Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

3. Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi
(MKning 153–156-moddalari) 
Ish haqi ish beruvchining o‘z xodimlariga ularning mehnati uchun 
to‘lashi shart bo‘lgan haq shaklidir. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi 
bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va 
uning eng qo‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi. 
Ish haqi asosiy va qo‘shimcha qismlardan iborat. 
Asosiy qism 
ish 
haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo‘yicha bel-
gilangan maosh, ustama va qo‘shimcha haqlar muayyan muddatga belgi-
lanadi hamda ish yomonlashgan taqdirda, bekor qilinadi. 
Qo‘shimcha 
qismga 
yil yakunlariga ko‘ra mehnatning natijalari uchun beriladigan 
mukofot va rag‘batlantirishlar kiradi. Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga 
solib turishning ikki – davlat va mahalliy turlari mavjud. 
Davlat tomonidan tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashning umumiy shartlari 
belgilanishidan iborat. Mahalliy tartibga solish huquq qoidalarida 
mehnatga haq to‘lash shartlarini belgilashdan iborat bo‘lib, bu shartlar ish 
beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib, o‘zlariga 
berilgan huquqlar doirasida ishlab chiqiladi. 
Mehnat kodeksida ta’kidlanishicha, muayyan muddat uchun belgilan-
gan ish vaqtini to‘liq ishlab bergan va o‘zining mehnat vazifalarini, 
mehnat normalarini bajargan xodimning mehnat haqi, u ishlayotgan 
korxona mulkchilikning qaysi shaklida ekanligidan qat’i nazar, respublika 
qonunlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi lozim. Haq 
to‘lashda tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib olishni ish 
beruvchining o‘zi mustaqil hal qiladi. Tarif stavkalari, maoshlar, 
mukofotlar, boshqa xil rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek 
xodimlarning ayrim toifalari o‘rtasida ularga to‘lanadigan haq miqdorini 
belgilash huquqi ish beruvchining o‘ziga berilgan. Uning bu haqdagi 
qarori yo jamoa shartnomasida yoki boshqa normativ hujjatlarda o‘z ifoda-
sini topgan bo‘lishi kerak. 
Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat 
haqiga koeffitsiyentlar va ustamalar belgilanadi. Koeffitsiyentlar va 
ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, shuningdek ularning 
qo‘llanishi tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasining Hukumati 
tomonidan belgilanadi. Mehnatga haq to‘lash shartlari qaysi tartibda 
o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘zgartiriladi. Mehnatga haq to‘lashning 
yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning 
roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o‘zgartirishlarga 
103


texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o‘zgarishlar 
yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini 
saqlab qolish mumkin bo‘lmaganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan 
boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin 
ogohlantirilishi lozim. 
Mehnatni me’yorlash har bir xodimning alohida yoki brigada 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan mehnat 
(vaqt) sarfini belgilashdan iborat. 
Mehnatni me’yorlashning quyidagi turlari mavjud: 
a) vaqt normasi; 
b) ishlab chiqarish normasi; 
d) xizmat ko‘rsatish normasi; 
e) xodimlar soni normasi; 
f) normalangan topshiriq. 
Ish haqi tizimi deyilganda, mehnat me’yori bilan mehnat uchun to‘-
lanadigan haq miqdori o‘rtasidagi nisbat nazarda tutiladi. Mehnatni 
hisobga olib borish qanday usulda amalga oshirilishiga qarab, xodimlarga 
vaqt va tayyorlangan mahsulot miqdori bilan ish haqi to‘lashning vaqtbay 
va ishbay tizimi qo‘llaniladi. 
Vaqtbay tizimida mehnatga haq haqiqatda ishlangan vaqt – soat, kun, 
oy uchun to‘lanadi, shuning uchun ham bu soatbay, kunbay, oy uchun 
mehnat haqi to‘lash deb ataladi. Xodimlarning asosiy qismi oylik lavozim 
maoshlari oladi. 
Ish haqi to‘lashning ishbay tizimida xodimning mehnatiga u ishlab 
chiqargan har bir mahsulot birligi uchun ishbay baholar bo‘yicha haq 
to‘lanadi. Bu tizim qo‘llanilganda, xodimning ish haqi u qancha yaroqli 
mahsulot ishlab chiqargani yoki qancha ishni bajarganligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ishbay ishlovchi xodimning ish haqi qilingan ishlarni haq 
to‘lanadigan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birliklari soniga 
ko‘paytirish orqali belgilanadi. Ishbay asosida haq to‘lashning quyidagi 
turlari mavjud: bevosita ishbay; bilvosita ishbay; ishbay progressiv; akkord 
tizimi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish