395
va tugagan vaqt, mashq joyi va sharoiti (ob-havo, yerning
holati va boshqalar),
mashqning mazmuni va miqdori,
natijalar, texnikani egallash va takomillashtirish ustidagi ishlar.
Bundan tashqari, eng muvaffaqiyatli chiqqan harakatlar,
ularning tavsifi va shu bilan bog‘liq hissiyotlar ham hisobga
olinadi. Kundalikda keyingi mashg‘ulotlarda e’tibor berish
kerak bo‘lgan kamchiliklar va xatolar aniq ko‘rsatiladi. Ayrim
fazilatlarning rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan nazorat
mashqlari bajarish natijalarini muntazam yozib borish ayniqsa
muhimdir. Bularning hammasi mashqning muayyan davridan
keyin to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi.
Kundalikka
rejim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qancha va qanday uxlangani,
uyqudan turgan vaqt, «badantarbiya», suv muolajalari,
kayfiyat, nima ovqat yeyilgani, dam olish) ham yozib boriladi.
Mashq jarayonida o‘z og‘irligini muntazam kuzatib borib,
uni kundalikka yozib borish muhimdir. Og‘irlikni har mash-
g‘ulotdan oldin va keyin o‘lchash to‘g‘riroq bo‘ladi. Og‘irlik
o‘zgarishi, mashg‘ulotdan
keyin qancha kamayib, keyingi
mashg‘ulotgacha qanday tiklangani miqdorlash qanchalik
to‘g‘ri bo‘lganini, sportchi kayfiyatini aks ettiradi, dam olish
oralig‘ini aniqlashga imkon beradi. Har kuni (erta bilan)
barmoqlar dinamometriyasini o‘lchash (yuqori darajada
siqish) yo‘li bilan markaziy asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligi
o‘zgarishini nazorat qilib turish juda muhimdir.
Pedagogik nazoratda mashq ko‘rganlik
darajasining va
bundagi o‘zgarishlarning asosiy ko‘rsatkichi – sport natijalari
hisoblanadi. Bunda tashqi sharoitni (ob-havoni, yer qan-
dayligini, musobaqa qanchalik mas’uliyatli ekanini va hoka-
zolarni) albatta nazarda tutish lozim. Lekin musobaqa va
chamalashlar natijasiga qarab faqat mashq ko‘rganlikning
umumiy darajasi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin,
yengil-
atletikachining tayyorgarligidagi bo‘sh tomonlarni bilib bo‘l-
maydi. Buning uchun nazorat mashqlardan foydalaniladi.
Masalan, 30, 60 va 100 m ga yugurib chamalash vositasi
396
bilan masofa uzaygan sari 100 m ga yugurish tezligi kamay-
gan-kamaymaganligi aniqlanadi. Shunga qarab yengilatle-
tikachining maxsus chidamliligi haqida fikr yuritsa bo‘ladi.
Endi boshlayotgan o‘rta masofalarga yuguruvchilar uchun,
masalan, mashqlar natijasida, yugurishing eng yuqori tezligi
qanday o‘zgarayotganini bilish muhimdir. Agar yuguruvchi-
ning kelaturib 30 – 40 m ga yugurishdagi tezligi o‘sa bormasa,
aksincha pasaya borsa, demak, tanlangan masofaga yugurish-
ning eng yuqori tezligi chidamlilik bilan parallel ortmayotgan,
mashq metodikasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
Mashq ko‘rganlikning ayrim tomonlari to‘g‘risida kuchga,
chaqqonlikka, chidamlilikka mo‘ljallangan maxsus mashqlar
qanchalik bajarilishiga qarab, masalan,
bir oyoqda necha
marta o‘tirib tura olishga, ko‘tarilgan shtanganing og‘irligiga,
sakrash balandligiga va hokazolarga qarab, fikr yuritsa bo‘ladi.
Yosh yengilatletikachilarning har tomonlama jismoniy rivoj-
langanlik darajasi “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yor-
larini topshirilishi bilan, shuningdek, krosslarda yugurishning
qancha davom etishi va tezligi, shtanga ko‘tarish mashqlaridagi
ko‘rsatkichlar, yengil atletikaning boshqa turlaridagi natijalar
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: