Parishonxotirlik-diqqatni ma’lum bir ob’ektga karata olmaslikdan iborat
salbiy xususiyat.
Passalar-gipnoz jarayonida mijozni gipnotik xolatga solish uchun uning
ko’zi oldida va atrofida qilinadigan bir me’yordagi qo’l harakatlari.
Passivlik-atrofdagi narsa va xodisalarga, kishilarga nisbatan befarq
munosabatda bo’lish va jismoniy yoki ruxiy faoliyatsizlikdan iborat xolat.
Passiv takrorlash-esda qoldirilishi zarur bo’lgan materialni bir necha bor
kayta idrok qilinishi orqaligana takrorlashdan iborat xotira jarayoni.
Pastkashlik-o’z shaxsiy manfaati uchun har qanday vijdonsizlikka hamisha
tayyor turishdan iborat eng tuban salbiy xarakter xislati.
Do'stlaringiz bilan baham: |