384
yengilatletikachi sport formasida bo‘lishining katta ahamiyati
bor. Sport formasida bo‘lish degani – tayyorlik darajasining
shunday holati tushuniladiki, unda sportchi mashq jarayonida
hosil qilgan kuch va imkoniyatlarini to‘la namoyish qila
oladigan bo‘ladi. Bu birinchi navbatda markaziy asab tizi-
mining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Markaziy asab tizimi tonusining yuqori bo‘lishi, ish
qobiliyatining yaxshi bo‘lishi yengilatletikachi o‘z kuchini,
tezkorligini,
chidamliligini, texnikasini, irodaviy va boshqa
fazilatlarini samaraliroq ko‘rsata olishiga imkon beradi.
Ma’lumki, sport tayyorgarligi ta’sirida yengilatletikachi
organizmining organ va tizimlarida yuz bergan o‘zgarishlar
va ular ish qobiliyatining ortganligi
yetarli darajada mus-
tahkam, ikki hafta mashq qilmay qo‘ygan taqdirda ham
kamaymaydigan bo‘ladi. Lekin markaziy asab tizimning ish
qobiliyati juda tez o‘zgaradi.
Ish qobiliyatining o‘zgarishi avvalo bosh miya qobig‘idagi
harakat markazi asab to‘qimalarining ta’sirlanish darajasi
kamaygani yoki kuchayganiga bog‘liq bo‘ladi.
Òa’sirchanlik ayniqsa musobaqa yaqin qolgan kunlarda
kuchayadi. Uning musobaqa kunida
optimal yuqori darajaga
etishi juda muhimdir. Òa’sirchanlik yuqori bo‘lsa, asab
markazlari qo‘zg‘aluvchilarga tezroq javob qaytaradi, boshqa
organ va tizimlarga, ularda bo‘layotgan jarayonlarda kuchliroq
ta’sir qiladi. Musobaqadagi sharoit, raqobat, bo‘lajak start
to‘g‘risidagi fikr, g‘alaba qilish mumkin ekanligi va hokazolar
ta’sirida hosil bo‘lgan emotsional ruhlanish natijasida sport-
chining kuchiga kuch qo‘shilishi ham ana shundan. Òabiiyki,
musobaqadan keyingi kunlarda ta’sirchanlik odatdagi da-
rajaga qaytishi, uning musobaqa
kunidagi eng yuqori nuq-
tasiga nisbatan to‘lqinsimon o‘zgarishiga olib keladi.
Bunday to‘lqinning yuqori nuqtasi sport formasi qanday
ekanini ko‘rsatadi (albatta, texnika, taktika, jismoniy va
irodaviy tayyorlik turg‘un bo‘lsa). Bunday to‘lqinsimonlik
sportchi bir necha oy davomida ko‘p musobaqalarda sport
385
formasida bo‘lishiga imkon beradi. Bu fursatda tobora yuqori
sport natijalariga erisha borish esa sport va funksional tayyorlik
darajasi yaxshilanishi natijasi bo‘ladi. Asab tizimining
umuman mustahkamlanishi optimal yuqori darajada ta’sir-
chanlikni ham ta’minlaydi.
Musobaqadan oldingi kunlarda ta’sirchanlik haddan tash-
qari yuqori bo‘lsa, sport formasi kerakli darajada bo‘lmay
qoladi (bu ayniqsa musobaqa arafasida bo‘lishi mumkin).
Bunday hollarda asab to‘qimalari, holdan toyish ehtimoliga
qarshi, tormozlanish holatiga (I.P. Pavlov ta’biricha «mu-
hofaza tormozlanishi» holatiga) o‘tishi mumkin. Bunda sport-
chining ish qobiliyati keskin kamayib ketadi.
Odatda, ta’sirchanlikni oshirish uchun hech qanday chora
ko‘rish kerak bo‘lmaydi. Òa’sirchanlik
barvaqt ortib ketib,
«muhofaza tormozlanishi» paydo bo‘lishi oldi olinsa bas.
Buning uchun oldingi kunlarda mashqni davom ettirish,
dam olishni 1–2 kunga tushirish, bu kunlarda sayr qilish,
bog‘larda sekin yugurish, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar
qilish, musobaqalardan bir kun oldin chigalyozdi qilish kerak.
Bundan
tashqari, sportchi fikrini bo‘lajak musobaqadan
chalg‘itadigan boshqa ish bilan band bo‘lish ham ta’sirchanlik
barvaqt ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘ta mashq (markaziy asab tizimining charchashi) sababi
tez-tez takrorlanadigan mas’uliyatli musobaqalarda qat-
nashishdangina emasligini unutmaslik kerak. Bir yoqlama
mashq qilish, tanlangan yengil atletika turini yuqori jadallikda
takrorlayverish, uni kam jadal mashqlar va umumiy jismoniy
tayyorgarlik vositalari bilan almashtirib
turmaslik natijasida
ham shunday bo‘lishi mumkin.
Haftalik davrda zo‘r berish bilan dam olishni galma-gal
almashtirib turishda quyidagilarga rioya qilish zarur: kecha-
sidagi uyqu, tayyorgarlik davrdagi kundalik mashqdagi kuch
kelishdan keyin sportchi kuchini to‘liq
tiklash kerak; muso-
baqalashuv davridagi mashq haftalik davrining har birini sportchi
kuchi to‘liq tiklangandagina boshlash kerak; musobaqada qat-
386
nashgandan keyin, bir hafta davomida tanlangan yengil atletika
turi hajmini ham, jadalligini ham kamaytirish, lekin mashqda
umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalaridan qo‘shimcha
foydalanish kerak. Mashq qilishdan har oyning oxirida 2 – 3
kun surunkasiga profilaktik faol dam olish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: