Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
"Akvarium" usulini o‘tqazish uchun ssenariy 
Talabalarni teng 2 ta guruhga bo‘linadi va ikki xildagi mavzu bo‘yicha muammo beriladi. 
Muammoni echish uchun 10 min beriladi. So‘ngra javoblar tahlil qilinadi 
Mavzu matni: 
SUT TIShLARINING RIVOJLANIShI 
Sut tishlarining rivojlanishi (doimiy tishlardan farqli o‘laroq) to‘rt davrni o‘z ichiga oladi: 
1. Tish kurtaklarining hosil bo‘lishi va ularning jag‘ suyagi alveolasi ichidagi shakllanish 
davri. 
2. Yorib chiqqan tishlar ildizining shakllanish davri. 
3. Sut tishlarining to‘liq shakllangan davri. 
4. Sut tishlari ildizining so‘rilish davri. 
Doimiy tishlar uchun to‘rtinchi davr xos emas. 


31 
Sut tishlari homila hayotining 5-6 xaftasidan boshlab rivojlana boshlaydi. Bunda og‘iz 
tirqishnning yuqori va pastki yuzalarida epiteliy qalinlashib, mezenxima qavatga botib kiradi. 
Hosil bo‘lgan epitelial tasmachalar (yuqori va pastki) yoy shaklida bo‘lib, bo‘lajak al‘veolyar 
o‘sik, sohasida joylashadi va tishlarning dastlabki kurtaklarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Epitelial tish tasmachalari hujayralari guruhlarga bo‘linib, har bir bo‘lajak jag‘ sohasida 
10 to dan epitelial emal a‘zolarini (tish kurtaklarining dastlabki holati) hosil qiladi. har bir emal 
a‘zosining rivojlanish jarayonida tashqi va ichki qavat hujayralari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan 
tashqi qavat hujayralari kubsimon, ichki qavat hujayralari esa stilindr shakliga ega bo‘lib, ular 
ameloblastlar deb yuritiladi. Tashqi va ichki qavat xujairalari yoysimon bo‘lib, uchlari bir-biri 
bilan tutashadi. Natijada emal a‘zosi vujudga keladi. hosil bo‘lgan ichki va tashqi ujayralar 
qavati orasida juda noziq tursimon to‘qima - emal a‘zosining pulpasi, yulduzsimon hujayralar 
tuplami shakllanadi. (1-rasm). 
Emalning shakllangan emal a‘zosining ko‘ksiga (kadax bo‘shlig‘iga) qarama-qarshi 
tomondan mezenxima to‘qimasi o‘sib kirib, tish so‘rgichini hosil qiladi. Keyinchalik mezenxima 
to‘qimasi shakllanib, tish ko‘rtagi atrofini o‘rab oladi va umumiy tish qopchigi - follikulani 
shakllantiradi. hosil bo‘lgan tish follikulasi o‘z ichiga emal a‘zosini va tish so‘rgichini oladi. 
Rivojlanishning keyingi davrlarida emal a‘zosining ichki stilindrsimon hujayralar 
qavatidan (ameloblastlar) - emal, tish so‘rgichining chetida joylashgan hujayralardan 
(odontoblastlar) - dentin, markaziy qavat hujayralaridan - tish pulpasi shakllanadi. 
Epitelial tish tasmasi va kurtaklari homila rivojlanishi davrida oldin pastki, keyin yuqori 
jag‘ sohasida paydo bo‘ladi. Oldingi tishlar ko‘rtagi pastki jag‘ sohasida 7-xaftaning, yuqori jag‘ 
sohasida esa 8-xaftaning oxirida hosil bo‘ladi. 
Tish kurtaklari jag‘lar sohasida alohida shakllanib bo‘lgandan so‘ng, ularni birlashtirib 
turgan tasmachalar so‘rila boshlaydi. Bolaning tug‘ilishi paytida ular xali to‘liq so‘rilishga 
ulgurmaydi. Ba‘zan istisno tariqasida tasmachalar ma‘lum bir qismining so‘rilmay qolishi 
epiteliy marvaridchalari holida qayd qilinadi. 
Sut tishlarining mineral tuzlarga to‘yinish jarayoni asosan homila davriga to‘gri keladi. 
Dastlab tish so‘rgichining cho‘qqi qismida dentin qatlami vujudga keladi. Keyin esa emal hosil 
bo‘lish jarayoni kuzatiladi. Homilaning 17-20-xaftalarida boshlangan tish qattiq to‘qimalarining 
hosil bo‘lish jarayoni oldingi kurak tishlarda 14-18 oylarda tugallansa, chaynov tishlarda 18-30 
oylarda, qoziq tishlarda esa 22-36 oylargacha davom etadi. 
Sut tishlar ildizining to‘liq shakllanishi oldingi kurak tishlarda bola tugilgandan keyin 2 
yoshgacha, chaynov tishlarida 4-4,5 yoshgacha davom etadi. 
Bola tug‘ilgandan keyin 6 oy o‘tgach, birinchi sut tishlari milkni yorib chiqa boshlaydi. 
Sut tishlarining yorib chiqish muddati, ildizlarining shakllanish va so‘rilish muddatlari 1-
jadvalda keltirilgan. 
1 jadval. 
Sut tishlarining chiqish, shakllanish va so‘rilish muddatlari. 
Tishlar 
Chiqish muddati, oyi 
Ildiz 
shakllanishining 
tugash yili 
Ildiz 
so‘rilishining 
boshlanish yili 

II 
IV 
III 

6-8 oy 
8-12 oy 
12-16 oy 
16-20 oy 
20-30 oy 
2 yoshda 
2 yoshda 
4 yoshda 
5 yoshda 
4 yoshda 
5 yoshdan 
6 yoshdan 
7 yoshdan 
8 yoshdan 
7 yoshdan 
Shunday qilib, 2,5-3 yashar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida sut tishlar qatori to‘liq 
shakllanadi va ular quyidagi klinik tish formulasi yordamida ifodalanadi: 
V IV III II I I II III IV V 


32 
V IV III II I I II III IV V 
Bundan ko‘rinib turibdiki, sut tishlari klinik formulada doimiy tishlardan farqli o‘laroq, 
arab raqamlari bilan emas, balki rim raqamlarida o‘z ifodasini topgan.
Sut tishlari yorib chiqishi bilan ularning suyak alveolasi ichidagi rivojlanish davri tugaydi va 
ikkinchi - ildiz shakllanish davri boshlanadi. Tish ildizi asosan bola turilganidan keyin shakllana 
boshlaydi. Bu jarayon tishlar chiqish paytidan boshlanib, bir necha yil davom etadi. 
Uchinchi davr - bu to‘liq shakllangan sut tishlarining faoliyat davri bo‘lib, o‘rtacha 2 yil 
davom etadi. Bu davr so‘nggida tish ildizining so‘rilish davri, ya‘ni to‘rtinchi davr boshlanadi. U 
o‘z navbatida o‘rtacha 3-5 tyil, sut tishi tushib ketguncha davom etadi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish