N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/52
Sana05.11.2020
Hajmi0,77 Mb.
#51711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish

5-mavzu: Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar
Rеja:
1.  Xodimni ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar.
2. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘yi-
ladigan talablar.
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati MK-
ning 80-moddasida ko‘rsatilgan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga 
kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
● pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n 
olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi gu-
vohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
● mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan 
shaxs lar bundan mustasno) o‘rindoshlik asosida ishga kirayot-
gan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan 
ma’lumotnomani;
●  harbiy xizmatga majburiyatlar harbiy biletni, chaqiriluvchi-
lar harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
● qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki max-
sus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ish-
larga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini bitirgan-
ligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini 
beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim eta-
di.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.


48
Ishga kiruvchi tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi 
hujjat taqdim etilishi quyidagi maqsadlarda ko‘zda tutiladi:
– ishga kiruvchining shaxsi va ishga qabul qilish uchun yo‘l 
qo‘yiladigan yoshi haqida ishonch hosil qilish;
–  uning harbiy majburiyatga munosabatini aniqlash;
–  ushbu joyda ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ishonch hosil qi-
lish. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ularga amaldagi qonun hujjat-
lari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 22-dekabr-
dagi Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida 
pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom», «Xorijiy shaxslar, fuqaroli-
gi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash-
ga ruxsatnomalari to‘g‘risida nizom» va boshqalar) talablariga 
javob berishi kerak. «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizi-
mi to‘g‘risidagi nizom»ning 42-moddasi fuqarolarning pasportsiz 
yoki haqiqiy bo‘lmagan pasportlar bilan shuningdek propiskasiz 
ishga qabul qilinishi uchun mansabdor shaxslarning javobgar-
ligini nazarda tutadi. MK hali pasportga ega bo‘lmagan o‘n ol-
ti yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yar 
ekan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ularning shaxsini tas-
diqlovchi hujjat hisoblanadi.
Tеst
1. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksining qaysi moddasida 
qayd etilgan?
A) 20-modda 
B) 77-modda
C) 80-modda
D) 100-modda
2.  Xodim qanday holatlarda mеhnat daftarchasisiz ishga qabul 
qilinishi mumkin? 
A) ish staji 1 yildan kam bo‘lgan holatda 
B) agar xodim pеnsiya yoshiga yеtgan bo‘lsa
C) agar xodim birinchi marotaba ishga qabul qilinayotgan 
bo‘lsa
D) agar xodim pasportga ega bo‘lmasa


49
3.  Xodim qanday holatlarda mеhnat daftarchasisiz ishga qabul 
qilinishi mumkin?
A)  agar xodim mеhnatga layoqatsiz bo‘lsa 
B)  agar xodim oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa
C)  agar xodim o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan bo‘lsa
D)  agar xodim harbiy xizmatga layoqatsiz bo‘lsa
1
2
3
C
C
C

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish