189
Autentifikatsiya
– bu foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashi. Odatda bu
jarayon maxfiy soʻz (parol) orqali amalga oshiriladi. YAʻni foydalanuvchi dastlab
tizimga oʻzining kalit soʻzini kiritadi va soʻng shu kalit soʻz
rostdan ham unga
tegishli ekanligini maxfiy soʻz orqali tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentitifikatsiya vositalari birlashishi ham mumkin. Bu
yerda barchamiz uchun maʻlum boʻlgan xizmat guvohnomasini keltirish mumkin.
Unda shaxsning identifikatsiyasi uchun ismi, familiyasi, mansabi (va boshqa
maʻlumotlar), autentifikatsiya uchun esa uning surati keltirilganligini
aytishimiz
mumkin. SHuni alohida taʻkidlash kerakki autentifikatsiya va identifikatsiya
vositalarining oʻzi haqiqiylikni tasdiqlovchi belgilarga ega boʻlishi mumkin. Misol
uchun guvohnomadagi muhr, imzo yoki uning himoyasini saqlovchi boshqa
qalbakilashtirishdan himoyalovchi vositalar.
Agar foydalanuvchi bu jarayonlardan muvafaqqiyatli oʻtsa, u axborot tizimiga
kirishiga va unga berilgan vakolat darajasida istalgancha foydalanish huquqiga ega
boʻladi.
Hozirgi
vaqtda
axborot–hisoblash
tizimlarida
foydalanuvchilarni
autentifikatsiya va identifikatsiyalashning usullarini
quyidagi asosiy guruhlarga
boʻlish mumkin:
foydalanuvchidan qandaydir maxsus axborotni soʻrash (masalan, login
yoki parol);
foydalanuvchidan qandaydir maxsus tavsiyaga yoki xususiyatga ega
boʻlgan ashyoni soʻrash (masalan, smart-karta, USB-token va boshqalar);
autentifikatsiya qilinayotgan axborot foydalanuvchi tanasining muhim
qismi (masalan, barmoq izlari yoki boshqa biometrik maʻlumotlar).
Demak, identifikatsiya va autentifikatsiya yordamida tizimga kirish huquqini
olish mumkin. Endi foydalanish chegarasini belgilovchi
mantiqiy boshqaruv
vositasi ishga tushadi. Ularning vazifasi ham foydalanishga ruhsat beruvchi fizik
vositalar kabidir. Foydalanishga ruhsat berishning mantiqiy boshqaruv vositalari
ham foydalanuvchilarni tizimda saqlanayotgan u yoki bu axborot boʻlimiga
murojaatini nazorat qiladi. Foydalanishga ruhsat berishni mantiqiy boshqaruvi – bu
190
axborotni butunligi va mahfiyligini taʻminlab beradigan koʻp foydalanuvchili
tizimning asosiy mexanizmidir.
Tarmoq xavfsizligi – bu tarmoqdagi maʻlumotlarni
himoyalash chora-
tadbirlari boʻlib, ular: ruhsat etilmagan murojaatdan himoyalash; tizimning
meʻyorida ishlashiga tasodifan yoki ataylab taʻsir qilishdan himoyalash;
tizim
tarkibiy qismlariga zarar etkazishdan saqlashdan iborat.
Axborot tarmogʻi xavfsizligi qurilmalar, dasturiy taʻminot, maʻlumotlar va
xodimlarni himoyalashni oʻz ichiga oladi.
Axborot tarmoqlari xavfsizligini taʻminlash va ularni boshqarishni
optimallashtiruvchi bir qancha dasturiy mahsulotlar mavjud. Masalan: Opsview
Core;
StoneGate SSL VPN; Kerio Control; OpenMediaVault va boshqalar.
Korporativ tarmoqlar uchun bugungi kunda eng ommabop va qulay tizimlardan
biri bu Kerio Control hisoblanib, unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- internet tarmogʻiga xavfsiz murojaatni amalga oshirish;
- tezlikka chegara qoʻyish, shuningdek faqat
kerakli resursga murojaatni
taʻminlash orqali xarajatlarni kamaytirish;
- internetdan foydalanishni nazorat qilish orqali xodimlar ish samaradorligini
oshirish;
- turli reklama, spam, va viruslardan himoyalashi va boshqalar.
Kerio kompaniyasiga 1997 yilda asos solingan boʻlib, u internet tarmogʻida
maʻlumotlar bilan ishlash va almashish bilan bogʻliq keng turdagi dasturiy
mahsulotlarni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: