vaqtbay - mukofot
shaklida tarif stavkaga asosan
beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan mukofotlash to‘g‘risidagi
nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va
sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish
ko‘zda tutiladi.
Asosiy ish haqi,
bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va
sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi,
tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish
vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan holda
turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi,
bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining
ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalar
bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga
yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi
munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
5.3. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilami ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki shartnomai) va u
imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida
imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha
xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar
xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir
xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va
ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyot
ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib
boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng
avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga
ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi
haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida
hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy
tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish
hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan foydalaniladi:
T-l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-3 shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T-13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti.
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-l2 shaklidagi maxsus tabeldan
foydalaniladi. Tabel – bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati
bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha
ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |