Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
39
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
stratosfera, tropopauza va troposferalarni ajratish mumkin.
Yerdan farqli ravishda, Yupiter atmosferasida mezosfera va
Mezopauza mavjud emas. Atmosferaning yuqori qatlamlari
harorat juda baland. Sayyora atmosferasidan ichkarilagani
sari, tropopauzagacha harorat pasayib boradi. Termosferada
Yupiter o‘z nurlanishining eng katta qismini yo‘qotadi.
Aynan Termosferada, Yupiterning
ionosferasi va qutb
yog‘dusi shakllanadi.
Atmosfera qatlami 1000 km dan iborat bo‘lib uning eng
quyi qatlamlarida toza gaz qavatidan keyin qalin bulutli
qatlamni teleskoplarda ko‘rish mumkin. Suyuq molekulyar
holatdagi vodorod qatlami 24000 km.
Bu qatlamda bosim
300 GPa, harorat esa 11000 K gacha yetadi. Keyin esa,
suyuq metall vodorod qatlami bo‘lib, u 42000 km qalinlikda
va o‘z ostida kichik o‘lchamli temir-silikatli yadroni
saqlaydi. Yadro radiusi 4000 km atrofida. Yadro va metall vodorod qatlami chegaralarida harorat 30 000 K
gacha yetib boradi.
Yupiter chiqaradigan issiqlik miqdori uning Quyoshdan oladigan issiqlik
energiyasi miqdoridan ikki
barobar ko‘proq. Bunga sabab esa, sayyoraning doimiy ravishda ammo sekinlik bilan (yiliga 1 mm) siqilib
borayotganligidan bo‘lishi mumkin.
Sayyoraning
magnit
maydoni
murakkab
bo‘lib,
yaxshi
o‘rganilmagan. U ikki qismdan iborat: dipolli maydon Yupiterda 1.5 mln
km masofagacha tarqaladi va ikkinchisi – nodipolli magnit maydoni
magnitosferaning qolgan qismini egallaydi. Hozirgi vaqtda olimlar,
Yupiter magnit maydoni nafaqat
dipol va nodipolli maydonlar, balki,
kvadrupol, oktupol va boshqa garmonikalarga ham egaligi haqida ilmiy
farazlarni ilgari surishmoqda. Yupiter sirtidagi magnit maydon
kuchlanganligi 10 – 15 ersted bo‘lib, Yernikidan deyarli 20 barobar
kuchli. Yupiterning magnit qutblari yerning
magnit qutblariga nisbatan
teskari joylashgan.
Hozirda
Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi
aniqlangan bo‘lib,
quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich
hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga – ichki va tashqi
yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini – Io,
Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610 yilda
Galileo Galiley
kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar
va sayyoraga eng yaqin
masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi
fazoda harakatlanishadi.
Yupiterning eng katta, ya’ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng
qiziqarlisi bu – Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda,
xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi
90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo
okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi
ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot
sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin
muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga
xosdir.
Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb
etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi
eng faol vulqonlar mavjud
bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: