3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi Hozirgi kunda ta’lim sohasida Prezidentimiz
tashabbusi bilan Davlatimizda olib borilyotgan barcha ishlarning maqsadi
Vatanimizning kelajagi bo’lgan barkamol avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonini
zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish,ularning mustaqil fikrlashga, bilim
olishga, ajdodlarimizning boy ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlashga
o’rgatish hamda ta’limning uzliksizligini ta’minlashdan iboratdir [1,2].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlab o’tganidek
“Shuni unitmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq [3].
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnalogiyalardan foydalanish,
farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va
rivojlantirish va ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan
biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali
o’zlashtirishda zamonaviy didaktik o’yinlarning o’rni katta. O’quvchilarning
berilgan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar,
qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish
metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi
uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy didaktik o’yin
texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni “Kimyo o’qitishda didaktik
o’yin texnalogiyalaridan foydalanish” deb nomlashga axd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga havola etayotgan ishda kimyo ta’limiga mos
zamonaviy didaktik o’yinlar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga
doir tavsiyalar aks ettirilgan.
Hozirgi kunda Respublikamizning barcha sohalarida jadal sur’atlar bilan
rivojlanish jarayoni bormoqda. Shunday ekan kimyo o’qitishda ham didaktik
o’yin texnalogiyalaridan foydalanish o’quvchi va talabalarining kimyoviy bilim,
ko`nikma va malakalarni davr talabida shakllantirish va rivojlantirishda didaktik
4
o’yin texnalogiyalarining o’rni katta. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni
zamonaviy talablari asosida puxta bilim va ko’nikmalarga ega, vatanparvar,
manaviyati yuksak shaxs etib shakillatirishda ta’lim-tarbiyaning ulkan beqiyos
xissasi bor. Umumta’lim maktablari kimyo ta’limida o’quvchilarning kimyo
ta’limida o’quvchilarning kimyoviy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish,
ularni mustaqil bilim olish, fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy
didaktik o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarsiz mavzular
mazmunini o’quvchi va talabalarga yetkazib bo’lmaydi, shunday ekan
respublikamizda yosh avlodga ta’lim tarbiya berilishi davlat siyosati darajasiga
ko’tarilgan bir davrda kimyo o’qitishda didaktik o’yin texnalogiyalardan
foydalanish masalalari o’z dolzarbliligini yo’qatgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: