Qatlamlar orasidagi suvlar.
Bu tipdagi yer osti suvlari ancha chuqurlikda suv
o‗tkazmaydigan ikki qatlam jinslar orasidagi bo‗shliqlarda joylashgan bo‗lib, sizib yuradi.
Bunday suvli qatlamlar ikki-uch hatto, o‗n-o‗n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo‗lishi
mumkin. Agar qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo‗lsa, artezan suvlari deb
yuritiladi. Artezan suvlari to‗plangan katta hududlar artezan havzasi deb ataladi. Artezan
havzasida bosimi kuchli bo‗lgan yerlarda quduq qazilsa suv o‗zi otilib chiqadi. Ko‗p
hollarda artezan quduqlarining suvi toza va chuchuk bo‗ladi. O‗rta Osiyoda yer osti
suvlarining zahirasi juda katta, akademik U.M.Axmedsafinning ma‘lumoti bo‗yicha O‗rta
Osiyo tekislik qismida 36 dan ortiq artezan suvlarining havzalari bor. Turon
pasttekisligidagi bu suvlaridan qishloq xo‗jaligida va sanoatda keng foydalaniladi.
O‗rta Osiyo hududida
minerallashgan
termal suvlar ham ko‗p tarqalgan. Bunday yer
osti suvining turi ancha chuqurda (400-1500 m) va undan chuqurda joylashgan.
Minerallashgan yer osti termal suvlarning harorati juda yuqori bo‗ladi, u 40
0
-70
0
gacha
yetib, tarkibidagi har xil minerallar erigan holda uchraydi. Mineral suvlar tarkibida karbonat
kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bolitiy, bariy, stronsiy, radiaktiv moddalar va boshqa
erigan tuzlar uchraydi. O‗rta Osiyo hududida uch mingdan ortiq shifobaxsh mineral suvlar
aniqlangan. Mineral suvlarning ayrimlari tektonik yoriqlar orqali yer betiga issiq buloqlar
tariqasida chiqsa, ko‗p hollarda quduqlar orqali chiqariladi. O‗rta Osiyoda burg‗ulanib
quduqlar orqali yer yuzasiga chiqarilgan yuzlab shifobaxsh mineral suvlar mavjud. Ularning
eng muhimlari vodorod sulfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar (Chimyon, Xonobod,
Andijon va boshqalar), yodli suvlar (Chortoq, Namangan), radonli (Aroson buloq,
Jayronxona), kam minerallashgan ishqorli (Shelochnik), termal suvlar (Toshkent, Farg‗ona
va boshqalar), sulfat – natriy xlorli suvlar (Moxixosa, Nagorniy, Camarqand va boshqalar).
Minerallashgan suvlardan har xil kasalliklarni davolashda foydalaniladi. O‗rta Osiyoda
suvdan oqilona foydalanish uchun qadimda korislar (kyarizlar), suv omborlari va kanallar
qurganlar. Eng qadimgi suv omborlari o‗rta asrlarda Nurota tog‗ida va Kopettog‗da
qurilgan. O‗rta asrlarda qurilgan suv omborlaridan ikkitasining («Abdullaxon bandi» va
«Oq cho‗p») harobalari hozir ham saqlanib turibdi. O‗rta Osiyoda XX asrning 60-yillaridan
keyin ko‗plab suv ombori qurildi. Suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad uning suvidan
qishloq xo‗jaligida tejab va tergab foydalanishga qaratilgan. Hozir O‗rta Osiyoda 60 dan
ortiq suv omborlari mavjud. O‗rta Osiyoda eng qadimgi kanallar bu – Tuyatortar, Eski
Anhor va boshqalar bo‗lib, XX asrning 60-70 yillarida yana yirik Janubiy Mirzacho‗l,
Qoraqum, Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Qorako‗l kabi kanallari ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |