Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
32
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Merkuriy
Merkuriy –
Quyosh
ga eng yaqin joylashgan sayyora. Uni qadimgi rimliklar
savdo ma’budi – Merkuriy nomi bilan atashgan. Bu sayyora insoniyatga
qadimdan ma’lum. O‘lchamlari bo‘yicha katta sayyoralari ichidagi eng kichik
sayyora hisoblanadi.
Merkuriy va Quyosh orasidagi masofa – 58 million kilometrni tashkil
qiladi. Quyosh atrofida bu sayyora 88 kunda to‘liq aylanib chiqadi. Merkuriyni
fazoda 28° gacha yetuvchi nisbatan katta elongatsiyalar vaqtida kuzatish
mumkin. Quyoshga o‘ta yaqinligi, hamda, juda kichik o‘lchamlari tufayli,
Merkuriy uzoq vaqtgacha kam o‘rganilgan sayyora bo‘lib qolavergan. Faqat
1965 yilga kelib, radiolokatsiya usullarini qo‘llash natijasida Merkuriyning o‘z
o‘qi atrofida aylanish davri hisoblab topildi. U 58.65 kun, ya’ni sayyoraning
Quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismiga teng ekan. Bu degani,
Merkuriydagi kunduz davomiyligi – Quyosh sutkasi 176 kun davom etishini anglatadi. Merkuriyning aylanish
burchagi uning orbita tekisligiga nisbatan deyarli perpendikulyar. Merkuriyning akslantirish xususiyati –
albedo
1
juda kichik bo‘lib, taxminan 0.07 ni tashkil qiladi. Quyoshning zenitdagi vaqtida sayyora sirtining
harorati 620 K gacha, tungi qutblarining harorati esa 110 K atrofida bo‘ladi. Merkuriy sayyorasining
ko‘rinadigan
yulduz kattaligi
1,9 dan 5,5 gacha qiymatlarda o‘zgarib turadi.
Merkuriy sirtining issiqlik xususiyatlari oy regolitinikiga o‘xshash. Umuman olganda Merkuriy tashqi
ko‘rinishi jihatidan oyga juda o‘xshab ketadi. O‘ta siyrak bo‘lgan sayyora atmosferasi tashqi meteorit
bombardimonlariga deyarli qarshilik qilmaydi. Shu tufayli sayyora yuzasi kraterlar bilan to‘la. Ulardan eng
kattasi – Kaloris krateri bo‘lib, uning diametri 1300 km. ba’zi kraterlardagi qora lavalarning mavjudligi,
sayyora o‘z tarixining ilk davrlarida kuchli, intensiv ichki vulqonlar girdobida bo‘lganligidan dalolat beradi.
Merkuriy atmosferasi o‘ta siyrak. Uning zichligi Yer atmosferasining 620 km balandlikdagi
zichligidan ham kichik. Merkuriy atmosfera tarkibida vodorod, geliy, hamda kislorodning, shuningdek inert
gazlar, xususan, neon va argonning kichik miqdorlari aniqlangan. Bunday gazlar, sayyora gurunti tarkibidagi
radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqqan bo‘lishi mumkin. Merkuriyda kuchsiz magnit
maydoni mavjudligi aniqlangan. Merkuriy magnit maydonining kuchlanganligi qiymati Yernikiga nisbatan
kichik bo‘lsa, ammo Marsnikidan katta.
Sayyoraning o‘rtacha zichligi Oynikiga nisbatan ancha katta - 5.427 g/sm
3
, ya’ni, yerning zichligiga
deyarli teng. Merkuriy 500 – 600 kilometrdan iborat kuchli silikat qobiqqa va 50% miqdordagi temir yadroga
ega ekanligi haqida gipoteza mavjud. Sayyoraning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q. Merkuriy nisbatan kam
o‘rganilgan sayyoradir, faqat 2009 yilga kelibgina sayyora sirtining taxminiy xaritasi tuzildi. Bu jarayonda
asosan «
Mariner-10
» hamda, «
Messenjer
» kosmik apparatlari orqali olingan tasvirlardan foydalanildi.
Merkuriyning paydo bo‘lishi haqida bir necha farazlar mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani,
Merkuriyning bir paytlar Veneraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lganligi, biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra undan
«qochib» ketganligidir. Bu farazni Merkuriy orbitasining katta ekstsentrisiteti bilan izohlaydilar.
Merkuriy haqida ilk ma’lumotlar qadimgi Bobilliklarga tegishli «Mul apin» astrologik jadvallarida
uchraydi. Bu jadvallarni Ossuriyalik munajjimlar ishlab chiqishgan bo‘lib, ularda Merkuriy «Sakrovchi
sayyora» deb nomlangan. Qadimgi Yunonistonda esa, Merkuriyni Στίλβων («Stilbon») va Ἑρμάων
(«Germaon») deb atashgan. «Germaon» - ma’bud Germesning ismining o‘zgartirilgan shakli bo‘lib, keyingi
davr yunon qo‘lyozmalarida bu sayyora «Apollon» nomi bilan ham atalgan. Xitoyliklar esa merkuriyni
«Chen-Sin» (
辰星
) - Tong yulduzi deb atashgan. Qadimgi Xitoy munajjimlarining birning qo‘lyozmasida
Merkuriyning
sinodik aylanish davri
115,91 kun deb qayd qilingan. Qadimgi hindlarda esa, mazkur sayyora
ma’bud Budxa nomi bilan atalgan. Maya hindulari esa Merkuriyni 4 ta boyqush timsolida tasvirlashgan.
1
Albedo – Osmon jismlarining (masalan, sayyorlar, tabiiy yo‘ldoshlar, meteorlar va ho kazo) tashqaridan kelayotgan yorug‘likni
qaytarish xususiyatini ifodalovchi fizik kattalik.
Do'stlaringiz bilan baham: