o’quv ishlab chiqarish amaliyotida,
- mutaxassislik fanlarga maksimal balining 90 %
- amaliyot hujjatlarini rasmiylashtirishga maksimal ballning 10 %.
7. Reyting balini hisoblashda talabaning dars mashg‘ulotlaridagi faolligi mustaqil
ishlarni bajarishga ijodiy yondasha olishi, o‘quv mehnat intizomiga amal qilish
hisobga olib JB va OB ning har biriga ajratilgan ballning 10% gacha qo‘shish
mumkin.
8. Bitiruv malakaviy ish (loyiha) uchun eng yuqori 100 ball , kurs ishi va loyihasi
uchun ham maksimal 100 ball deb belgilanadi.
9. Akademik talabani qayta baholashda YB ko‘rinishda o‘tkazilib, unga maksimal
ballning 30 % ajratildi. Qayta baholashda olgan ballni JB, OB, YB dan to‘plagan
baliga qo‘shganda maksimal ballning 55 % ga etsa, talaba shu fandan o‘zlashtirgan
hisoblanadi, aks xolda o‘zlashtirmagan hisoblanib, rektorning buyrug‘i bilan
oliygohdan chetlashtiriladi.
4. 5450300 " Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash " ta‘lim
yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasi O‘zbekiston Respublikasi Оliy va o‘rta
maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘qitishning kunduzgi formasida o‘qitishning
davomiyligi 4 yil. Kvalifikatsion akademik daraja - bakalavr. Bu bakalavr faoliyati
ishlab-chiqarish iqtisodini ratsional boshqarish va ijtimoiy rivojlanish maqsadida
davlat aksioner va xususiy firmalari ilmiy ishlab chiqarish uyushmalari, ilmiy
konstruktorlik va loyihalash tashkilotlarini boshqarish sistemalarining ishini analiz
qilishga qaratilgan.
Bakalavr quyidagilarga tayyorlangan bo‘lishi kerak:
- fundamental va maxsus tayyorgarligiga mos boshqaruv kasbiy tashkiliy
boshqaruv iqtisodiy, loyiha analitik va aniq izlanish faoliyatiga ;
- Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha
magistraturada o‘qishga ;
- bakalavr belgilangan tartib bo‘yicha ta‘lim beruvchi tashkilotlarda ishlashi
mumkin;
Kvalifikatsion
xarakateristika
davlatning
normativ
hujjati
hisoblanib
quyidagilarni belgilaydi:
- yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni kasbiy joylashtirish va ishlatish shartlarini;
- mutaxassislikka kvalifikatsion talablar va talablarga mos o‘qitish jarayonining
mazmuni;
14
- oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining kvalifikatsion talablarga javob berishning
baholash kriteriyasi;
- oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining tayyorgarligi sifati va ularni ishlatish
uchun javobgarlik.
Kvalifikatsion
xarakteristika
shu profil bo‘yicha mutaxassislarga
prognozlash natijalarini va ularni tayyorlashni davlat rejalarini hisobga oladi,
hamda oliy kasbiy ta‘limning yo‘nalishlari va mutaxasisliklari Mehnat
vazirligining mansablar klassifikatorini tuzish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |