Nazorat savollari.
1.APQB sharoitida quduqlarni burg‗ilash jarayonini olib borish tartibini
tushintirib bering?
2.Mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishdagi murakkabliklarni tushintiring?
3.AYUQB sharoitda qatlamlarni ochish jarayonini olib borish tartibini
tushintirib bering?
4.APQB sharoitida mahsuldor qatlamlarini birlamchi ochishda qo‗llaniladigan
yangi texnologiyalarni izohlang?
5.Mahsuldor qatlamlarga beriladigan repressiya va depressiya kattaliklarini
rostlash usullarini aytib bering?
6.Yuvuvchi suyuqliklarning germetik sirkulyatsiya tizimi qanday holatlarda
qo‗llaniladi?
7.Quduq ustidagi maxsus texnologik germetiklovchi jihozlarning vazifasi va
turini tushintiring?
8.Ko‗piklarni tayyorlash, tozalash va parchalash blokining ishlash tartibini
izohlab bering?
9.Gaz suyuqlik aralashmasini bosimini oshirishda drosellash blokidan qanday
sharoitlarda foydalaniladi?
10.Tushirish-ko‗tarish operatsiyalarida ―quduq-qatlam‖ tizimida bosimning
muvozanati nima maqsadda qo‗llaniladi?
103
III – боб. MAHSULDOR QATLAMLARNI OCHISH JARAYONI
3.1. Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning ta‟sir
qilishini asoslash
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishdan maqsad – tog‗ jinslarining neftgaz
yotqiziqlarida qazib oluvchi ishlatish quduqlarining tubi zonasini joylashish
oraliqlarini shakllantirish maqsadida burg‗ilanadi hamda kollektorlarning filtratsiya
sig‗imdorligi va neftgaz uyumlarida potensial neft va gaz zaxirasining potensial
imkoniyatilarini aniqlash uchun izlov-qidiruv quduqlarini burg‗ilab baho beriladi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishning asosiy masalasi mahsuldor
qatlamning kollektorlik xossalarini saqlash va quduqlarga qatlam flyuidlarining
quduqqa boshqarib bo‗lmaydigan holatlarda kirib kelishini oldini olish hisoblanadi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish jarayonlarida neftgazli uyumlarda tog‗
jinslarini burg‗ilashda mahsuldor qatlamning tubi zonasining holatiga texnologik
samaralar amaliy ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday fizik-mexanik va fizik-kimyoviy ta‘sir
etish hisobiga paydo bo‗ladi.
Fizik-mexanik ta’sir qilish quyidagi samaralar bilan tavsiflanadi:
-
mahsuldor qatlamni burg‗ilash evaziga tog‗ jinslarning massasini
yuksizlantirish;
-
mahsuldor qatlam ochilganda bosimning o‗zgarishi;
-
quduqdagi harorat rejimining o‗zgarishi;
-
burg‗ilash asboblarining harakati natijasida burg‗ilanadigan tog‗ jinsida
kollektorlarga gidrodinamik va mexanik ta‘sir qilish;
-
gidrodinamik samaraning o‗zgarishi (burg‗ilash jarayonidagi va tushirish –
ko‗tarish operatsiyasidagi gidrozarba);
-
burg‗ilash eritsimaning komponentlarini qatlamga kirib borishi;
-
qatlamni burg‗ilash jarayonida kollektorga vibratsiyali ta‘sir qilish.
Qatlamda quduq tubi atrofidagi zonaga fizik-kimyoviy ta‘sir qilishning
evaziga flyuidlar bilan to‗yingan qatlamga burg‗ilash eritmasining komponentlarini
hamda adsorbsiya, kapillyar va diffuziya kuchlarining ta‘sir qilishi bilan tavsiflanadi.
Mahsuldor qatlamni ochish sifatiga quyidagi samaralar ta‘sir ko‗rsatadi:
-
burg‗ilash eritmasining turi va uning parametrlari (zichligi, suvberuvchanligi,
kimyoviy tarkibi). Burg‗ilash eritmasining qattiq zarralarini ta‘sir etishi
natijasida g‗ovaklik kanallari va yoriqlar berkilib qoladi. Burg‗ilash
eritmasining filtratlari quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi: mahsuldor qatlam
tog‗ jinsi minerallarining loyli zarralarini bo‗kishi; burg‗ilash eritmasi
filtratlarini qamlamning flyuidlari bilan reaksiyaga kirishi natijasida
erimaydigan cho‗kindilarning va emulsiyalarning paydo bo‗lishi.
-
quduq tubidagi bosim kattaligining qatlam bosimidan oshib ketishi
(gidrostatik va gidrodinamik);
-
burg‗ilash eritmasining qatlam bilan uzoq muddat kontaklashuvi;
-
qatlamda quduq tubi zonasining atrofida kuchlanish holatining paydo
bo‗lishi;
-
mahsuldor qatlamning geologik - fizik tuzilishi va mahsuldor qatlamning
joylashuv xususiyatlari.
Kollektor kovakliklardagi loyli zarralarning bo‗kishi natijasida mahsuldor qatlamning
o‗tkazuvchanligi pasayadi. O‗tkazuvchanlikning pasayishi loyli materialning turiga,
uning dimperslik darajasiga, kationlarning almashish tabiatiga va filtratlarning
xossasiga bog‗liq bo‗ladi. O‗tkazuvchanlikning pasayishini asosiy sabablariga
kristallarning oraliqlaridagi va ichki kristallarning bo‗kishi sabab bo‗ladi hamda ikki
qatlam oralig‗idagi suv malekulalarini tekislik oralig‗idagi va zarraning o‗zini
tekisliklarida taqsimlanishiga bog‗liq bo‗ladi. Shuni belgilab o‗tishimiz kerakki,
qatlam suvlari mahsuldor qatlamning o‗tkazuvchanligini pasaytirmaydi chunki, ionli
muvozanatning barqarorligi tufayli zarralarning bo‗kishi sodir bo‗lmaydi.
Qatlam flyuidining fazoli pasayishi molekulyar - sirt holatlari va kapillyar
samarasi hisobiga sodir bo‗ladi.
Qatlam o‗tkazuvchanligining pasayishi asosan burg‗ilash eritmasi filtratlarini
va qatlam suvlarini o‗zaro reaksiyalanishi natijasida g‗ovakliklarda (masalan, ishqorli
105
filtratlarni yuqori minerallashgan qatlam suvlari bilan reaksiyalanishi) erimaydigan
cho‗kmalarining paydo bo‗lishi natijasida sodir bo‗ladi.
Shunday qilib, burg‗ilash eritmasinigg kimyoviy tarkibi qatlam flyuidlari bilan
mosligi mahsuldor qatlamning o‗tkazuvchanligini pasayish darajasiga ta‘sir qilishni
aniqlaydi. Shularga mos holatda mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor qatlamning
joylashish, geologik tuzilmasining tuzilishi, qatlam flyuidlarining tarkibi va uni
to‗yintirgan komponentlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Burg‗ilash eritmasining
suvberuvchanligi filtratlarni qatlamga kirib borish chuqurligiga ta‘sir qiladi.
Burg‗ilash eritmasining filtratlarini qatlamga kirib borish chuqurligi mahsuldor
qatlamning ochilish sifatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Filtratlarni kirib borish chuqurligining
o‗lchamlari quduqlarni geofizik tadqiqot qilish natijasida aniqlanadi. Bunda
filtratlarni kirib borish zonasining diametrini burg‗i diametri yordamida burg‗ilangan
quduq diametriga nisbati orqali aniqlanadi.
Burg‗ilash eritmasining mahsuldor qatlam bilan kontaktlashi vaqtida yuqorida
izoh berilgan samaralar qatlamda quduq tubi atrofidagi zonaning o‗tkazuvchanligini
pasaytiradi va kollektorlik xossalarini pasaytiradi. Filtratlar bilan birgalikda qatlamga
burg‗ilash eritmasining qattiq ko‗rinishdagi zarralarining dispers fazasi kirib keladi.
Qattiq zarralarning fraksiya tarkibi qatlamga kirib borish chuqurligini
aniqlaydi. Har xil tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan eksperimental va kon ishlari
ma‘lumotlari qattiq zarralar g‗ovakliklarga kirib borganda mahsuldor qatlamning
o‗tkkazuvchanligini pasaytirib yuborishi to‗g‗risidagi fikrga kelishgan.
Burg‗ilash eritmasi komponentlarining qatlamga chuqur kirib borishini oldini
olish uchun quduq stvolining quduq atrofi zonasida kolmatatsiya zonasini
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kollektorlarga qattiq zarralarni kirib
borishi g‗ovakliklarning va qattiq zarralarning o‗lchamlarini nisbatlari bilan
tavsiflanadi.
Qattiq zarralarni g‗ovaklik fazosiga kirib borishi va kolmatatsiya qatlamlarni
hosil sharti quyidagi formula nisbatlari orqali aniqlanadi:
3d < dn < 10d,
(3.1)
bu yerda: d – qattiq zarraning diametri; dn – g‗ovaklik diametri.
Yuqoridagi formuladan ko‗rinib turibdiki, g‗ovaklikning diametri zarraning
diametridan 3 marta katta, zarraning diametridan 10 barobar kichik bo‗lishi kerak.
Qatlamning quduq tubi zonasida shakllantirilgan kolmatatsiya zonasi ―quduq -
qatlam‖ tizimida katta rol o‗ynaydi, quduqlarni burg‗ilashni davom ettirish va uni
tugallashda texnologik jarayonlarga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlamga beriladigan repressiya
kattaligi oshib ketganda (quduq tubi bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi) amalda
qatlam quduq tubi zonasiga (QQTZ) ta‘sir qiladi, filtrat va qattiq zarralarni chuqurroq
kirib borishini oshiradi.
Quduqning o‗tkazuvchanligini va debitini amalda keskin pasayib ketishiga
burg‗ilash jarayonida qatlamga beriladigan repressiya ta‘sir ko‗rsatadi. Konlarda olib
borilgan ishlatishga kiritiladigan qazib oluvchi quduqlardan olingan ilmiy tadqiqotlar
qatlamni ochishda qatlamga beriladigan repressiya 1,5 marta belgilangan qiymatdan
oshib ketganda quduqlar ishlatishga topshirilgandan keyin uning solishtirma debiti 2
marta kamayganligi aniqlangan.
Bunda shuni ko‗rsatib o‗tishimiz kerakki, qatlamga berilgan yuqori repressiya
qatlam o‗z holatida gidravlik yorilishga olib kelishi hamda mahsuldor qatlamni
ochishda murakkabliklarni keltirib chiqarishi va kollektorlik xossalariga salbiy ta‘sir
ko‗rsatishi mumkin.
Burg‗ilash eritmalarini mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasiga salbiy ta‘sir
qilish jarayonlari quduqlarni o‗zlashtirish vaqtida oqimni to‗liq kirib kelmasligiga
sabab bo‗ladi. Qatlamning quduq tubi zonasini tozalash va rejalashtirilgan quduq
debitini ta‘minlash uchun QQTZsiga (tuz kislotali, qatlamni gidravlik yorish va
boshqa ) zaruriy ishlov beriladi.
Bu holatlarning hammasi quduqlarni o‗zlashtirish vaqtini uzaytiradi, tijoriy
tezlikni pasaytiradi, quduqni qurish bahosini oshirib yuboradi. Qatlamga beriladigan
depressiya qiymati oshirilganda (qatlam bosimini quduq tubi bosimidan yuqori
ekanligi) quduqlarni o‗zlashtirish davrida gaz yoki suv oqimlarini kirib kelishiga olib
keladi.
107
Qidiruv quduqlarida filtratsiya kanallarini blokirovka qilish natijasida
mahsuldor qatlamga kirish bekilib qolishi mumkin.
Mahsulor qatlamni ochishda burg‗ilash eritmalarining sifatiga qo‗yilgan
talablar:
burg‗ilash eritmasining zichligi minimal bo‗lishi;
burg‗ilash eritmasining tarkibi qatlam suvlarining tarkibi va
mineralizatsiyasiga mos kelishi, erimaydigan cho‗kindilarni paydo bo‗lishini oldi
olinishi kerak;
qatlamda joylashgan kollektor g‗ovakliklaridagi loyli materiallarni bo‗kishiga
yo‗l qo‗ymasligi kerak;
burg‗ilash eritmasi mahsuldor qatlamda geofizik tadqiqqotlarni sifatli olib
borishda sharoit yaratishi kerak;
boylik va atrof muhitni ekologik xavfsizligini ta‘minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |