Ongsizlik anglab bo‘lmaydigan – aniq, ravshan anglash nazorati uchun
predmet bo‘la olmaydigan ko‘plab psixik hodisalar to‘plami. Ongda har bir
daqiqada bir vaqtning o‘zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo‘lishi mumkin
(o‘rtacha taxmin qilishlaricha 7+2). Bunda ushbu damdagi anglanmagan
tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin («hohlaganing
uchun eslading»), lekin juda ko‘plab psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar)
shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o‘z-o‘ziga hisob bermasligi mumkin,
balki buni u hattoki hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning
aylana shakldagi siferblatini idrok qilayotganda bizning ko‘z qobig‘imizda aylana
emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bo‘lishi mumkin, biroq soat
qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |