62-rasm. O‘rta masofalarga yugurish.
188
mushaki (boldir yozuvchi mushak) cho‘zila boradi-da,
natijada uning depsinish paytida qisqarishi osonlashadi. Oyoq
tagining tepa tomon bukilishi ham yumshatishni yaxshilaydi.
Hamma bo‘g‘inlar to‘liq to‘g‘rilansa, depsinish yaxshi
bo‘ladi. O‘rta masofalarga yugurish paytida depsinish burchagi
taxminan 50–55° ga teng bo‘ladi. Depsinish to‘g‘ri bo‘lganda
tos sal oldinga chiqqan, bukilgan silkinch oyoq iligi
depsinuvchi oyoq soniga parallel bo‘ladi.
Silkinch oyoqning tez oldinga chiqarilishi depsinishni
yengillashtiradi. Eng yaxshi o‘rta masofaga yuguruvchilardan
silkinch oyoq soni yotiq darajasigacha ko‘tariladi. Uzoq
masofalarga yuguruvchilar esa silkinch oyoq sonini uncha
ko‘p ko‘tarmaydilar.
Depsinishni tugallagan oyoq mushaklari (sondagi to‘rt boshli,
boldirdagi va boshqa mushaklar) uchish paytida bo‘shashib,
oyoq tizza bo‘g‘inida bukilib, tezda oldinga chiqadi. Silkish
bu mushaklar tayanch fazasida katta ish qilgandan keyin ozgina
vaqt dam olayotgan paytga to‘g‘ri keladi.
Òik paytida yoki silkinch oyoq soni sal oldinga o‘tganda,
silkinch oyoq eng ko‘p bukilgan bo‘ladi. Oyoq bukilgan
bo‘lsa, uni oldinga tezroq uzatsa bo‘ladi, lekin bu bukilish
majburiy bo‘lmasligi, antagonist mushaklar eng ko‘p
bo‘shashganda bo‘lishi kerak. Sonning olg‘a tomon katta
tezlikda harakat qilishi va silkish vaqtida mushaklarni
bo‘shashtira bilish silkinch oyoqning tizza bo‘g‘inida bukilish
burchagining katta-kichikligiga ta’sir etadi. Bu burchak turli
yuguruvchilarda 25–50° atrofida bo‘ladi.
Òik paytida silkinch oyoq tizzasi tayanch oyoq tizzasidan
ancha pastda bo‘ladi (bu oyoq va gavda mushaklarining
bo‘shashgani natijasi bo‘lib, o‘rta masofaga va ayniqsa uzoq
masofaga yugurishda nihoyatda zarurdir – 63-rasm), tos esa
tos-son bo‘g‘inining sagittal o‘qi atrofida harakatlanadi.
Uchishda eng muhimi – gavdaning muvozanatini va
bo‘shashgan holatini saqlashdir.
189
63-rasm.
Uzoq masofalarga yugurish.
O‘rta masofaga yugurishda sportchi minutiga 170–220
qadam qo‘yadi.
O‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilar qadamining uzunligi
hatto bir sportchining o‘zida ham bir xil bo‘lmaydi. Bu
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
190
charchashga, ayrim masofa qismlarida bir tekis yugurib
bo‘lmaslikka, yo‘lka sifatiga, shamolga va sportchining
kayfiyatiga bog‘liq. Odatda, kuchli oyoq bilan qilingan qadam
kuchsiz oyoqnikiga nisbatan uzunroq bo‘ladi. Qadam uzunligi
160–215 sm ga teng.
Yugurish tezligini qadamni kengroq qo‘yish bilan oshirish
imkoniyati cheklangan bo‘ladi, chunki bu ko‘p kuchni talab
qiladi. Bundan tashqari, qadam uzunligi asosan sportchining
shaxsiy fazilatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tezlikni
qadamlar chastotasini oshirish hisobiga orttiriladi. Bu esa
yuguruvchining mashq ko‘rganlik darajasiga bog‘liq.
Yelka kamari bilan qo‘llarning harakati oyoqlar harakatiga
bog‘liq. Bu harakatlarni yengil, bemalol bajarish kerak. Bu
esa yelka kamari mushaklarini bo‘shatishni bilishga bog‘liq.
Qo‘llarning harakati yugurish paytida muvozanatni saqlashga
yordam beradi.
Qo‘llar harakatining doirasi yugurish tezligiga bog‘liq.
Panjalar olg‘a harakatlanganda gavda o‘rta chizig‘ini kesib
o‘tmaydi va taxminan o‘mrov suyagi darajasigacha ko‘ta-
riladi. Qo‘l orqaga borganda panja gavdaning orqa
chegarasigacha yetadi (yuguruvchining yonidan qaralganda).
Qo‘llar mayatniksimon harakat qiladi, barmoqlar bemalolgina
yumiq bo‘ladi, bilakka kuch berilmaydi, yelkalar yuqori
tomon ko‘tarilmaydi. Qo‘l olg‘a harakat qilganda, narigi
tomondagi oyoq bilan tosning shu oldinga uzatilgan oyoq
tomoni harakati hisobiga, olg‘a ketgan qo‘l tomondagi yelka
ham sal oldinga chiqadi (tos tik o‘q atrofida harakatlanadi).
Qo‘l eng oldinga va eng orqaga ketgan paytda eng ko‘p, tik
paytida esa eng kam bukilgan bo‘ladi.
Marraga kelish qancha davom etishi masofa qandayligiga
va sportchida qancha kuch qolganiga bog‘liq. Marraga
kelishda qo‘l harakati tezlashadi, gavda ko‘proq engashadi,
depsinish burchagi esa kamayadi. Sportchi asosan qadamlar
chastotasini oshirish hisobiga tez yugura boshlaydi.
191
Ba’zi yuguruvchilar masofa oxirida charchab qolib,
gavdalarini orqaga tashlab yuguradilar. Gavdaning bunday
holati tuzukroq yugurishga foyda bermaydi, chunki bunda
depsinishdan hosil bo‘ladigan kuch ko‘proq yuqori tomon
yo‘nalgan bo‘ladi.
Burilishda yugurish texnikasining ba’zi bir xil xususiyatlari
bor: bunda gavda chapga, yo‘lka raxi tomon bir oz og‘adi,
o‘ng qo‘l chap qo‘lga nisbatan kengroq harakat qiladi, o‘ng
qo‘l tirsagi yon tomonga ko‘proq chiqadi, o‘ng oyoq tagi esa
sal ichkariroq burilib yerga qo‘yiladi.
Yuqori tezlikda yugurib boraverish natijasida organizm-
dagi kislorodga ehtiyoj ortadi; kislorod iste’mol qilish mi-
nutiga 4–5 litrgacha, o‘pkada havo almashinish esa daqi-
qasiga 100–120 litrgacha va bundan ham ortiqroq darajaga
yetadi. Shuning uchun yugurayotganda to‘g‘ri nafas olishning
juda muhim ahamiyati bor. Kislorodga ehtiyoj ortganini
asosan nafas shiddatini oshirish hisobiga qondiriladi. Nafas
shiddati va chuqurligi bilan yugurish sur’ati o‘rtasida muayyan
munosabat hosil bo‘ladi.
Nafas ma’romi shaxsiy xususiyatlar bilan yugurish tezligiga
bog‘liq (yugurish tezligi ortgan sari nafas shiddati ham orta
boradi). Yugurish unchalik tez bo‘lmaganda har 6 qadamda
bir marta nafas olib-chiqarilsa, tezlik ortishi bilan bir nafas
olib-chiqarish 4 qadamga (2 qadamda nafas olish, 2 qadamda
nafas chiqarish) va ba’zan hatto 2 qadamga to‘g‘ri keladi.
Yugurayotganda nafasning qadamlar miqdoriga nisbati
masofa boshidan oxirigacha turg‘un bo‘lishi qiyin. Shuning
uchun boshlanishdagi nafas olish keyinchalik tezlasha boradi.
Yuguruvchi nafasni to‘xtatmasligi kerak. Ham burundan,
ham yarim ochiq og‘izdan baravariga nafas olish kerak.
Bunda eng muhimi nafas chiqarish to‘la bo‘lishiga e’tibor
berishdir.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |