147
Mazkur tish pastalari parodont va shilliq qavat to‘qimalariga shifobaxsh ta‘sir ko‘rsatib,
milklardan qon oqishini, patologik cho‘ntaklardan yiring oqishini to‘xtatadi, milklar
yallig`lanishini to‘xtatadi, parodont va shilliq qavatlarda qon va modda almashinuvi jarayonini
faollashtiradi.
Milk va shilliq parda jaroxatlarida regeneratsiya jarayonini kuchaytirish maqsadida
davolovchi pastalar tarkibiga - fermentlar, A va E vitaminining moyli eritmasi, karotolin
kiritiladi.
TISH TOZALASH POROSHOKLARI
yaqin o‘tmishgacha keng qo‘llaniladigan
gigiyena vositasi sifatida foydalanilgan. Tish poroshoklarining asosiy tozalovchi vositasi bo‘lib,
kimyoviy tozalangan cho‘ktirilgan bo‘r hisoblanadi, unga xid, ta‘m beruvchi moddalar qo‘shilib
poroshok tayyorlangan.
Tish poroshoklari pastalarga nisbatan abrazivlik xususiyati kuchli bo‘lib, tishlarni
karashlardan yaxshi tozalaydi. Og‘izdan noxush hidlarni yo`qotishi kuchsizrok.
Kamchiliklaridan eng asosiysi tezda mikroblar bilan ifloslanishidir. Tish poroshoklari
qutichalarda saqlanishi va ular tez-tez ochilab turishi ana shu kamchiliklarga imkoniyat yaratadi.
Tish cho‘tkalari tashqi muhitdan mikrob va bakteriyalarni olib kiradi, qutichalar ochilganda esa
tashqi muhitdan mikroblar tushadi. Ularning to‘kilib, sochilishi, safarda olib yurishda
noqulayliklar tug`diradi.
TISH TOZALAGICHLAR (kovlagichlar)
Insonlar tish tozalagichlarni qadim zamonlardan buyon ishlatib kelishadi. Italiyaning
shimoli, Alp tog`larining sharqiy qismlarida olib borilgan qazilma ishlari natijasida inson shaxsiy
gigiyenasiga doir predmetlar, jumladan oltin, bronza, temirdan yasalgan tish tozalagichlarning
topilishi eramizdan ikki-uch asr oldin am ulardan gigiyenik vosita sifatida foydalanilganligidan
dalolat beradi.
Bugungi kunda tish tozalagichlar Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositasi doimo amroximizdir.
Tish tozalagichlar plastmassadan va xushbo‘y, xushta‘m daraxtlar yog`ochidan yasaladi.
Shakliga ko‘ra uchburchak, yassi, dumaloq bo‘ladi.
Ular asosan tishlar orasidagi ovqat qoldiqlari va kontakt yuzalardan karashlarni tozalash
uchun ishlatiladi. Shu bilan birga tish tozalagichlar tishlar orasidagi milklarni mexanik massaj
qilib ularda qon aylanishini kuchaytiradi, mavjud yengil yallig`lanish jarayonlaridan holi qilishda
ishtirok etadi.
FLOSSLAR
-maxsus tayyorlangan tish tozalagich iplari tishlar oralig`i va kontakt
yuzalarini tozalash uchun ishlatiladigan qo‘shimcha gigiyena vositasidir.
Flosslar tayyorlanishiga qarab: mumlangan va mumlanmagan, shakliga ko‘ra; uchburchak,
yassi, dumaloq qilib tayyorlanadi.
Floss iplari tish tozalash uchun qo‘llarning ko‘rsatkich barmoqlariga o‘raladi va tishlar
oralig`iga solinib mexanik harakat yordamida tishlarning oraliq yuzalari va yonbosh yuzalaridan
karashlar tozalanadi, milklar o‘z navbatida massaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: