflatoksinning hatto juda kichik miqdori 
jigar o ‘smasini chaqiradi.
0 ‘sma rivojlanishida viruslar roli ko‘pchilik tajribaviy izlanishlarda 
tasdiqlangan. Jumladan, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Raus tovuq 
sarkomasini hujayrasiz filtrat orqali ko‘chirib o ‘tkazish mumkinligini 
k o ‘rsatib bergan. Bittner sut om ilini k a sh f qilgan, bu om il virusdan 
boshqa narsa b o ‘lmay, sut bezi raki b o ‘!gan sichqonlardan ulam ing 
bolalariga sut orqali beriladi. Sinflanishi b o ‘yicha onkogen viruslar 
DNK va RNK saqlovchi viruslarga bo'linadi. DNK saqlovchi viruslarga 
poliedral (ko‘p qirrali) shaklli quyon papillom asi, poliom alar, odam 
so‘gali, maymun vakuollovchi viruslari kiradi. Ular papova («papilloma, 
poliom a, vakuolizatsiya» s o ‘zlaridan olingan) um um iy nom i bilan 
biriktiriladi. RNK - saqlovchi poliedral shaklli viruslar onkoraaviruslar 
yoki retroviruslar deb aytiladi. Bu viruslar tarkibida virusning hujayraga 
k irish ig a im koniyat tu g ‘diruvchi, RN K m atritsasi (q o lip i)d a DNK 
sintezlovchi - «genetik axborotni teskari uzatuvchi» m axsus ferment 
- teskari transkriptaza yoki revertaza topilgan.


Kanserogenezda viruslar roli to‘g ‘risidagi virusgenetik nazariya deb 
nomlanuvchi nazariya 1958-yiIda L. A. Zilber tomonidan ta’riflangan. 
Bu nazariyaga asosan virus hujayra shikastlanishini chaqirmaydi, unga 
nasliy axborot kiritadi va hayvon hujayrasi genomasining tarkibiy qismi 
bo‘lib qoladi. L. A. Zilbem ing aytishiga ko‘ra, hujayraga kirgan virus 
uzoq m uddatda «o‘zining kasallik chaqiruvchi xususiyatini namoyon 
qilishi uchun alohida sharoit» tug ‘ilmaguncha beozor b o i ib qoladi.
K eyingi yillard a qilin g an kashfiyotlarga k o ‘ra, yuqori onkogen 
r e tro v iru s la r ta rk ib id a tra n sfo rm a tsiy a lo v c h i g e n la r b o ‘lib , u lar 
«onkogenlar» deb nom olgan. Bu genlar onkogen viruslam ing o‘sma 
ch a q irish va in v itro ek ilg an hujayralam in g transform atsiyalanish 
xususiyatini aniqlaydi.
O dam va hayvon hujayrasi genom asida onkogen, protoonkogen 
v a a n tio n k o g e n la rn in g k a s h f q ilin is h i o n k og enez m ex a n izm in i 
aniqlashga imkon berdi. Onkogenlar m e’yordagi hujayralaming o ‘sma 
hujayrasiga transform atsiyalanishini ta ’minlovchi genlar hisoblanadi. 
P ro to o n k o g en lar o n k o g e n la m in g o 'tm ish d o sh i b o ‘lib, m e ’yordagi 
h u jay ra d a m uhim fu n k siy a la rn i bajaradi: u lar hu jay ra b o ‘linish i, 
proliferatsiya jarayonlari va yetilishi (differensirovkasi)ni nazorat qiladi. 
H o z irg i v a q td a 70 d an o rtiq p ro to o n k o g e n lar m a ’lu m . U larn in g
faollashishi va onkogenlarga aylanishi yuqori onkogen retroviruslar
k im yoviy va fizik kan sero g en o m illa r ta ’sirida va spontan yuzaga 
kelishi mumkin. Bunda ulam ing tuzilishi o‘zgaradi, genom ada ayrim 
genlar nusxasi soni k o ‘payadi (amplifikatsiya) va b. Protoonkogenlar 
f a o lla s h is h i d o m in a n t tu s g a e g a . H u ja y ra d a p a y d o b o ‘la d ig a n
q o ‘shim cha genetik axborot m e ’yordagi hujayradagi ikkita shu gen 
allelidan bittasining transformatsiya qilinishi uchun yetarli bo‘lib qoladi.
Yadro oqsillam i kodirlovchi onkogenlar (myc, m yb, p 53 oilasi 
g e n la r i)
« im m o rta liz a to rlo v c h i 
g en lar» , 
d e b
n o m la n d i 
(«im m ortalizatsiya» - «boqiylikka ega bo ‘lish»). U lar hujayralam ing 
cheksiz bo‘Iinishiga imkon beradi. Ras, sic, sys, raf, neu va b. genlar 
o ila s i tra n s fo rm a to r g e n la r b o ‘lib , h u ja y ra n in g m o rfo lo g ik
tran sform atsiyasini chaqiradi. 0 ‘sm a rivojlanishini supressirlovchi 
g e n la rn in g m a v ju d lig i h am a n iq la n g an . U larn in g v a k ili R b geni 
h is o b la n a d i. N a s liy o ‘s m a la rn in g riv o jla n is h i b u g e n la rn in g
inaktivlanishi bilan bo g‘liq. N asliy retinoblastom a va osteosarkom a 
1 3 -x ro m o so m a c h o ‘zilg an y e lk a si b ir qism ining d eletsiy asi bilan 
korrelatsiya qilinadi. R abdom iosarkom a va Vilms o ‘sm asining hosil 
b o ‘lish i esa 11-xrom osom a k alta yelkasi bir qism ining deletsiyasi


natijasida kelib chiqadi. Shunday qilib, deletirlan gan (y o 'q o tilg an ) 
x ro m osom a q ism la rid a o ‘sm a r iv o jla n is h in i s u p re s s irla y d ig a n
(to ‘xtatadigan) genlar bo‘lishi mumkin. A gar onkogenlar dom inant 
ta ’sir ko‘rsatsa, antionkogenlar o'zgarishi retsessiv tusga ega bo‘ladi, 
y a ’ni o ‘sma tran sform atsiyasi uchun ik k ita g e n a lle lla rin in g ham
inaktivlanishi zarur. Shuning uchun ham ular «retsessiv rak genlari», 
deb ataladi.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish