Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti boyicha hisobot



Download 16,48 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi16,48 Kb.
#703011
Bog'liq
Aziz Hisobot



Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti boyicha hisobot
Reja:
1.Kirish
2.Amaliyot o’tilgan korxona haqida qisqa ma’lumot
3.Texnika xavfsizlik qoidalari
4.Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni
5.Xulosa
Kirish
Barchamizga malumki har bir olingan bilim mustahkam bolishi uchun uni amaliyotda sinab korish talab etiladi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Xalq talim Vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari qaroriga asosan biz talabalar olgan bilimlarimizni ishlab chiqarish amaliyotida qo’llab bilim, ko’nikma va malakamizni yanada oshirishga erishdik. Bizga amaliyot davomida yetuk bilimga ega bo’lgan ishchi xodimlar biriktirildi.

2.Amaliyot o’tilgan korxona haqida qisqacha ma’lumot


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Hujjat prezidentning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3574 sonli «Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib va fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etish taklifi ma'qullangan.


Markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankdagi hisob raqamlariga, shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markazlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
- fermer xo‘jaliklari bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritish;
- fermer xo‘jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar ajratish;
- mavsum yakuni bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari invertizatsiyadan o‘tkazish;
- soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo‘yicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish;
- moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini tashkil etish;
-fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish va keyingi yilga biznes reja tuzishda amaliy yordam berish.
Markazlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari, fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a'zolik badallari va pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtiriladi.

Bunda, ish haqi va unga tenglashtiriladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.


Har oy yakuni bo‘yicha xodimlarga, ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a'zolik badallari va boshqa daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Kengashga paxta xom ashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot yetishtiruvchi hamda a'zolik badalini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xo‘jaliklarda hisobotini yuritishni ma'lum muddatga bepul amalga oshirish to‘g‘risida tavsiya kiritish vakolatini berish haqidagi takliflari ma'qullangan.
O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini xo‘jaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazib, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari bo‘yicha yagona elektron ma'lumotlar bazasini shakllantiradi.
Samarqand viloyati Payariq tumani fermer dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi ,,Payariq tuman fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi’’ 2019 yil 1-avgustdan o’z faoliyatini boshlagan. Markazda 50 nafar xodim o’z ish faoliyatini olib boradi va fermer va dehqon xo’jaliklariga sifatli ish xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

3.Texnika xavfsizlik qoidalari


Men korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqdim, jumladan: elektr simlari va kampyuter jihozlariga zarar yetkazmaslik, nosoz elektr kabellariga teginmaslik, xonaning sanitarik holatini yaxshi saqlash, va hokazo.
4.Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni
Samarqand viloyati Payariq tumani fermer dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi ,,Payariq tuman fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi’’da men 07.06.2021 dan 17.07.2021 gacha ishlab chiqarish amaliyotini o’tadim. Bu ishlab chiqarish amaliyoti davomida men malakali xodimlardan korxonaning ish faoliyatini o’rgandim. Amaliyot davomida fermer va dehqon xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, soliqqa fermer xo’jaliklaridan pul tushumlarini tushurish, statistik hisobotlar tayyorlash va boshqalarni o’rgandim.

  1. Xulosa

Xulosam o’rnida shuni aytmoqchimanki ,,Payariq tuman fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi’’da men o’zim bilmagan ko’plab yangi ma’lumotlar va ishlarni, texnika xavfsizligi qoidalarini o’rgandim. Bu ishlab chiqarish amaliyoti menda juda katta ta’asurot uyg’otdi. ,,Payariq tuman fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi’’ xodimlari har bir savolimga individual tarzda yondashtilat va o’rgatdilar.
Download 16,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish