33
Umumlashtirib aytilsa, o‗lka hududiga asosan uchta mo‗‘tadil,
Arktika va
tropik havo massalari ta‘sir etib turadi.
Qish oylarida O‗rta Osiyoga ko‗proq Arktika va mo‗‘tadil havo massalari
ta‘sir etadi. Arktika havo massalari Shimoliy Muz okeanidan G‗arbiy Sibir va
Ural orqali, shuningdek, shimoliy – sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali kirib
keladi. Bu havo tipik sovuq havo bo‗lib hisoblanadi. Sibir antitsiklonining
markaziy o‗qi O‗rta Osiyoning shimolida ancha kuchli bo‗lib, u Ustyurtning
janubi – Quyi Amudaryo – Qarotov chizig‗igacha bo‗lgan hududlarda o‗z
ta‘sirini ko‗rsatadi. Shuning uchun O‗rta Osiyoning shimoliy qismi uzoq davom
etadigan,
qattiq sovuqli, erimay uzoq turadigan qor qatlamli qishga xosdir.
O‗rta Osiyoning janubiga esa sovuq faslda siklon jarayonlarning rivojlanishi
xos bo‗lib, qishi yog‗in-sochinli, o‗zgaruvchan, qor yupqa qatlamni tashkil
etishi bilan harakterlanadi. Ayrim yillari, Sibir antitsikloni O‗rta Osiyoning
janubiga ham kirib borib havoni sovutib yuboradi. Shuning uchun o‗lkada
haroratning yillik tebranib turishi (amplatudasi) katta ko‗rsatkichlarga ega.
O‗rta Osiyo iqlimining juda ham kontinentaligi uning o‗ziga xos xususiyatidir.
Qishda O‗rta Osiyo hududiga ba‘zan iliq tropik havo massalari Eron-
Afg‗oniston tomonidan kirib keladi. Natijada, O‗rta Osiyoning janubiy qismida
mo‗‘tadil mintaqa sovuq havosini Eron va Afg‗onistondan
kirib kelgan iliq
tropik havosidan ajratib turuvchi qutb fronti vujudga keladi. Front chizig‗i
atrofida ob-havo beqaror bo‗lib, siklonlar harakati kuchayib Kaspiy dengizining
Janubi va Kopetdog‗ bilan Paropomiz tog‗larining oralig‗ida Tajang va
Murg‗ob vodiylari orqali O‗rta Osiyoga kirib keladi hamda Shimoliy-Sharq
tomonga
qarab harakat qiladi, oqibatda Qozog‗iston hududida u kuchsizlanib
qoladi. Siklonlar o‗zi bilan issiq tropik havo massalarini olib kelganligi tufayli
ular qoplab olgan joylarda havo ilib (harorat 15-20
0
gacha ko‗tariladi), bulutlar
ko‗payib, natijada yog‗inlar yog‗adi. Qishda siklonlar Sharqqa va Shimoliy-
Sharqqa qarab harakat qiladi, oqibatda O‗rta Osiyoga shimoliy – g‗arbdan,
shimol va g‗arbdan mo‗‘tadil (qutbiy), ba‘zan Arktika havo massalari kirib
keladi. Shuni eslatib o‗tish kerakki, ba‘zan qishda Arktika sovuq havo massasi
kelib uzoq vaqt turib qolsa havoning harorati juda ham pasayib ketadi. Masalan
1930, 1948, 1949 yillarning yanvar, 1969 yilning dekabr oyida havo harorati –
35
0
sovib ketgan. 1969 yilning dekabr oyida esa G‗allaorol botig‗ida havoning
harorati – 40
0
gacha pasaygan.
Yilning issiq faslida O‗rta Osiyoning tekislik qismida Janubda havo
harorati yuqori bo‗lgan muhitda past atmosfera bosimli oblast vujudga keladi.
Tekislikda bu harorat baland oblastdan kirib kelayotgan havo massalari juda
ham qizib yer yuzida o‗z xususiyatlarini o‗zgartiradi, bu hol esa yuqori haroratli
quruq Turon termik depressiyasining vujudga kelishiga olib keladi. Natijada,
siklonik jarayonlar O‗rta Osiyoning shimoliy yarmida rivojlanadi, janubda esa
issiq, quruq yog‗insiz tinch ob-havo vujudga keladi. Siklonik jarayonlar O‗rta
Osiyoning shimolida tez rivojlanib kech bahor va yoz oylarida ko‗p yog‗in
34
yog‗ishiga sababchi bo‗ladi, yoz janubga nisbatan qisqa, mo‗‘tadil
kengliklar
havosi ta‘sirida o‗tadi. Vaqti-vaqti bilan janubdan kirib keladigan tropik havo
massalari qisqa muddatli, ta‘siri uncha sezilarli emas. Shuni ta‘kidlab o‗tish
kerakki, O‗rta Osiyoning tekislik qismining markazida hosil bo‗lgan turon
termik depressiyasi deb ataluvchi past bosimli oblast, yozda atrofidagi yuqori
bosimli oblastlardan havo massasini xuddi so‗rg‗ich (nasos)
kabi tortib olishi
oqibatida shimoldan, shimoli-g‗arbdan va g‗arbdan salqin havo massasi Turon
past tekisligi tomon esadi. Ammo, Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli
o‗zining ob-havosini u qadar o‗zgartira olmaydi, faqat uning haroratini 3-10
0
gacha pasaytiradi, binobarin havo ochiq, quruq, nisbiy namlik kam bo‗lib,
kondensatsiya jarayoni qiyinlashadi, natijada yog‗ingarchilik bo‗lmaydi.
O‗rta Osiyo iqlimining shakllanishida uning orografik tuzilishi katta ta‘sir
ko‗rsatadi. mintaqaning sharqi, shimoli-sharqi, g‗arbi va shimoliy qismi ochiq.
Shu sababli yuqorida aytganimizdek O‗rta Osiyoning hududiga shimol,
shimoli-g‗arb va g‗arbdan keluvchi havo massalari hech to‗siqsiz bemalol kirib
keladi. O‗lkaning janubi va janubi-sharqiy qismlarida tog‗lar bilan o‗ralganligi
uning iqlimiga muhim ta‘sir ko‗rsatib, namlik va issiqlikni qaytadan
taqsimlaydi. O‗rta Osiyoning orografik tuzilishi
ayniqsa uning hududida
yog‗in-sochinni qaytadan tarqalishida muhim rol o‗ynaydi. Bir xil balandlikka
ega bo‗lgan tog‗larning g‗arbiy, janubi-g‗arbiy yon-bag‗irlariga ko‗p yog‗in
tushsa, nam havo massalariga qarama-qarshi yon-bag‗irlariga juda kam yog‗in
tushadi (3-chizma).
O‗rta Osiyoda tipik quruq subtropiklar shakllangan rayonlar bu
Surxandaryo vodiysining Boysun rayoni va janubi-g‗arbiy Turkmanistonning
eng chekka qismidir. Bu yerlarda subtropiklarning tashkil topishi bevosita
orografik omilga bog‗liq. Masalan, baland Hisor tog‗lari shimoldan keladigan
sovuq Arktika havosining janubga - Surxandaryo vodiysiga o‗tishiga to‗sqinlik
qilib, Boysun rayonida yil bo‗yi haroratning yuqori bo‗lishini ta‘minlab,
subtropik iqlimning shakllanishiga imkon beradi. O‗rta Osiyo orografik
tuzilishining
uning iqlimiga, meteorologik elementlarning xususiyatlariga va
landshaftlariga ta‘sir etishi haqida ko‗plab misollar keltirish mumkin. O‗rta
Osiyo tog‗li va tog‗ bilan tekislik tutashgan rayonlarda juda ko‗pchilikka
ma‘lum bo‗lgan, vaqti-vaqti bilan esib turadigan mahalliy shamollar «Afg‗on»,
«Qo‗qon», «Xavost», «Baom» va boshqalardir. Ana shu shamollarning
hammasining vujudga kelishi ham bevosita orografik omil bilan bog‗liq holda
hosil bo‗ladi. Turon pasttekisligining juda katta maydonlari qumli cho‗llar bilan
(Qoraqum, Qizilqum) hamda sho‗rxoklar bilan qoplangan. Bu yerda o‗simlik
qoplami yo‗q qilinib yuborilgan. Yuqorida aytib o‗tilganidek, O‗rta Osiyo
tekislik qismi juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasi oladi. Shuning uchun yoz