moddalar oksidlanish natijasida paydo bo‗ladi, ko‗pik shakllantirgichlarga aylanadi,
neft suv chegarasidagi fazali sirt taranglik kuchlarini kamaytiradi.
Shu bilan bir
qatorda qovushqoqlikni pasayishi hisobiga neftni ishi to‗liq yaxshilanadi. Anaeroblar
tarkibidagi metan shakllantiruvchi bakteriyalarning muhim tomoni shundaki,
qatlamdagi qo‗shimcha miqdordagi metanning joylashuv sharoitiga bog‗liq holda
neftning tarkibidagi erkin yoki erigan gazlarning zaxirasini oshiradi.
Mikrobiologik ta‘sir etish texnologiyasi mavjud bo‗lgan mikroorganizmlarni
faollashtirish uchun maqsadli yo‗nalishda shu zonalarga yo‗naltirilgan bo‗lishi va eng
yuqori samara beradi. Bunday usulda qatlamga ta‘sir qilishning ikkita prinsipial
variantlari ma‘lumdir. Bulardan biri maxsus tanlangan mikrofloralarni kiritish va
mavjud mikroorganizmlarni faoliyat ko‗rsatishini saqlab
turish yoki faollashtirishi
kerak. Ikki xil variantda ham ta‘sir etishda quduqqa chuchuk suvlarni haydash orqali
qo‗shiladi. Jarayon shundayki, bakteriyalarning umumiy soni va ularning jadalligi
hayot faoliyat bilan bog‗liq bo‗lganligi uchun mikroorganizmlarni yaxshi rivojlanishi
minerallashgan qatlam suvlarda emas balkim chuchuk suvda sezilarli sodir bo‗ladi.
Eng jadal aerobli mikrobiologik jarayon haydovchi quduqning atrofida boradi.
Quduqning tubi zonasidan qanchalik uzoqlashsa, suyuqlik bilan birgalikda haydalgan
kislorod tarkibi kamayadi, neftning oksidlanish reaksiyasi anaerob jarayonga
almashadi. Ko‗rsatib o‗tilganidek, neft tuzilmasini buzilishidagi aerobli mahsulotlar
hamda unga ammoniy va fosfatlar kuchsiz minerallashgan sharoitda qo‗shilganda
metan hosil qiluvchi bakteriyalarni faoliyatini ko‗p martalik faollashtiradi.
Hozirgi vaqtda neftlilik qatlamlarga mikroorganizmlar bilan ta‘sir
qilishning
har xil muammoli jihatlari har tomonlama o‗rganish bosqichida bo‗lib, aniq
texnologik tavsiyalar ishlab chiqilmagan, shu bilan birgalikda umumiy tasavvurdagi
fikrlar bayon qilinmoqda. Shunday qilib, laboratoriya sharoitlarida bajarilgan
tadqiqotlarga va kon sharoitlarida bajarilgan tadqiqotlarga asoslanib,
mikrobiologik
ta‘sir qilishning tajribalariga tayangan holda neftberuvchanlikni oshirishning
biotexnologiyasiga binoan quyidagilarni taklif qilish mumkin. Birinchi bosqichda
haydovchi quduqlar orqali qatlamga mikroorganizmlar kiritiladi, azot tuzi va fosfor
439
qo‗shimchali chuchuk maxsus aeratsiyalangan suv quduqqa haydaladi. Bunda quduq
tubi zonasidagi qoldiq neftning bir qismida aerobli oksidlantirish faollashtiriladi.
Qatlamga haydalgan suyuqlik qatlamning uzoq zonalariga shunday boyitilgan
mahsulotlar bilan ta‘sir qiladi. Bunday
boyitilgan mahsulotlarga СО
2
va suvda
eriydigan organik birikmalar kiradi, tarkibida erigan kislorod amalda bo‗lmaydi.
Ikkinchi bosqichdagi ta‘sir qilishda qisman metan shakllantiruvchi ―kislorodsiz‖
uzoqlashgan zonalarda anaeroblar faollashadi. Shunday qilib, neftni siqishni
kuchaytirishda ko‗p shaklli moddalarning kompleks ta‘sir qilishi orqali erishiladi,
natijada mikroorganizmlarning faoliyat ko‗rsatishi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: