Mashqning musobaqa davri
– o‘yingohlar (stadion) va
maydonchalarda yengil atletika mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan
yoz paytidir.
Musobaqalashuv davridagi mashq (trenirovka)ning asosiy
vazifalari
: 1. Òanlangan ixtisosga muvofiq jismoniy va
axloqiy-irodaviy fazilatlarni yanada rivojlantirish. 2. Sport
texnikasini takomillashtirish va uni mustahkamlash. 3. Òak-
tikani bilib olish va musobaqa tajribasi hosil qilish. 4. Har
tomonlama jismoniy tayyorgarlikni erishilgan darajada saqlab
turish.
Bu davrda yuqoriroq sport natijalariga erishishga, sport
formasini uzoq saqlab qolishga intilib, mashq ko‘rganlik
darajasini uzluksiz oshira borish kerak.
Musobaqalashuv davri ikki bosqichga bo‘linadi: ilk mu-
sobaqalashuv bosqichi – 1 oy (aprel) va asosiy musobaqalar
bosqichi – 5 oy (may–sentabr).
Birinchi bosqichda yengilatletikachilar zo‘r berib mashq
qilishlari, musobaqalarga kam qatnashishlari kerak. Bu
oydagi mashqlar, ularga tayyorlov davrida nimalar yig‘ilgan
bo‘lsa, shularni stadiondagi yozgi musobaqalarda ishlatish
uchun kerak. Hatto tayyorlov davrida jadal mashq qilgan
yengilatletikachilar ham yoz sharoitidagi mashg‘ulotlarning
birinchi kunlarida yuqori sport natijalarini ko‘rsata ol-
maydilar.
Birinchi bosqichdagi musobaqalarga qatnashgan bilan
mashq rejasi unchalik o‘zgarmasligi kerak: musobaqa oldidan
368
dam olish kunlarini ko‘paytirish yoki kuch kelishni kamay-
tirish yaramaydi. Yengilatletikachilar musobaqalarga qat-
nashish bilan yangi sharoitga o‘rganadilar, o‘z imkoniyatlarini
tekshiradilar, mashq ko‘rganlik darajasini oshiradilar, o‘z
mashqlarining samaradorligini baholaydilar. Odatda, dast-
labki musobaqalardan keyinoq mashq jarayoniga o‘zgar-
tirishlar kiritib, keyingi musobaqalarga yaxshiroq tayyorlaish
imkonini beradigan xulosalar chiqarsa bo‘ladi.
Umuman, ilk musobaqalashuv bosqichidagi mashqni,
ayniqsa tayyorlik darajasi yuqori bo‘lgan sportchilar uchun,
keyinroq o‘tkaziladigan mas’uliyatli musobaqalarga tay-
yorlanish, deb qarash kerak.
Ilk musobaqalashuv bosqichidagi mashqlarning asosiy
vazifalari
: 1) yozgi sharoitdagi sport texnikasini bilib olish
va uni malaka sifatida mustahkamlash; 2) tanlangan yengil
atletika turiga muvofiq fazilatlarni yanada rivojlantirish;
3) tayyorligi bor yengilatletikachilarning har tomonlama jis-
moniy rivojlanishini erishilgan darajada saqlash va tayyorligi
yetarli bo‘lmaganlarda shu fazilat darajasini yanada oshirish.
“Alpomish” va “Barchinoy” testlarini yozgi turlarini topshi-
rishga tayyorlanish; 4) musobaqada qatnashish tajribasini
orttirish; 5) ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etishni davom
ettirish.
Yangi boshlayotgan bolalar va tayyorligi bo‘sh yengilatleti-
kachilar bilan yoz boshi va o‘rtasidagi mashg‘ulotlarning
mazmuni deyarli bir xildir. Lekin yengilatletikachilar tay-
yorligi qancha yuqori bo‘lsa, mazmundagi farq ham
shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Musobaqalashuv davrining ikkinchi bosqichidagi mashq-
qa qo‘yiladigan maqsad – bu vaqtda o‘zi uchun eng yuqori
natijaga erishishga qaratilgan bo‘ladi.
Asosiy musobaqalar bosqichida mashqning asosiy vazifalari:
1. Sport texnikasini takomillashtirish va uning turg‘unligiga
erishish. 2. Òanlangan yengil atletika turiga moslab, atletning
369
irodaviy fazilatlarini rivojlantirish va funksional imkoni-
yatlarini oshirish. 3. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni
(ayniqsa jismoniy tayyorgarligi bo‘lmagan yengilatletikachilar
uchun) erishilgan darajada saqlab qolish. 4. Òa’lim va
tarbiyaviy ishlarni davom ettirish.
Musobaqalashuv davridagi mashqda qo‘llaniladigan
mashqlar bahordagichalik ko‘p turli emas. Endi yengil atle-
tikaning o‘zigagina xos va tanlab olingan maxsus mashqlar
ko‘proq bo‘ladi. Xilma-xillik faqat bajarish metodlari va
usullarini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi. Asboblar bilan va
asbobsiz bajariladigan umumiy rivojlantirishga mo‘ljallangan
tayyorlov mashqlarini endi yangi boshlayotgan va tayyorligi
kam yengilatletikachilar ko‘proq bajaradilar. Òayyorligi yaxshi
sportchilar bunday mashqlarni faqat chigalyozdida bajaradilar.
Bu vaqta hamma yengilatletikachilarga tanlangan yengil
atletika turiga mos texnikani va fazilatlarni takomillash-
tiradigan maxsus tayyorlov mashqlari zarur bo‘ladi. Faol
dam olish va mashq ko‘rganlikni saqlab qolish uchun, ochiq
joylarda turli mashqlar musobaqadan oldin va ko‘p kuch
keladigan mashg‘ulotdan keyingi kuni ayniqsa foydalidir.
Musobaqalashuv davrining birinchi bosqichida razryadli
yengilatletikachilar mashg‘uloti quyidagicha tuziladi: chigal-
yozdidan keyin hamma ixtisosdagi yengilatletikachilar qisqa
masofaga yugurishga (tezlanish bilan yugurish, start tezla-
nishlari, yurib kelib yugurishga o‘tish, chamalashlar, avvalo
tezkorlikni rivojlantirish uchun takror yugurishlar) o‘tishlari
kerak. Sprintchilar uchun bu mashqlar asosiy hisoblanadi,
shuning uchun ular bu mashqlarga boshqa yengilatletikachi-
larga nisbatan ko‘proq vaqt ajratishlari kerak. Sprintdan
keyin, kerak bo‘lsa, yengilatletikachilar texnikani yaxshi-
lashga yordam beradigan maxsus mashqlarga o‘tadilar. Bu,
masalan, g‘ov osharlarga va langarcho‘p bilan sakrovchilarga
juda zarur.
Keyin sportchi o‘zi ixtisos olayotgan yengil atletika turiga
o‘tadi. Bu asosiy mashq mashqlari vazifalar qandayligiga
370
qarab har xil bajariladi. Masalan, texnikani takomillashtirish
uchun – to‘la zo‘r bermay, lekin ko‘p marta, uzoq vaqt
bajarilsa, irodaviy fazilatlarni tarbiyalash va texnikani mustah-
kamlash uchun – yuqori kuch berib, lekin kam takrorlab
bajariladi. Ko‘pincha asosiy mashq mashqlari bilan bir necha
vazifa baravariga hal etiladi.
Agarda yengilatletikachiga ayrim mushak guruhlari kuchini
ko‘paytirish yoki sakrovchanlikni oshirish kerak bo‘lsa, u
tanlangan yengil atletika turidan mashq qilib bo‘lgandan
keyin maxsus mashqlarni anchagina ko‘p kuch sarflab
bajarishi kerak. Masalan, uzunlikka, balandlikka va uch
hatlab sakrovchilar oyoq mushaklari kuchini, ko‘p martalab
sakrash (bir oyoqda irg‘ish, sakrama qadamlar) vositasida
oshiradilar. Uloqtiruvchilar va ayniqsa yuguruvchilar
anchagina uzoq vaqt davomida prujinasimon sakrab-sakrab
bajariladigan mashqlar qiladilar. Nihoyat, mashg‘ulot oxirida
hamma yengilatletikachilar asta-sekin yugurishga o‘tadigan
yakunlovchi yugurishda ishtirok etadilar.
Mashq mashg‘ulotlariga faol dam olishga mo‘ljallangan
mashqlar kiritish foydalidir. Masalan, sakrovchi sakrash
mashqlaridan keyin yadro itqitishdan yoki uloqtirishning
boshqa turidan, uloqtiruvchi esa yugurish yoki sakrashning
biror turidan ozroq mashq qilishi mumkin.
Musobaqalashuv davrining ikkinchi bosqichida ham
mashg‘ulotlar xuddi shunday tuziladi. Lekin endi jismoniy
tayyorligi yetarli bo‘lgan yengilatletikachilar uchun maxsus
mashqlardagi kuch kelishni kamaytirish mumkin. Òexnikani
yaxshilash, uni mustahkamroq malaka darajasiga yetkazish
lozim. Bunga erishmoq uchun, avvalo, tanlangan yengil
atletika turi ko‘p marta takrorlanadi, musobaqadagi yuqori
jadallikning 9/10 qismicha jadallik bilan bajariladi.
Malakani mustahkamlash uchun, sportchi harakatni
soddalashtirmay, yaxlit takrorlashi kerak. Masalan, 3 qa-
damdan yugurib kelib sakrash mashqi, sakrovchanlikni
371
yaxshilaydigan mashq bo‘lsa ham, yugurib kelib balandlikka
sakrovchilar musobaqalashuv davrida unga berilib ket-
masliklari kerak. Shuningdek, agar unchalik ehtiyoj bo‘lmasa,
joydan turib uloqtirishni yoki pasaytirilgan g‘ovlar osha
yugurishni ko‘p takrorlayvermagan ma’qul.
Òexnikani mustahkamlash va uni takomillashtirish to‘g‘-
risidagi bu gaplar texnikani o‘rganib olganlargagina taaluq-
lidir. Òexnikasi kamroq sportchilar esa, oldingidek uni
o‘rganib olishga ko‘proq vaqt ajratishlari, uni o‘rganib olish-
lari kerak. Masalan, musobaqa bo‘lar ekan deb, takomil
topmagan texnikani mustahkamlashga urinish yaramaydi.
Òexikadagi kamchiliklar sababli ko‘p yillar davomida
arzimagan natija ko‘rsatib yurgandan ko‘ra, bir-ikki yil sabr
qilib, keyin zo‘r muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan yaxshiroq.
Musobaqalashuv davrida mashq ko‘rganlik darajasini
oshirish uchun katta kuch keladigan musobaqalar, chama-
lashlar va mashq mashg‘ulotlari katta rol o‘ynaydi. Bu mashq
davrning ikkinchi bosqichida mashq mashqlarining hajmini
kamaytirib, mashq ishining jadalligini oshirish kerak. Mashq-
ning hajmini kamaytirish evaziga jadalligini asta-sekin oshira
borish va optimal miqdorda musobaqalarda qatnashish –
sportda katta-katta muvaffaqiyatlarga erishishning muhim
shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |