7
Arabiston, Xitoy, Xindiston, O‘rta Osiyoda taraqqiy etgan. Masalan IX asrning boshlarida arab
xalifasi Mamun topshirig‘i bilan Mesopotomiya tekisligida yer sharining kattaligini aniqlash
maqsadida gradus o‘lchash ishi olib borilgan. Olimlar yer shari meridianini 1
yoy uzunligini 111,8
km ekanligini aniqlaganlar.
1680 yilda I. Nyuton o‘zini dunyo tortilish qonuniga asoslanib, yer - ellipsoid shaklida degan
fikrni olg‘a surdi.
XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya soxasida olib borilgan ishlar
yerni shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko‘rsatdi. Masalan ulug‘ olim Laplas Fransiya va
boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o‘lchashlar natijasini analiz qilib, meridian 1
sining
uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir xilda kamaymasligini aniqladi. SHunga asoslanib yer
o‘ziga xos noaniq shaklga ega ekan, degan xulosaga kelindi. 1873 yilda nemis fizigi I. V. Listing
yerning bunday shaklini
geoid
deb atalishini taklif etdi.
Yerning kattaligini aniqlashda Rossiyada bajarilgan gradus o‘lchashning axamiyati juda katta.
Masalan 1816 yildan boshlab geodezist K. I. Tennyer raxbarligida Rossiyaning g‘arbiy
chegarasidagi gubyerniyalarda astronom V. YA. Struve raxbarligida Boltiq bo‘yi gubyerniyalarida
gradus o‘lchash ishlari olib borilib, bu ishlar 1850 yilgacha davom etgan va Dunay daryosining
quyilish joyidan to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg‘og‘igacha bo‘lgan 25
20
meridian
yoyining uzunligi xisoblab chiqarilgan.
Geodeziya fanini nazariy jihatdan rivojlantirishda rus olimlari P. L. CHebo‘shev, A. P.
Bolotov, N. YA. Singer, A. A. Tillo va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
X1X asr boshida Rossiyada olib borilgan geodezik ishlar natijasida Rossiyani 10% gina
topografik jixatdan o‘rganilgan edi.
Sovet hokimiyati dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz territoriyasini geodezik va topografik
jixatdan o‘rganishga katta axamiyat berildi. 1928 yilda mashxur rus geodezisti F. N. Krasovskiy
davlat territoriyasida geodezik tayanch shaxobchalarini barpo etish va topografik plan olish ishlarini
programmasini tuzib chiqdi.
1933 yilda davlat territoriyasini gravimetrik planini olish ishlari olib borildi. 1945 yilda
mamlakatimiz territoriyasini 1:1000000 masshtabli kartalari tuzildi. Aerofototopografik plan olish
ishlariga Drobishev, Konshin, Lobanov va boshqa olimlar turli injenerlik inshootlarni barpo etishda
geodezik ishlarini bajarish metodlarini yaratishga olimlar N.G.Viduev, G.F.Glotov, N.N.Lebedev
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Sovet hokimiyati davrida yangidan-yangi, mukammal optik va avtomatik asboblar,
aerofotos’yomka apparatlari, fotogrammetrik asboblar, hamda svetodalnomer, radiodalnomer,
lazerodalnomerlar yaratildi va o‘zlashtirildi.
Kartografiya soxasida ham katta yutuqlarga erishildi va yirik kartografik asarlar yaratildi.
Geodeziya fani xalq manfaatini ko‘zlab, xalq xo‘jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz
mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: