veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
31
Tahlil
Zahiriddin Muhammad Bobur
shaxsning ruhiy holatini tasvir-
lashda o‘ziga xos mahorat bilan
yondashadi, tasvirda shaxsning
ruhiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari,
ichki olamini mohirlik bilan ochib
beradi. «Boburnoma»ning Hindis
-
ton tasviriga bag‘ishlangan o‘rin-
larida, xususan, jang va kurash
maydonlari tasvirida Boburning
xarakter xususiyatlari, ichki olami
va ruhiy o‘zgarishlarini ifodalov-
chi lavhalarga ko‘p duch kelamiz.
Asarda muallif tarixiy, esdalik asar
uslubidan chekinib, badiiy asar
yaratayotgan adibga aylanadi, go‘yo. Lirik shoir tasvirlarda vo
-
qea-hodisalarni badiiy ifodalashga harakat qiladi.
«Boburnoma»da muallifning tarixiy shaxslar – bek va
a’yonlar, sarkardalar, oddiy askarlar haqida g‘oliblik nashidasi
ta’sirida yozilgan badiiy tasvirlarga boy satr larini uchratamiz.
Jumladan, dushman ustidan g‘olib kelish asnosidagi tasvirini
berib,
«…yana ba’zi yigitlar yog‘iyning harbu zarbidin hech
parvo qilmay, o‘q bila toshini zarra ko‘zga ilmay, qo‘rg‘on
teshmak bila buzmoq qa mashg‘ul va mash’uf edilar», «o‘shal
zamon g‘ul kishisi ham shotudin qal’ag‘a chiqtilar», «Yigit-
yalang ulcha imkoni jid va ehtimom edi, zohir ettilar va baho
-
dirliq oti va neknom hosil ayladilar»,
– deb jang maydonining
shiddati, lashkar kayfiyati, askarlarning ruhiy holatini tasvir
-
laydi.
Hindistondagi g‘alaba Boburga shon-shuhrat kelti rishi
tabiiy hol edi. Bu g‘oliblikni saqlab qolish uchun u shiddat
bilan ish ko‘radi – Hind diyorini mayda rojalik, kichik feodal
-
lar davlatidan mustaqil va mustahkam davlatga aylantiradi.
Hindistonning birinchi Prezidenti Javoharla’l Neru «Hindiston
-
ning kashf etilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida
Boburning Hindiston tari xida tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab:
«Boburshupaytgachao‘tganmadaniyatlivajozibadorinson-
larorasidaengyetuklaridanbiriedi.Umazhabparastlikkabi
cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi»
1
,
– deydi.
«Boburnoma»da Boburning hindistonlik raqiblarini o‘ziga
bo‘ysundirishi, mag‘lubligini isbot etishining o‘ziga xos badi-
iy tasviri berilgan. Bir o‘rinda Bobur G‘ozixon ismli hind lash-
karboshisini tasvirlar ekan, uning ichki ola mi, ruhiyatida sodir
bo‘lgan o‘zgarishni mag‘lub lashkarboshi bilan muloqotida
akslantiradi. Bobur G‘ozi xonning ruhiyatidagi o‘zgarishlarni
tasvirlashda so‘z va iboralarni tanlab ishlatadi: «Buyurdum-
kim, o‘shal ikki qilichkim, bizning bila urushur uchun belga
bog‘lab edi, bo‘ynig‘a ostilar. Mundoq rustoyi va loda mar-
dak bo‘lg‘aymukin, ishi bu yerga yetib, hanuz taallul qiladur.
Ilgarrak kelturdilar. Buyurdumkim, qilichlarni bo‘ynidin oldi
-
lar. Ko‘rushur vaqt yukunmakta ta’xir qiladur.
Buyurdumkim,
oyog‘ini tortib yukundurdilar. Ilgari o‘lturg‘uzub, bir hindus
-
toniyni bilur kishiga buyurdumkim: Bu so‘zlarni biror-biror
anga xotir nishon qila aytkil. …O‘zungni va o‘g‘lonlaringni,
bulujlarning darbadarliqlaridin qutqordim. Xaylxonalaringizni
va haramlaringizni Ibrohimning bandaxonasidin xalos qildim.
Uch kurur Totor xonning viloyatini sanga inoyat qildim. Sening
haqqingda yomon bordimmukim, to‘shung bila belingga ikki
qilich bog‘lab, cherik tortib, bizning viloyatlarning ustiga kelib,
mundoqsho‘rvafitnasolursen.
Qari mabhut mardak bir-ikki so‘z og‘zida-o‘q puypadi,
so‘zlayolmadi».(188-bet)
Ushbu matnda Bobur o‘zaro suhbat ta’sirini oshirish maq-
sadida G‘ozixonning ruhiy holatini tasvirlash va unga badiiy
sayqal berish uchun
«…qari mabhut mardak bir-ikki so‘z
og‘zida-o‘q puypadi, so‘zlay olmadi»,
– deydi. Bu o‘rinda u
G‘ozixonga aytgan ta’sirli, kishiga qattiq tegadigan so‘zlarni
«muskat» so‘zi bilan umumiy tarzda ifodalaydiki, bu so‘z ach-
chiq, hazm qilib bo‘lmaydigan ma’noda kelib, mag‘lub G‘ozix-
onning holati, ruhiyati va nochor ahvolda qolganini ifodalab
kelgan.
Bobur Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘diy bilan jangga ki
-
rar ekan, Panipat shahri uchun bo‘lgan urush oldidan ancha
haya jonga tushgani, noma’lum shaharni o‘zi ta’kidlaganidek,
«…vatandinikki-uchoychiliqyo‘lkelilibedi.G‘aribqavmebila
elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur edik, ne
alar bizning tilimizni»,
– deb ma’lum darajada vahimaga tush-
ganini yozadi. Shunday sharoitda Bobur vazminlik bilan bir
qarorga kelish va sharoitni obyektiv baholay olish qobiliyatini
ishga solib vaziyatni o‘nglab oladi. Boburning shiddati qisqa
muddatda o‘zini tutib olishiga, to‘g‘ri qarorga kelishiga sabab
bo‘ladi. «G‘arib qavme» bilan bir muhitda yashashga majbur-
ligi Bobur ko‘ngliga g‘ulg‘ula solsa-da, mag‘rur holda shunday
xulosaga keladi:
«Cherik eli ba’zi xeyli mutaraddid va muta
-
vahhim edilar. Taraddud va tavahhum betaqribdur. Nekim
azalda Tengri taqdir qilibtur, andin o‘zga bo‘lmas. Agarchi
alarnihamaybqilibbo‘lmas,haqalarjonibiedi.Neuchun-
kim, vatandin ikki-uch oychiliq yo‘l kelilib edi. G‘arib qavme
bila elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur eduk,
ne alar bizning tilimizni»
.(192-bet)
«Boburnoma»da Bobur bilan Ibrohim Lo‘diyning yakka
-
ma-yakka uchrashuvi jang maydonida bo‘lib o‘tadi, bu lash-
karboshilar faqat bir marta kurash maydonida yuzma-yuz
duch keladilar. Bobur Ibrohim Lo‘diyning ruhiy holatini jonli,
hayotiy tasvirlaydi. Mag‘lubiyatini his etgan Hind sultoni jang
maydonida Boburning qorasi ko‘rinishi bilanoq, sarosimaga
tushadi, o‘z harakatini nazorat qilolmay qoladi. Jang may
-
donidagi mag‘lublikni his etayotgan Ibrohimning ichki olamini
shunday tasvirlaydi:
«Sulton Ibrohimning qorasi yiroqtinkim,
ko‘rundi, hech yerda darang qilmay, tez-o‘q keladur edi. Il-
garrak kela bizning qoramizkim, alarg‘a ko‘rundi, bu tartib va
yasolnikim,mulohazaqildilar,hasrbo‘lub,turay-turmay,ke-
lay-kelmaydegandekqilib,neturaoldi,neburung‘idekbeda-
rang kela oldi».
(193-bet)
Jang maydonidagi tasvirlardan Boburning shiddatini, jang
maydonini boshqarib turuvchi g‘olib sarkardani ko‘ramiz.
Sulton Ibrohimning xayolidan nima o‘tgani Boburga ma’lum
emas, ammo
«turay-turmay, kelay-kelmay degandek qilib»,
«ne tura oldi», «ne burung‘idek bedarang kela oldi»,
degan
satrlar orqali raqibining avval bezovta bo‘lgani, keyin voqea
shiddatli tus olib, dina mizm oshgani sari Hind lashkarboshi-
sining harakatida sarosimalik, jang maydonini aniq tasavvur
qilolmaslik, raqibining vahimasi bosganini «Boburnoma»ning
zukko o‘quvchisi darhol anglay oladi. Chunki, Sulton Ibrohim
Do'stlaringiz bilan baham: