5.11. Quduqning stvolining mustahkamligini ta‟minlovchi burg„ilash eritmasi
turini tanlashning tahlili
Burg‗ilash jarayonida loyli slanetslarning mustahkamligini ta‘minlash tik
tugallanadigan va tiklikdan katta og‗ishga ega bo‗lgan quduqlarni qazib o‗tishda
asosiy muammolardan hisoblanadi. Shunday qilib neft va gaz konlarining geologik
qirqimining 75% loyli yotqiziqlar va 70%ga yaqini esa tog‗ jinslarining
nomustahkam bo‗lgan holatlari bilan qurilish davrida texnologik murakkabliklar
bilan bog‗langan. Quduqlarni burg‗ilash tajribasi loyli slanetslarni holati va tarkibiga
baho berish usullaridagi kamchiliklar yuvuvchi suyuqliklarning parametrlarini
samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Natijada bu burg‗ilash va quduqlarni
sifatli qurishning texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarini pasaytirib yuborishga olib keladi.
Quduq stvolining mustahkam emasligi jiddiy murakkablik hisoblanadi, uning tavsifi
shakllanmalarni burg‗ilash sharoiti va quduqning konstruksiyasi bilan bog‗liqdir.
Natijada bunday burg‗ilash eritmasining turi qaysiki, quduqning devorini
maksimal mustahkamligini ta‘minlab beradigan eritma har bir maydon uchun alohida
tanlanadi. Bir eritmaning o‗zi har xil maydonlarda bir xil samaradorlikka ega
bo‗lmaydi. Ko‗pgina mutaxassislar eritmalarni tanlash bo‗yicha programma ishlab
chiqqanlar ya‘ni, loyli slanetslarning minerallik tarkibi va tuzilmasining belgilari
bo‗yicha klassifikatsiyalashning ososi yotadi.
Bu yerda qiyinchilik shundaki, loyli minerallarning xossasi o‗zgaruvchan
tashkil etuvchilardan iborat bo‗lganligi uchun katta sonlar bilan aniqlanadi va alohida
har xil guruhlarga bo‗linadi. Quduq stvolining mustahkamligiga quyidagi samaralar
ta‘sir qiladi: tektonik kuchlanish, g‗ovaklik bosimlari, loyli tog‗ jinslarining
joylashuv tavsiflari, ularni zichlanish darajasi.
Quduqning stvolida murakkabliklarni minimumga keltirishni chaqiradigan
burg‗ilash eritmasining asosiy dispersion muhitini tanlashda birinchi qadamda
maksimal darajada mumkin bo‗lgan geologiyasi, tog‗ jinslaridagi kuchlanishning
rivojlanish tarixini va aniq regionlarda tashlanmalarning taqsimlanishi haqidagi
ma‘lumotlar hajmini to‗plash hisoblanadi. Karotaj ma‘lumotlari bo‗yicha harorat va
g‗ovaklik bosimining gradiyenti, qatlam sharoitidagi loyli minerallaridagi suvning
miqdori aniqlanadi. Murakkabliklarni chaqiradigan loyli slanetslarning namunalarida
tadqiqotlar olib boriladi.
Laboratoriya jarayonidagi tadqiqotlarda quyidagi operatsiyalar olib boriladi:
Rentgen difrakmetrlardan foydalanib loyli minerallarni tahlili qaysiki,
reaksiyaga kirishgan kationalmashinuv xususiyatini o‗lchash va kationlarni
aniqlashtirishni amalga oshiradi. Agar zaruriy asboblar mavjud bo‗lmaganda
belgilanmagan tadqiqotlarni olib borib bo‗lmaydi, shuning uchun metilenli bo‗yoq
sinovlari olib boriladi. Bu sinash natijasida taqribiy loyli slanetsdagi
montmorillonitning hajmiy ulushi haqida ma‘lumot olinadi.
Chenevert usulida adsorbsiya izotermasini qurish.
Bu usul abssissalar bilan
ordinata izoterma nuqtalarini aniqlashga asoslangan qaysiki, qatlam sharoitida
slanetsdagi suvning miqdoriga teng. Bu parametr loyli slanetsning bo‗kishini
potensial bosimini ya‘ni, burg‗ilash eritmasidan shimilib kirgan suvni tavsiflaydi.
Qatlam sharoitida suvning faolligi bo‗kish bosimini aniqlaydi.
Dispergirlangan xususiyatini baholash.
Aniq eritmalarning tarkibidagi qattiq
fazalarni aniqlash uchun tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqotlarni olib borishda har
qanday standart sharoitdagi jamlanmalar tanlanadi qaysiki, biroz darajada mahalliy
loyli slanetslar va quduqdagi mos bo‗lgan sharoit to‗g‗ri keladi.
213
Burg‗ilash eritmasining turini tanlashda geologik sharoitning ma‘lumotlari va
laboratoriya tadqiqotlarining natijalari tiklikdan katta og‗ishga ega bo‗lgan
quduqning stvolini mustahkamligini ta‘minlashda judi muhimdir. Dj.R.Grey
tomonidan quyidagi samaralar yuvuvchi suyuqliklarni tanlashda hisobga olishda
muhim hisoblanadi: Uglevodorod asosidagi eritmalar montmorillonitli loylarni
bo‗kishdan kuchli va to‗liq himoya qiladi. Iqtisodiy jihatdan katta bo‗lmagan
chuqurlikda quduqlarni mustahkamligini pasayishga ruxsat etiladi va polimerli kaliy
xlorli eritmalar qo‗llaniladi.
Anomal yuqori qatlam bosimni (AYUQB) nazorat qilish uchun yoki yuqori
siljish faolligiga zonalardagi tog‗ jinslarida yuqori kuchlanishda qarshi ta‘sir qilish
uchun shunday burg‗ilash eritmasi qo‗llaniladiki, ya‘ni tarkibida katta miqdordagi
qattiq faza (ohaktosh, gumatli-kaliyli) bo‗ladi. Katta chuqurlikdagi quduqlarda
uglevodorod asosidagi muvozanatli faol suvli fazadan eritmalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Katta tektonik ta‘sirlarga duchor bo‗lgan sementlangan loyli slanetslarda
quduqning stvolini parchalanish jarayoni mustahkamligini yo‗qotilishi natijasida
foydalanadigan eritmaning turiga bog‗liq bo‗lmagan holda bir xil holat sodir bo‗ladi.
Bunday holatlarda yengil tozalanadigan burg‗ilash eritmalaridan (poliakrilamid kaliy
xlorli eritma bilan gidratlangan bentonit yoki kaliy xlorilning ksantanli smolasi bilan)
foydalanish tavsiya qilinadi.
Loyli slanetslarni ochishda qaysiki, o‗tkazuvchan qatlamchalar mavjud
bo‗lganda kraxmalni qo‗shish yoki ishlab chiqarish sellyulozalari qo‗shilganda
polimerli burg‗ilash eritmasining kerakli filtratsiya xossasiga erishish mumkin.
Agar quduqda geofizik tadqiqotlar olib borishda yoki chuchuk suvdagi
eritmani qo‗llash ekologik talablarga muvofiq qo‗llashga majbur bo‗linganda
polimerli diammoniy fosforli eritmadan foydalanish tavsiya qilinadi.
Tadqiqotlarni olib borish sharoiti quduqda sodir bo‗ladigan holatlarga
maksimal yaqinlashtirilgan tavsifda bo‗lishi kerak. Hech qanday burg‗ilash eritmasi
quduq stvolini saqlashni ta‘minlab beraolmasligi mumkin agar eritmaning birlamchi
xossalari nazorat qilinmasa. Shu sabablarga muvofiq burg‗ilash eritmasining xossani
ko‗proq tekshirish va ular asosida tuzatish bo‗yicha ishlov berish olib boriladi.
Xulosa
Loysiz burg‗ilash eritmasining zichligi suvda eriydigan tuzlarni
konsentratsiyasi va kislotada eruvchi og‗irlashtirgichlarni boshqarish orqali amalga
oshiriladi hamda loyli eritmalarga nisbatan prinsipial afzalliklarga ya‘ni, quduqlarni
tugallashda tarkibidan va QQTZni o‗zlashtirishda kolmatantni qiyin chiqarib
yuborilishi evaziga afzallikka egadir.
Mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini saqlash maqsadida mahsuldor
qatlamni ochshda burg‗ilash eritmasi retsepturasining tarkibida kolmatantning
bo‗lishi sifatli filtratsiya qobig‗ini hosil qiladi va qatlamga filtratsiya bo‗lishini
chegaralaydi.
Burg‗ilash eritmalari 1600-2200 kg/m
3
zichlikda kalsiy brom, sinka yoki
ularning aralashmasi mahsuldor qatlamni nisbatan yuqori sifatda ochilishini
ta‘minlaydi va QQTZ (qatlam quduq tubi zonasi)ning o‗tkazuvchanligini (70-90 %
gacha) to‗liq tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi hamda past termobarik
mustahkamlikka va ekologik xavfsiz bo‗lganda uning qo‗llanilish sohasi
chegaralanadi.
Natriy xlorid, brom sinka, kalsiy brom, natriy borm va kalsiy xlorid asosida
tayyorlangan og‗irlashtirilgan emulsiyali burg‗ilash eritmalari mahsuldor qatlamning
tabiiy kollektorlik xossalarini saqlash hisobiga neftni qazib chiqarish ko‗rsatgichini
oshirishga olib keladi.
Loysiz ingibirlangan burg‗ilash eritmasining talab qilingan qiymatdagi
zichligini olish uchun barit kislotali - og‗irlashtirgichlarni eritgichlarning o‗rniga –
karbonat temirni ya‘ni, TU 39-00147-180-98 bo‗yicha siderit rudasi va
modifikatsiyalangan qo‗shmalardan foydalanish yordamida tayyorlash taklif
qilingan.
215
Do'stlaringiz bilan baham: |