Reja:
1. Xomashyo materiallari va yoqilg`i.
2. Portlandsement ishlab chiqarish usullari.
3. Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo aralashmasini
tayyorlash.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida
kalsiy karbonat ko'p bo'lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy
oksid hamda temir oksid bo`lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning
tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab
chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va
asosan
domna
toshqollaridan,
nefelin
chiqindilaridan
foydalanilmoqda.
Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfosement
va SO
2
gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya
sulfat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo`lga qo'yilgan.
Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chi-qaruvchi
sanoatda hosil bo`ladi. Uning tarkibida 25-30% SiO
2
; 2-5% A1
2
O
3
; 3-5% Fe
2
O
3
;
50-58% CaO va 3-8% boshqa oksidlar, chunonchi, 1,5-3% ishqorlar bor. Tarkibida
shuncha CaO bo`lgan materialga 15-20% ohaktosh qo'shib, portlandsement ishlab
chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.
Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20-30% ga oshiradi va
yoqilg'i sarfini 25% ga kamaytiradi.
40-50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo`lgan domna toshqollari ham
portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Hozircha
ular ko'p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab
chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin.
Gil suvda osongina ivib, bo'shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog'
jinslaridan iborat. Ular bitta konning o'zida mineralogik va granulometrik
(donadorlik) tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo`lishi bilan farq qiladi. Ko'pincha gil
tarkibida ko'p miqdorda tog` jinslari, ularning siniq parchalari mayda dispers kul
hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda bo'lsa, klinker uni
batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. Yoqilg'i 009 raqamli elakda
8-10% qoldiq qolguncha maydalab tuyilishi kerak.
Serkul yoqilg'i juda mayda tuyilishi zarur. Zavodga kelgan yoqilg'i ko'pincha
ancha nam bo'ladi. Shuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg'ini quritish
tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yo'la ham tuyib, ham
quritish eng foydali va unumli usuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |