- 47 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
mujassamlashtirgan. Turfa xil tuyg‗ular va
qarashlarga asoslangan nikohlarning sabab
va oqibatlarini qahramonlar
hayoti misolida
ko‗rsatib bergan. Mazkur maqolada XVIII
asrga xos qarash: ayollarning o‗z uyiga ega
bo‗lishining yagona yo‗li nikoh [2: B.159]
deb hisoblovchi oilalar hayoti, ularning
farzand tarbiyasiga va jamiyatga ta‘siri tahlil
qilingan.
Asosiy qism.
Romanda oila, nikoh masalasi
bilan bog‗liq ziddiyatlar sog‗lom oila
yaratilishida duch kelinadigan to‗siqlar
haqida hikoya qilingan. Jamiyatda
ayollarning farovon hayot kechirish uchun
ko‗r-ko‗rona turmush qurishlari qoralangan.
Bennetlar, Lukaslar, Kolinz va Sharlotta,
Uikxem va
Lidiya juftliklari muallif
tomonidan satiraga olingan, jamiyat
illatlarini tanqid qiluvchi juftliklardir.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida qizli
oilalarning ko‗pchiligi o‗zidan baland
tabaqadagi va katta mablag‗ga ega bo‗lgan
kuyovlarni izlash bilan band edi. Ammo
buning natijasida janob Bennet va Bennet
xonim, Kolinz va Sharlotta, Uikxem va
Lidiya singari muvaffaqqiyatsiz
nikohlar
yaralar edi. O‗sha davr yoshlari emin erkin
baxtli bo‗lishdan mahrum edilar. J. Ostin
ayni shu tuzumga qarshi edi va u sog‗lom va
nosog‗lom oilalarning bir-biridan farqi,
ularning farzand tarbiyasi va jamiyatga
bo‗lgan ta‘sirini ko‗rsatishga urindi.
Roman boshidan oxirigacha Bennetlar oilasi
haqida hikoya qiladi. Janob Bennet va
Bennet xonim nikohini jamiyatdagi baxtli
oilalardan deb bo‗lmas edi. Ular yoshlikdagi
qiziqish, ehtiroslarlar tufayli hosil bo‗lgan
juftliklar edi. Ularning fikrlashi,
dunyoqarashi bir-biriga to‗g‗ri kelmasdi.
Ular burch sabab bir-birlari bilan yashar
edilar. Ular o‗rtasida hurmat, ishonch va
ma‘nan yaqinlik yo‗q edi. Janob Bennet
o‗g‗ir, bosiq, mulohazali inson bo‗lsada,
xotinining ahmoqona harakatlari ustidan
kulish unga zavq berardi. Hayotdagi asosiy
maqsadi qizlarini turmushga, ayniqsa boy
xonadonlarga berish bo‗lgan, Bennet xonim
xushchaqchaq, loqayd, dunyoqarashi tor,
farosatsiz va shoshqaloq ayol edi. Ular
hatto, farzandlariga ham bir
xil nazar bilan
qarashmasdi.
“Lizzy is not a bitter than the others; and I
am sure she is not half so handsome as
Jane, nor half so good-humoured as Lydia.
But you are always giving her the
preference.”
“They have none of them much to
recommend them.” Replied he; “they are all
silly and ignorant like other girls; but Lizzy
has something more of quickness than her
sisters.”
[1: B.4]
Janob Bennet va Bennet xonimning
farzandlari haqidagi suhbati, ularning ota-
ona sifatida farzand tarbiyasiga befarqligi,
har biri o‗z fikrlash doirasiga ko‗ra
ularga
baho berishini ko‗rsatadi. Onasi qizlarining
go‗zalligi, tashqi ko‗rinishiga qarab baho
bersa,otasi ulardagi aql darajasiga qarab
ularga baho beradi. Lekin ularning hech biri
qizlarning qalbi bilan qiziqmaydi. Qizlar
allaqachon ulg‗ayib, voyaga yetgan edi.
Onasi qizlarining turmush qurishi uchun