Quduq tavsifiga qarab xar-xil turdagi armaturalardan foydalaniladi. Agar
quduq bosimi ishlatish vaktida uncha katta bo’lmasa, bir yoki ikki chiqishli engil
turdagi armaturadan foydalaniladi.
Quduqni ishga tushirish va ishlatish
jarayonlarini bajarish uchun, ishlatish
vaktida uchraydigan murakkabliklarni bartaraf etish, quduq usti jixozlari chiqishi va
gaz haydash chiziqlari bilan ta’minlangan bo’ladi. Eng sodda kompressor qudug’i
usti jixozi 46-rasmda keltirilgan.
46-rasm. Kompressor qudug’i usti jixozlanish tarxi.
9.4.Kompressor quduqni ishga kushish
Kompressor ko’targichni ishlatish uchun gazni ko’taruvchi quvur
boshmogigacha haydash kerak bo’ladi. Bir qatorli ko’targichda
shu xalqa
tizimidan xaydalganda, suyuqlikni pastga sikadi va u ko’taruvchi quvur tizmasiga
va bir qismi qatlamga ketadi. Xaydalgan gaz ta’sirida ko’taruvchi quvur tizmasida
suyulik satxi ortadi va uning ta’sirida ishchi agent bosimi maksimal bosimga
erishadi. Bu bosim ishga tushirish bosimi (yoki haydovchi) deb ataladi. Bu vaqtda
ishchi agent bosimi ko’taruvchi quvurga kiradi va yuqoriga suyuqlikni ko’tarib
xarakatlanadi. Bosim tushishi seziladi. Bundan keyin satx birdan kamayadi, bosim
tushadi, kazib olinayotgan maxsulot miqdori kamayadi.
Quduq tubi va quduq
bo’yidagi suyuqlik hosil kilgan bosimlar orasidagi fark sezilarli ko’rinishga ega
bo’ladi va qatlamdagi quduq tomon suyuqlik okib kela boshlaydi. Quduqka asta-
sekin dinamik satx o’rnatiladi, bu vaqtda quduqdan olinayotgan suyuqlik va
qatlamdan quduqka ketayotgan suyuqliklar miqdori tenglashadi.
Quduq normal
ishlay boshlaydi. Bu paytdagi bosim ishchi bosim deb ataladi.
Ko’taruvchi quvur pastki uchidan dinamik satxgacha oraliqdagi masofa,
botirilish cho’qurligi deb ataladi.
Ikki qatorli ko’targichda xaydalayotgan suyuqlik ishlatish quvurlari
tizmasi va ikkinchi qator quvurlari oralig’i va ko’taruvchi
quvurlarga, qisman
qatlamga ketadi. SHuning uchun ko’taruvchi quvurda
suyuqlik satxi pasayadi,
natijada ishga tushirish bosimi kichik bo’ladi.
Quduqni markaziy tizimidan ishga tushirishdagi bosim, xalqali tizimda
ishga tushirishdagiga nisbatan kichik bo’ladi. Ishga tushirish bosimi ko’targich
bosimiga, quduq diametri, quduqdagi suyuqlik satxiga, ko’tariluvchi quvur botirilish
cho’qurligiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Nazorat savollari
1.Quduqni kompressor usulida ishlatish deganda nimani tushinasiz?
2.Kompressor usulining avfzallik tomonlari va kamchiliklari?
3.Gazlift nima?
4.Erlift nima?
5.Erlift usulining kamchiliklarini sanab o’ting?
6.Kompressor qudug’i usti jixozlariga nimalar kiradi?
7.Kompressor usulida kanday ishlatish tizimlari mavjut?
8.Bir qator ko’targichli quduqlarda ko’taruvchi quvurlarnechaga teng
bo’ladi?
9.Ikki qator ko’targichli quvurlar kombinasiyasini
kanday tanlash samarali
hisoblanadi?
10.Markaziy va xalqa tizimli ishlatishni izoxlang?
Do'stlaringiz bilan baham: