2-қism –
virusning disk xotirasiga, ulardagi fayllar va yuklash
sektoriga ko’chirilish ishini ta’minlaydi;
3-қism – virusning o’z faoliyatini ishlash shart-sharoitlarini o’z
ichiga oladi;
4-қism – virusning asosiy ishi – buzғunchilik faoliyatini algoritmini
o’z ichiga oladi.
Kompyuter viruslari ishlash soҳasiga қarab:
1.
Kompyuter sistemasidagi informastiyani zararlovchi;
2.
Kompyuter sistemalariga infekstiya yuқtiruvchi;
3.
Kompyuter sistemalari va tarmoқlarining ishini batamom
tugatuvchi turlarga bo’linadi.
Ҳozirgi paytda viruslarning sinflanishi, ularda қullaniladigan virusni yuқtirish
usullari, ularga қarshi kurashish chora-tadirlari yaxshi o’rganilmoқda.
Viruslardan ҳimoyalanishda ikki tomondan yondashish mumkin:
-
mustaқil, aloҳida masala sifatida;
-
avtomatlashtirilgan sistemaning umumiy xavfsizligining bir
jiҳati sifatida.
Bu yondashuvlarning ikkisi ҳam o’zining aloҳida
xususiyatlariga va mos
ravishda masalani echishning o’ziga xos usullariga ega.
Virusga қarshi kurashning bir tomoni sifatida Ҳozirgi paytda virusga қarshi
programmalar sistemasi ishlab chiқilmoқda. Ularning ko’pchiligi mos tibbiy
atamalar: «Vakstina», «Antitoksin», «Interferon» va ҳ. atamalar bilan atalmoқda.
Umuman olgan virusga қarshi prgrammalarni 3 guruҳga ajratish mumkin:
1.
Filtlovchi programmalar;
2.
Virus detektorlar (virus ushlovchilar, revizor programmalar,
infekstiyaga қarshi programmalar);
3.
Fag programmalar.
Filtrlovchi programmalar
– zaҳarlanishni bartaraf etish uchun ishlab
chiқilgan programmalar. Ular kompyuter xotirasiga joylashib olib virusning
urinishlarini va signallarini kuzatib, olib borayotgan ishlarini nazorat қiladi.
Virus detektorlar
– sistema ҳolatining
foto tasvirini olib, uni doimiy ish
faoliyati ҳolati bilan taққoslab turadi. Agarda biror o’zgarish sodir bo’lsa, xavf
to’ғrisidagi signalini beradi. Boshқa revizor programmalar matematik formulalar
yordamida programma va ma’lumotlar butunligini aniқlab beruvchi nazorat kodlari
yiғindisini ҳisoblash ga asoslanadi.
Fag programmalar
–
oddiy viruslarni topib, ildizini yo’қotishga o’rgatilgan
programmalar. Ular ko’proқ eski viruslarni topib yo’қotishga қulaydir.
Olib
borilgan
chora-tadbirlar
natijasida,
yuқorida
keltirilgan
programmalarning faoliyati natijasida oxirgi paytlarda viruslar bilan zararlanish va
buzilish masshtabini kamaytirishga erishildi. Lekin bu programmalarning
taraққiyoti viruslarning taraққiy etishiga eta olmayapti. So’nggi yillarda
kompyuter viruslaridan ҳimoyalanishning istiқbolli yo’llaridan biri sifatida apparat
va programm ҳimoya usullarining birgalikda tashkil etilishidan foydalanilmoқda.
Bunday apparat-programm vositalarga kompyuterning standart kengaytirish
slotlariga o’rnatiladigan maxsus virusga қarshi platalarni misol қilish mumkin.
Masalan, Intel korporastiyasi 1994 yildayoқ kompyuter tarmoқlarini
virusdan
ҳimoyalashning istiқbolli texnologiyasi - Intel EtherExpress PRO/10 қurilmasini
taklif қilgan edi. Intel EtherExpress PRO/10 қurilmasi kompyuterning butun
sistemasini OS yuklangunga қadar tekshirib chiқuvchi virusga қarshi
programmaga ҳam ega.
«қurt»
- viruslardan farқli ravishda o’z nusxasini axborot eltuvchida
қoldirmaydigan, tarmoқ orқali tarқaluvchi programmalar. «қurt» tarmoқning biror
zararlangan uzelini aniқlash mexanizmidan foydalangan ҳolda, o’zining tanasi
yoki biror қismini ushbu uzelga uzatadi ҳamda shu paytning o’zida
ishga tushadi
yoki biror payt poylab ishga tushadi. Bunday turdagi programmalarning eng
mashҳuri – «Morris қurti» bo’lib, 1988 yilda Internet xalқaro tarmoғiga katta zarar
etkazgan.
«қurt»ning
tarқalishi
uchun
eng
қulay sharoit bu – tarmoқ
foydalanuvchilarining bir-biriga do’stona, ishonuvchan munosabatlaridir. Undan
ҳimoyalanishning eng yaxshi usuli bu tarmoқdan ruxsatsiz foydalanishga қarshi
eҳtiyot choralarini қo’llashdir.
Xullas, «troya tulpori»,
«қurt», virus programmalar kabi zararli
programmalardan ҳimoyalanish uchun programmalarni ijro etishning berk muҳitini
tashkil etish, ijro etiluvchi
fayllarga kirishni cheklash, ishlatilayotgan programma
vositalarini testlash va ҳ. ni amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: