NUQTALI VERGUL VA UNING IShLLTILIShI O‘RINLARI
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885 yildan boshlab uchraydi. U quyidagi
o‘rinlarda ishlatiladi. 1. Bog'lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar;
mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, birbiriga yaqin bo‘lmagan hollarda. -
Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; o‘quvchining ko‘z oldiga
odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan,
har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi, g'ayrati,
farosati, elyurt uchun qayg'urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi (A.
71
Hahhor). 2. Bog'lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi
voqyealar birbiriga qiyoslanganda: Ish kuchini yelga berma, yerga ber;
jamg'armani selga berma, elga ber! Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham;
Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham. 3.Uyushiq bo‘laklar guruhlanib,
o‘zaro vergullar yordamida birbiridan
ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin: Gerb rangli tasvirda
bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va
"O‘zbekiston" degan yozuv tilla rangda; g'o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil
rangda; tog'lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq
rangda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrpg'i tasvirlangan lenta to‘rt xil4
rangda beriladi. 4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi
bandidan tashqari har bir bandi oxirida. Otabek timsoliga tavsif: a). Otabek —
o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi; b). Otabek — mard va jasur yigit; v).
Otabek —o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor.
17-mashq. Gaplarni o‘qib, qoldirilgan tinish belgilarini toping va
daftaringizga to‘g'rilab ko‘chirib yozing.
Omon Muxtorov shunday degan edi Abdulla Qahhorning shaxsiy ko‘zoynagi
bo‘lmaganida, u hyech qachon Qahhor bo‘lmasdi. Quyidagilar demokratiyaning
asosiy tamoyillari ataladi. xalqning erkin xohishirodaga ega ekanligi fuqarolarning
teng huquqliligi inson huquqlarining barcha narsadan ustuvorligi hokimiyat
organlarining say lab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishga
burchli ekanligi. 11. 20 yoshlar telekanalida harbiy vatanparvarlik dasturi 1 Mardu
maydon. 2 Askar maktublari. Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lmog'i lozim yuzi
ham kiyimi ham qalbi ham fikri ham.' I. A. Karimovning O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag'asida xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
asarini o‘qib chiqib muhokama qildik. Ma'rifat ro‘znomasining manzili
700085 Toshkent Matbuotchilar ko‘chasi 32
Tinish belgilarining qo‘shaloq holda ishlatilish o‘rinlari
O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksikgrammatik
ma'nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qushqo‘llash hollari ham uchrab
turadi. Ularning qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat. 1.
His'hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma
ket qo‘yiladi. — Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog'ingni
artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg'atgani ibo qilmaysan?! (A.
Hahhor). 2. So‘roq va undov gaplar kuchli his'hayajon bilan aytilsa, ketmaket
ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Bechora Xoji Ahmad boylardan
yordam umid qilmakni tashlab, boshqa yo‘llar izlamakda edi. Bu vaqtda shaharda
katta to‘ylar bo‘lmakda, qimorbozlar, mastlar birbirlarini pichoqlashib, inson
qonlari "Jaholat!! Jaholat!!" deb oqmoqda edi!.. (L. Cho‘.ton). Ey, purviqor tog'lar!
Nega jimsizlar, nega!!! Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonibsuyunib,
turgan joyida dikdik sakray boshladi: — Topdimm!.. Topdiim!.. (Sh. Bo‘tayev).
72
3.Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketmaket ishlatilishi
mumkin. "Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan
qurtdan farq qilmaydi", deb yozgan edi A. Qahhor.
18 -mashq. Matnlarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘sh ishlatilishi
sabablarini tushuntiring. Eshikdan kirar kirmas ovozining boricha: — Bu nima
qiyomat!!! — deb shovqin solishi ikkala yosh qizni chaqmoq tekkan daraxtdek
turgan joylarida qoti rib qo‘ydi. — Rahimbiy (bo‘g'iq). Bu kim?.. Kim bu?..
Xayol (taxtga qarab). Ey qora kuch, ey qurib ketgur taxt. ... Ey, qopqora
saodat, sensan?! Ey, insonning dushman tangrisi, qachong'acha bu ong sizlar
to‘dasini o‘zingga ham topindirib hali qurbon qilasan?! Ey boyqushlar qafasi,
bunday dev ishtiholik hayvonlarning qo‘li bilan qachong'acha dunyolarni birbiriga
urib turasan?! Rahimbiy (o‘ylar). Afrosiyob deydir. Otamdan qochdim dendir
(Birikki odim bosib, qo‘rqaqo‘rqa) Sen kimsan?.. Xayol. Men... Sening kabi bir
zolim qo‘linda mana shuning kabi (Abdumo‘minningo‘ligini ko‘rsatib), hyech
narsani bilmayin, onglamayin bo‘g'izlang'dn bir mazlum—Siyovush!.. (A. Fitrat).
"Jannat rohatini tilasang,— degan edi, — A. Qahhor, — bola o‘stirib ko‘r".
19-mashq. Gaplarni o‘qib, tiiish belgilarining qo‘yilish sabablarini izohlang.
—
Daraxt
shoxlarining
egilishini
ko‘r.
-Egilaversin.
Hay!..
Ehyehyey!!!Egilaver, shamol, shamol.Esaveyer! (O. Otaxonov). — Nima qilaman
bunaqa dorilarni?!dedi jabrlangan. -Menga serebralizin kerak!!! (O‘lmas
Muhiddin). Guvohlar. Yo, alhazar!.. Navro‘z. Qo‘yvormang! (Guvohlarga) Qani,
yuringlar! Qorining tovushi. Voy!.. Voy qo‘lim!.. Oh!.. (A. Qahhor). Men ayel
otiga xon yo gul qo‘shib aytayin dedim — farg'onachi bo‘lmadim.
Bo‘ldimbo‘ldim, surxoni bo‘ldim — baycha deyinda. — Qani, yo, bismillo! —
deya qo‘shqo‘llab ko‘rishdim. Omonginamisiz, Klarabaycha? Vaqtiginangiz
xushmi, Klarabaycha? O‘ynabkulibgina yuribsizmi, Klarabaycha?.. — Nimanima?
— Klarabaycha?
Ayol lab burdi. Ayol qosh kerdi. — Baycha? Kakaya baycha? — dedi, —
Men Klara Xodjayennaman! [Men nima deyishimni bilmadim.. (T Murod.
"Otamdan qolgan dalalar").
20-mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining ishlatilish sabablarini
tushuntirib bering.
-U, qardosh. sen faylasuf ekansan. Qo‘y, bu gaplarni. — Bu falsafa emas, bu
haqiqat! — dedi. Chuvrindi haqoratlangan odamning ovozida. —Avvalgi kuni,
idorangizda bizni ancha masalalarda aybladingiz. Mehriningiz edim, chidab
eshitdim. Bizni o‘zbek (!) deydilar. Mayli, qaysilarimiz noahildirmiz,
boshqadirmiz, lekin o‘zbekmiz, "o‘z" imizga "bek" miz. Qullikni hazm
qilolmaymiz (T. Malik). -Shayx Sa'diyning hikmatli so‘zi bor: nHar bir hurigan
itni kuva bersang, manzilga qachon yetasan?" Ijtimoiymilliy taraqqiyotning bosh
yo‘nalishdari: — demokratiya va qonuniylik; — mulkchilik shakllarining
rangbarangligitva bozor munosabatlari; — yuksak ma'naviy at va madaniyat,
73
kishilarni o‘z tarixiga. xalqning ma'naviy merosi va an'analariga hurmat ruhida
tarbiyalash, jahon madaniyati yutuqlarini egallash; — xalqaro hamkorlikni
rivoxstntirish, jahon ham jamiyatiga kirib borish (Yangi O‘zbekistonning 7 zararli
yili. T: "Sharq", 1999, 4bet).
74
Do'stlaringiz bilan baham: |