bo’lsa, uxolda haydovchi quduqlar o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan neftli
qatlam ichiga joylashtiriladi. Qatlamga suv haydashning bunday usulini
chegra ichki qismidan suv haydash usuli deb ataladi.
Haydovchi quduq chizig’ida hosil
qilingan yuqori bosim yaqin
chiziqda joylashgan ikki-uch quduqqa faol ta’sir ko’rsatadi.
SHuning uchun
chegara ortidan suv haydash qo’llanilayotgan katta neft uyumlarini ishlatishning
dastlabki davrlarida ikki-uch tashqi qator ishlatish quvurlari burgulanib, markaziy
qismda burgilanmaydi.
YUqorida aytib o’tilgan chegara ortidan suv haydash neft uyumini ishlatish
tizimida tashqi qator quduqlarini suv bosgandan keyin markazdan quduq kaziladi.
Uyumni bunday ishlatish tartibi qatlam energiyasidan maksimal foydalanish
imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi markaziy qismdagi quduqlar
konservasiyada turadi, uyumning ishlash vaktini uzaytiradi. SHuning uchun
chegara orti va chegara ichki qismidan suv xaydab ishlatish usuli uncha katta
bo’lmagan uyumlarda, ya’ni xar bir haydash chizig’iga ikki, uch ko’p bo’lsa to’rt
qator quduq joylashadigan uyumlarda yaxshi samara beradi.
Qatlamga sun’iy ta’sir etish usullari bilan neft konini ishlatishni
jadallashtirish uchun chegara ichki qismi bilan chegara ortki qismiga suv xaydab
ishlatishning bir nechta turlaridan foydalaniladi.
Bunday jadallashtirishning eng ko’p tarqalgan usuli uyumni sun’iy
«kesish» usuli, ya’ni suv xaydab uyumni bir necha bo’laklarga bo’lib, xar bir
bo’lakni aloxida ishlatish usulidir.
2-rasm.CHegara ichki qismidan suv haydash tarxi.
CHegara ichki qismiga suv haydashni dastlabki davrlarida, suv
uyumning neftli qismiga haydaladi. Qatlamga suvning uzlo’qsiz xaydalishi
natijasida haydovchi quduqlar chizig’i bo’ylab suv vali yokui to’sini hosil kilinib,
qatlam kesiladi.
Ayrim hollarda ishlatishni jadallashtirish maqsadida chegara tashqi
yoki chegara ichki qismi va uyum markazidan suv haydash usulidan foydalaniladi.
Markazdan suv haydashda maydon markazidan haydovchi quduqlar batariya (3-
rasm a.). yoki xalqali qator (3-rasm b.) ko’rinishda kaziladi. Neft uyumi teshilgan
qismi va tog’-jinsi o’tkazuvchanligi pasayganda chegara
ichki qismi markazidan
suv haydashning boshqa turlaridan foydalanish ham mumkin. Markaz bo’ylab suv
haydashning yana bir usuli bu o’qi bo’ylab suv haydash usulidir.
3- rasm. Markazdan suv haydash tarxi:
a– o’chok usulida suv haydash;
b – chegara ichki qismidan xalqali suv
haydash; e – o’k bo’ylab suv haydash;
Uyumda o’rtacha qatlam bosimini ushlab turish uchun qatlamga
xaydalayotgan suvning miqdori kazib olinayotgan suyuqlik va gaz miqdoriga teng
bo’lishi kerak.
Ko’p hollarda neftni gazga to’yinish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam
bosimli konlardan olingan 1 tonna yo’ldosh gaz bilan olingan neft 1,4-1,6 m
3
xajmni egallaydi. Bu shuni ko’rsatadiki, qatlamdan olingan 1 tonna neft (er yuzida
o’lchangani bo’yicha) o’rtacha 1,4-1,6 m
3
suv haydash kerak bo’ladi.
Fakat shu
xoldagina qatlamdan olinayotgan neft va gaz o’rni to’ldiriladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, olinayotgan suyuqlik va gaz xajmiga teng
miqdorda suv xaydalsada qatlam bosimini o’zgarishsiz ushlab kolishni imkoniyati
bo’lmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, neft qatlamiga xaydalayotgan suv katta
karshilish ta’sirida qatlamni suvli qismga ketadi. CHegara ichki qismidan suv
haydashda ham suv maxsuldor bo’lmagan qatlamlarga o’tib ketishi kuzatiladi.
Qatlamga suv haydashda taxminan 15-20 % xaydalayotgan suv yo’kotiladi.
SHuni ta’kidlash joizki xar bir tonna kazib olingan neft o’rniga 1,6-2,0 m
3
xajmgacha suv xaydalsa, qatlam bosimini ushlab turish mumkin ekan. Agar qatlam
bosimini
nafakat ushlash balki, ko’tarish kerak bo’ladigan bo’lsa, undan ham
ko’prok suv haydash zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: