48
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Kichik tadqiqot
Ma’lumki, borliqdagi, tabiat va jamiyatdagi barcha narsa
va hodisalar davri, hajmi, shakli, uzoq-yaqinligi, harorati,
maza-ta’mi, sifat va miqdoriga asosan ajratiladi, farqlanadi
va o‘ziga xos belgisiga ko‘ra nomlanadi. Narsa va hodisalar-
ning bu kabi turli xususiyatlari, shubhasiz, tilning lug‘aviy
ma’no guruhlarida o‘z ifodasini topadi hamda darajasiga ko‘ra
nomlanadi; til tizimida har biri alohida lug‘aviy birliklar si
-
fatida boshqalari bilan darajaviy (gradual) munosabatlarni
shakllantiradi.
O‘zbek tili lug‘at boyligini lug‘aviy ma’no guruhlariga
ajratish so‘zlararo ma’noviy munosabatlarni o‘rgatish bilan
chambarchas bog‘liq. Tilshunoslikda til hodisalarini tizimli
o‘rganish usuli maydonga kelgunga qadar so‘zlararo ma’noviy
munosabatlar tushunchasi ostida, asosan, sinonimiya va
antonimiya munosabatlari o‘rganib kelingan. Keyingi payt-
larda sistem tilshunoslik yo‘nalishida ish olib borgan ayrim
o‘zbek tilshunoslarining ishlarida lug‘aviy ma’no guruhlarida
til tizimi sistemaviy munosabatlar bilan chegaralanib qol-
masdan,
giponimik
(tur-jins),
partonimik
(butun-bo‘lak) va
graduonimik
(darajalanish) munosabatlariga ham egaligi
ta’kidlanadi. Lug‘aviy ma’no guruhlari doirasida ma’no da
-
rajalarini ifodalovchi leksik birliklarga
graduonimiya
deyiladi.
So‘z (leksema)larning ma’noviy guruhlarini tashkil qiluvchi til
birliklari sinonimik qatorlar singari graduonimik qatorlarni ham
tashkil qiladi. Masalan,
do‘st
,
o‘rtoq
,
jo‘ra
,
oshna
so‘zlarida
dominant so‘z
“do‘st”
o‘rtoq, oshna, jo‘ra sinonimik qa-
torini tashkil qilgani singari
oqish
,
oqimtir
,
oq
,
oppoq
so‘zlari
ham bir
oqlik
graduonimik qatorini tashkil qiladi. Lekin keltiril
-
gan misollardan shuni anglash mumkinki, sinonimik qatorda
shakl jihatidan turlicha so‘zlar ma’noviy jihatdan bir guruhni
tashkil qilgan bo‘lsa, graduonimik qatorda bunday emas.
Graduonimik qatorga jamlangan so‘zlar shaklan sinonimlar-
ga o‘xshamaydi, balki, ko‘pincha, bir so‘zning turli shakllari
bo‘lib, faqat shu so‘zlarni anglatgan biror belgi yoki xususiyat
(ortiq yoki kamligi) darajasiga ko‘ra bir ma’noviy guruh yoki qa
-
torni tashkil qiladi. Bu jihatdan graduonimlar antonimlarga (
kat
-
ta-kichik
,
tor-keng
–
hajm-shakl
darajasidagi zidlikka ko‘ra)
biroz o‘xshaydi. Biroq zidlanish darajasi jihatidan graduonim
va antonimlar ham bir-biridan farqlanadi.
Qiyoslang:
Do'stlaringiz bilan baham: