Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
"Olmalar" usulini o‘tqazish uchun ssenariy 
Talabalarni teng guruhlarga bo‘linadi va turli xildagi mavzu bo‘yicha guruh a‘zolari daraxtdan 
savollar oladi va savol bo‘yicha to‘liq har bir a‘zo muammoni yechib to‘ldirib boradi. 
Muammoni echish uchun 5 min beriladi. So‘ngra javoblar tahlil qilinadi. Javobni to‘ldirish 
uchun boshqa guruh a‘zolariga imkoniyat mavjud. 
Mavzu matni: 
Tishlarda karies kasalligi patogenezi.
Karies-bu so‘z lotincha suyak chirishi ma‘nosini anglatadi. Ilmiy jihatdan karies-tishlarni 
emal, dentin to‘qimalarining asosiy qismini tashkil qiluvchi, ularning qattiqligini ta‘minlovchi 
mineral tuzlarning xilma-xil sabablarga ko‘ra yuvilib chiqib ketishi (demineralizastiya) oqibatida 
to‘qimaparining mo‘rtlashuvi, yumshab yemirilishi natijasida tishlar butunlgining buzilishi va 
kovaklar hosil bo‘lish jarayonidir. 
Bugungi kunda ilmiy tekshiruvlar, tajribalarga tayanib olingan ma‘lumotlar tish kariesi 
kasalligini paydo bo‘lishida tish karashlarining ahamiyati juda katta ekanligini ko‘rsatadi. 
Sut tishlari va doimiy tishlar qattiq to‘qimalarini kariesga chalinishi bir xil asosga ega 
ekanligi bugun barchaga ravshandir. Karies jarayoni odatda tish usti karashlari yig`iladigan 
joylardan boshlanadi. Ana shunday joylarda yig`ilib qolgan tish usti karashlaridan streptokokklar 
o‘z faoliyatida foydalanishi natijasida uglevodli ovqat qoldiqlaridan organik kislotalar (sut, 
pirouzum, uksus, olma va boshqa.) hosil bo‘lib, shu atrofdagi chegaralangan emal sohasida RN 
ko‘rsatkichini, pasaytiradi. Uglevodli ovqatlar ko‘proq iste‘mol kilinishi oqibatida tish emali 
sathida RN shunchalik keskinrok pasayishi mumkin. Kislotali muhitni yuzaga keltirishda faol 
ishtrok etuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, streptococcus mutans, laktobatsillalar va 
aktinomitsetlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning ko‘pchiligi oziq-ovqat tarkibidagi 
shakardan ujayra tashqarisida polisaharid sintez qiladi. Ular esa o‘z navbatida tish usti 
karashlarining asosiga kirib mikroblarni karashlarda mustakam o‘rnashib qolishini ta‘minlaydi. 
Karies kasalligini kelib chiqishida nafaqat uglevodlar turi, balki ularni iste‘mol shakli am 
alohida o‘rin tutarkan. Bir marta ko‘p miqdorda uglevodli ovqat qabul qilishdan ko‘ra oz-ozdan 
tez-tez ularni iste‘mol qilish ko‘proq xavflidir. Ayniqsa ular yopishqoq bo‘lib, ovqatlanishlar 
orasida iste‘mol qilinsa, bunda ularning kariesogen ta‘siri kuchliroq bo‘ladi. 
Yengil parchalanuvchi: glyukoza, saharoza kabi kichik molekulyar og`irlikdagi uglevodlar 
qabuli 1-3 minut ichida pH ko‘rsatkichni 4.4-5.0 darajag‘a pasaytiradi. pH ni odatdagi (7.0-7.4) 
olga kelishi uchun esa 2-2.5 soat vaqt talab qilinadi. Vodorod ionlari qonsenratsiyasini bunday 
o‘zgarishi, ayniqsa pH ko‘rsatkichning 5.5 atrofida bo‘lishi erkin vodorod ionlari tish emal 
qavatiga singib o‘tib, krisstallarni erishiga va demineralizastiyasiga sabab bo‘ladi. 
Demineralizastiya jarayoni so‘lak tarkibida kalsiy va fosfat ionlari konsentrasiyasi talab 
darajada bo‘lganda orqaga qaytishi-ya‘ni reminiralizatsiyaga uchrashi mumkin. Shunday sharoit 
tug`ilganda emal qatlami kristallari remineralizastiyaga uchrab, qayta tiklanadi. 


91 
Taxmin qilinishicha bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan organik kislotalar emal 
tarkibiga diffuziya yo‘li bilan singib kirib ionlarga dissotsiatsiyalanadi va erkinlashgan vodorod 
ionlari kristallar tarkibidagi mineral tuzlar bilan faol-reaksiyaga kirish imqoniyatiga ega bo‘ladi. 
Kariesning boshlang`ich davrida tish yumshoq karashlari ostidagi emal pH muhitning 
o‘zgarishi oqibatida demineralizastiya jarayoniga yuz tutadi. Xastalikning bu bosqichida "oq 
dog‘`" hosil bo‘ladi. Patologik jarayon "oq dog‘`" bosqichida to‘la orqaga qaytib, emal 
krisstallari to‘liq tiklanishi mumkin. Bunda remineralizastiya jaroxatlangan emalning ostki 
qavatlari va tish atrofidagi so‘lak tarkibidan o‘tadigan mineral tuzlar hisobiga bo‘ladi. Emalda 
sodir bo‘ladigan "oq dog‘`"
darajasidagi patologik jarayonni quyidagicha tasavvur qilish 
mumkin.(1- rasm): 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish