8-MAVZU:Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash sohasi
bo’yicha tashkilotlar va korxonalar to’g’risida ma’lumot (2-soat)
Reja:
1.«Suvmash», «Suvsanoatmash OAJ», «Davsuvmaxsuspudrat» davlat unitar
korxonalari, «SANIIRI», «O‘zMEI» ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari
to‘g‘risida ma‘lumotlar.
2.Qo‘llaniladigan zamonaviy texnika, texnologiyalar va injenerlik hisoblari
hamda yutuqlari, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, kelajakda olib borilishi
rejalashtirilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi muxofaza qilishda qonunchilik asoslari.
4.Kafedralarda tajriba va amaliy mashg‘ulotlarning moxiyati va ularni o‘tish
vaqtida hayot faoliyatini xavfsizligini saqlash.
1
. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-
tadqiqot instituti (O‘zMEI). Bu ilmiy-tadqiqot instituti (SAIME) nomi bilan
faoliyat ko‘rsatgan.
Bu ilmiy tadqiqot institutida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi va natijalarini
bevosita ishlab-chiqarishga tadbiq qilib boradilar.
Bu ilmiy-tadqiqot instituti 1931 yilda Toshkent shahrida 35 km uzoqda joylashgan
Qovunchi poselkasi, hozirgi Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan. Bu ilmiy-
tadqiqot instituti 1954 yilgacha O‘rta Osiyo paxtachilikni mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish stantsiyasi nomi bilan yuritilib kelingan (SaSMEX).
Bu institutni birinchi direktori E.V.Petrenko, undan keyin I.N.Yakovlev,
A.E.Samoylov, P.V.Kajixin, M.S.Ganiyev, A.Xadjiyev va boshqalar boshqargan.
39
8.1-rasm. Suvsanoatmash OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan texnikalar.
1920-yilda Prof. V.F.Bulayevskiy O‘rta Osiyo Davlat universitetining
professori va o‘qituvchilar gruppasiga kiritilgan va injener-melioratsiya fakultetini
tashkil etishda aktiv qatnashgan. V.T.Jo‘rin mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan
gidrotexnikalaridan biri bo`lgan. U O‘rta Osiyo suv xo‘jaligi sistemasida dastlabki
ishini boshlagan. Ayni vaqtda Turkiston Davlat universitetida ilmiy va pedagogik
faoliyat bilan shug‘ullangan, injenerlik va melioratsiya tashkilotchilaridan,
keyinroq shu fakultet dekani vazifasida ishlagan. U 1927-yilda gidravlika va
gidravlika inshootlari kafedrasining professori bo‘ldi. Bundan tashqari V.D.Jo‘rin
hozir uning nomi bilan ataladigan O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish instituti
(SANIIRI) ning tashkilotchisi va birinchi direktori bo‘ldi.Sug`oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg`armasi mablag`laridan samarali
foydalanish, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga
ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston
Respublikasi
Vazirlar
Kengashi
va
viloyatlar
hokimliklarining
mintaqalarda muvofiq melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga
ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil qilindi va quyidagilar
yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini
bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining asosiy mezonlari etib
belgilandi:
ustav fondining eng kam miqdori — 450,0 mln so‘m;
moliyaviy barqarorlik va kamida 200,0 mln. so‘m miqdorida bo‘sh
aylanma mablag`larning mavjud bo‘lishi;
bajariladigan ishlar tannarxini zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini
joriy etish hisobiga kamaytirish;
melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida
bajarish;
soha bo‘yicha oliy ma‘lumotga va meliorativ ob‘ektlarni qurish hamda
ulardan foydalanishda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbarlik (shu
jumladan rahbar) va muhandislik – texnik xodimlar, bosh mutaxassislarga ega
bo‘lish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar korxonadagi muhandislik – texnik
xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak;
40
zarur miqdordagi meliorativ texnika, mashinalar, mexanizmlar va
transportga ega bo‘lgan texnika parkining mavjud bo‘lishi.
Yangidan tashkil etilayotgan melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini
bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining ustav fondi 2008 yil
oxirigacha shakllantirilishi kerak edi.Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan sof foyda
belgilangan tartibda korxonaning ustav fondini to‘ldirishga va moddiy-texnika
bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi;
Yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonasi tuzilgan kontraktda
nazarda tutilgan ishlar hajmining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat unitar
korxonalariga ularning muassislari tomonidan meliorativ texnika, mashina va
mexanizmlar hamda boshqa asosiy fondlarning belgilangan tartibda berilishini
ta‘minlandi. Respublikamizdagi mavjud DUKlar viloyatlar kesimida quyidagicha.
8.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |