6-mavzu
ISH VA DAM OLISH VAQTLARI HAMDA ISH HAQINI
HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH
1. Ish vaqti va uning turlari
Ish vaqti xodimning ish tartibi yoki jadvali yoxud mehnat shartnomasi
shartlarida belgilangan vazifalarni bajarishi lozim bo‘lgan vaqt. Ish vaqti
qonun bilan belgilangan vaqt bo‘lib, bu vaqt mobaynida xodim ichki
mehnat tartib-qoidalariga asosan o‘z mehnat vazifalariga mos ravishda
xizmat burchini bajarishi lozim.
Ish vaqtining muddati eng muhim mehnat sharoitlaridan biri bo‘lib,
barcha mehnatkashlarning mehnatiga daxldordir. Shu boisdan ham
qonunda sutka va hafta davomidagi ish vaqti muddatlari me’yoriy,
qisqartirilgan, to‘liqsiz, me’yorlanmagan, qismlarga bo‘lingan. Mehnat
kodeksining 115-moddasida ko‘rsatilganidek, xodim uchun ish vaqtining
normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti
kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish
haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i, mehnat
sharoitlari, xizmat vazifalarining o‘ziga xos xususiyati va boshqa ho-
latlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risida qonunlar va boshqa normativ
hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasining shartlariga binoan, meh-
natga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan
muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagi shaxslar uchun
belgilanadi:
a) 18 yoshga to‘lmaganlar (MKning 242-moddasi);
b) I–II guruh nogironlari (MKning 220-moddasi);
d) noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lganlar (MKning
117-moddasi);
e) alohida xususiyatga ega bo‘lgan ishlarda ishlovchilar (MKning 118-
moddasi).
18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqtining
muddati haftasiga 36 soat, 15–16 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa
haftasiga 24 soat, ya’ni kuniga 4 soatdan oshmasligi kerak.
94
O‘rta ta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlarining o‘qishdan
bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilari uchun bu muddat 2 baravar
kamaytirilgan.
I–II guruh nogironlariga mehnatiga haq to‘lash kamaytirilmagan
holda, ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmagan qisqartirilgan
muddat belgilanadi. Og‘ir sharoitlardagi ish vaqtining haftasiga 36 soatdan
oshmagan qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy,
kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir
etadigan xodimlar uchun belgilanadi. Korxonadagi bunday ishlarning
ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq
kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, agar ular
tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olingandan keyin
belgilanadi.
Alohida xususiyatga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar uchun ish vaqti-
ning qisqartirilgan muddati, ya’ni yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy
zo‘riqish, asab tarangligi bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanuvchilar
uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati
haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlarning
ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasining
hukumati tomonidan belgilanadi. Shuningdek, mehnat sharoiti ishlab
chiqarishning zararli omillari bilan birga kechadigan ishchi va
xizmatchilar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari,
maktabgacha muassasalarning xodimlari hamda katta ruhiy va aqliy
mehnat sarflash talab etadigan xodimlarning boshqa ba’zi toifalari uchun
ham qisqartirilgan ish vaqtlari belgilangan.
Tungi ish muddati (soat 22
00
dan ertalab 6
00
ga qadar) bir soatga
qisqartiriladi. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan,
ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki
to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin. Masalan, homilador va 14
yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollar,
shu jumladan oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan
shaxsning iltimosiga qo‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq, ularga
to‘liqsiz ish kuni yoki ish haftasini belgilashga majburdir (MKning 229-
moddasi).
To‘liqsiz ish vaqti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat
ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat
huquqlarini biron-bir tarzda cheklashga asos bo‘lmaydi.
95
Ish vaqti tartibi deb, muayyan kalendar davr mobaynida ishni
taqsimlash tartibiga aytiladi. Ish vaqti quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
a) ishning boshlanishi va tugashi;
b) smenalar vaqti va muddati, ularning almashinishi.
Ish haftasining 2 turi mavjud:
a) ikki kun dam olinadigan 5 kunlik ish haftasi;
b) bir kun dam olinadigan 6 kunlik ish haftasi.
Ish vaqtining rejimi:
– kunlik ish vaqtining (smenaning) muddati;
– ishning boshlanishi va tugash vaqtlari;
– ishdagi tanaffuslar vaqti;
– sutka davomidagi smenalar soni;
– ish kunlari hamda ishlamaydigan kunlarning navbat bilan al-
mashinishi;
– xodimlarning smenadan smenaga o‘tish tartibi, korxonada ichki
mehnat tartibi qoidalari, boshqa normativ hujjatlar, bu hujjatlar mavjud
bo‘lmasa, xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.
Bayram kunlari arafasida kundalik ish muddati barcha xodimlar uchun
kamida bir soatga qisqartiriladi.
Mehnat kodeksining 122-moddasida tungi vaqtdagi ishning muddati
ko‘rsatilgan bo‘lib, u soat 22
00
dan to 6
00
gacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.
Ish vaqtining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi smena
hisoblanadi.
Bir smenadan ikkinchi smenaga o‘tish, odatda bir haftadan keyin
amalga oshiriladi. Ketma-ket ikki smenada ishlash taqiqlanadi. Agar
xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi
tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi
ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Qonunda, shuningdek ish vaqtini jamlab hisobga olish ham nazarda
tutilgan. Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish
soatlarining me’yordagi miqdoridan oshib ketmasligi shart. Bunda hisobga
olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa
12 soatdan ortib ketmasligi lozim. Ba’zi kunlari ortiqcha ishlab yuborilsa,
buning o‘rniga boshqa kunlari shuncha kam ishlanadi yoki muayyan bir
davr doirasida qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi.
Ish vaqtining umumiy muayyan muddati esa ana shu muayyan davr
uchun belgilangan ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmasligi
kerak. Ba’zi hollarda, ish kuni yoki smenasini qonunlarda ko‘rsatilgan
tartibda qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi. Ish hajmi sutka davomida
96
tubdan o‘zgaradigan joylarda (masalan, shahar transporti haydovchilari,
ba’zi savdo xodimlari) ish vaqti tartibini joriy qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Korxonadagi ayrim xodimlar, jamoalar, bo‘linmalar uchun muayyan
doirada ish kuni yoki ish smenasining boshlanishi, tugashi va muddatini
o‘sha jamoa, bo‘linmalarning o‘zlari boshqarishlariga yo‘l qo‘yiladi, bu
o‘zgaruvchan ish vaqti tartibini tashkil etadi. O‘zgaruvchan jadvalning
mohiyati shundan iboratki, xodim uchun tayinli vaqt belgilab qo‘yiladi, u
shu vaqt mobaynida, albatta, ishda bo‘lishi lozim. O‘zgaruvchan ish
vaqtining tartibi ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga asosan
belgilanadi.
Mehnat kodeksida ish vaqtidan tashqari ishlar ham nazarda tutilgan
bo‘lib, xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari
ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |