20
faoliyat yuritadi. Ular o„rnatilgan
standartlar, talablar, shartlariga qat‟iy
amal qilishga majburdirlar.
Ta‟kidlash kerakki, turistik firmalar faoliyatida operatsiyalar hajmi
va harakteri, bozordagi o„rni, faoliyat ixtisoslashuvi va turistik bozorning
boshqa shartlari bilan bog„liq sezilarli farqlar ko„zga tashlanadi. Eng
avvalo, turistik firmalar turoperatorlar
(turtashkilotchilar) va turagentlik (turagentlar)ga bo„linadi.
Turoperatorlar.
Ular turistik mahsulotlarni ulgurji sotuvchilar
hisoblanishadi. Turoperatorlar turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va
ularni chakana sotuvchilar o„rtasida bog„lovchi o„rinni egallaydi.
Ommaviy turistik mahsulotlar (inklyuziv safarlar)
yaratish uchun ular
mehmonxona, restoranlar, transport korxonalari katta hajmdagi
xizmatlarini
sotib oladilar, ulardan belgilangan yo„nalishda guruh va
individual sayohatlar uchun safar paketlarini shakllantiradilar.
Turoperatorlar uyushtirilgan turizmning bosh generatorlari hisoblanadi.
Ularning asosiy vazifasi bozor talablarini o„rganish va qondirishdan
iborat. Ulgurji turfirmalarga o„z biznesini rivojlantirish
uchun sezilarli
moliyaviy vositalarni investitsiya qilishga to„g„ri keladi. Bu o„z savdo
markazi va mahsulotning harakati, samarali sotish tarmog„i
yaratish va
boshqalar uchun zarurdir.
Turistik bozorning katta bo„lakligi, segmentatsiyasi va talabi
tuoperatorlarning faoliyatini o„z mahsulotini aniq ixtisoslangan
yo„nalishga qaratishiga zarurat tug„diradi.
Tuoperatorlik faoliyatini
asosiy ixtisoslashga yo„nalishlar hisoblanadi:
21
1. Xorijiy turistlarni qabul qilish va xizmat ko„rsatishga
ixtisoslashish. Bu faoliyat bilan shug„ullanuvchi turfirmalar qabul qilish
bo„yicha turoperatorlar deyiladi. O„zlarining asosiy vazifalarini bajarish
uchun ular:
mamlakatda
mavjud
turistik
resurslarni
va
ulardan
foydalanish, egallash, o„z mamlakati bo„ylab turistik turlar xususiyatlari
haqida axborotlarni yaxshi bilishi;
o„z mamlakatida turizmning
moddiy-texnik bazasi haqida
axborotga ega bo„lishi, turistik xizmat ko„rsatuvchi korxonalar bilan
ishchan aloqada bo„lish va xorijiy turistlarga xizmat ko„rsatish uchun
ulardan foydalanish imkoniyatlari;
xorijiy turistlarni vizali qo„llab-quvvatlash,
turfirma taklif
etadigan mamlakatga safarlarni sotib olish huquqi (referens)ga ega
bo„lish;
xorijiy turistik bozorda o„z mahsulotini sotish va
harakatlanish kanallariga ega bo„lish.
2. O„z mamlakati fuqarolarini xorijga turistik safarga borishini
tashkil qilishga ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug„ullanuvchi
turfirmalar yo„nalish bo„yicha turoperatorlar deyiladi. O„zlarinining
asosiy funksiyalarini bajarish uchun ular:
o„z mamlakatida chiqish turizmi bozorida yaxshi o„ringa
ega bo„lishi, o„z yurtdoshlariga xorijga turistik turlarni taklif etish
va sotish imkoniga ega bo„lishi;
22
o„z turistlarini xalqaro davlatlarga borishini ta‟minlash
uchun xalqaro tashrifchilar (avia va avtotransport, temiryo„l va suv
transporti) bilan mustahkam ishchanlik aloqasida bo„lish;
qabul qilinadigan xorijiy
turistlarga sifatli xizmat
ko„rsatish va vizaviy qo„llab – quvvatlashni ta‟minlash uchun qabul
qilish bo„yicha chet el turoperatorlari bilan mustahkam sherikchilik
munosabatlariga ega bo„lish;
turli mamlakatlarga turistik safarlar shartlari bo„yicha
zarur axborotga ega bo„lish.
Do'stlaringiz bilan baham: