ganlari tarkibida xizmat qilgan xodimlar fuqarolik huquqidan mahrum
etiladilar.
Respublikamiz ichki ishlar organlari xodimlarining MDHga a’zo
davlatlar ichki ishlar organlari xizmatiga o‘tkazilishi ham «Mustaqil
davlatlar ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha
Kelishuvi» to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Biroq,
bunda xizmatning boshqa respublika ichki ishlar organlariga
o‘tkazilishining sabablari atroflicha o‘rganilib,
IIV rahbariyatining
roziligiga ko‘ra, biron qarorga kelinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 8 yanvarda
16-sonli «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarida xizmatni o‘tash
tartibi haqidagi muvaqqat Nizom»ni tasdiqlandi. Shu muhim normativ
hujjatning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. A. Karimov va respublika hukumatining ichki
ishlar organlarini har
tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, Vatanga va xalqqa sadoqatli, mavjud
konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga qodir kadrlar bilan to‘ldirish
borasidagi g‘amxo‘rligining yorqin namunasidir.
Nizomda asosiy e’tibor shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibini
normativ asosda
boshqarishni takomillashtirish, kadrlar tanlash sifatini
oshirish, xizmatda o‘sishni rag‘batlantirish, shahodatlash chog‘ida
xodimlarning kasb mahoratlariga xolis baho berish, shuningdek oddiy
xodimlar va boshliqlarni xizmatda ko‘tarish, xizmatdan bo‘shatishda qonu-
niylikka amal qilinishini ta’minlash hamda
shu soha xodimlarining ijti-
moiy himoyasini kuchaytirish masalalariga qaratildi.
Xullas, endi ichki ishlar organlari tarkibi O‘zbekiston Respub-
likasining 18 yoshga to‘lgan, lekin 30 yoshdan katta bo‘lmagan fuqarola-
ridan ko‘ngilli (shartnomaviy) asosda jamlanadi,
bunda ular, albatta
ko‘rik-tanlovdan o‘tadilar. Ular asosan oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarining bitiruvchilari, Qurolli kuchlarning zaxiraga bo‘shatilgan
harbiy xizmatchilari bo‘lishlari zarur. Shuningdek, shaxsiy, axloqiy,
kasbiy fazilatlari, sog‘liqlari, ma’lumot darajalariga ko‘ra ichki ishlar
organlari xodimlari zimmasiga yuklatiladigan vazifalarni bajarishga qodir
bo‘lishlari shart.
Ichki ishlar vazirligining oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga
o‘qishga 17 dan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta ma’lumotli va xizmatga
kiruvchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga to‘liq
javob beradigan fu-
qarolar, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan esa 25 yoshgacha bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar. O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli kuchlari safiga xizmatga chaqiriluvchilar ichki ishlar
organlariga xizmat qilishga qabul qilinmaydilar, IIV tizimidagi oliy va
o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish bundan istisnodir.
17