Kartografiya
- yer yuzasini geografik kartalarini tuzish, o‘rganish, foydalanish metodlarini
o‘rganadigan fan.
9)
Amaliy geodeziya
- xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarida geodezik ishlarni bajarish bilan
shug‘ullanadi. Amaliy geodeziya o‘z navbatida injenerlik geodeziya va qurilish geodeziya
tarmoqlariga bo‘linadi.
10)
Injenerlik geodeziyasi
- turli injenerlik qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyihalash
va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.
11)
Marksheyderiya
- geodeziyani shaxta, tonnel, metro va boshqa yer osti inshootlarini
qurishda yer bag‘rida o‘lchash ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadigan soxasidir.
1.2. Geodeziyaning mamlakatimiz xalk xujaligi va mudofasidagi axamiyati.
Yerni shakli va kattaligi haqidagi ma’lumotlar insoniyat uchun zarurdir. Bu ma’lumot
ESY
ini o‘chirish, televidenie, geologiya, radio, geografiya, geofizika uchun zarurdir.
Yer yuzasini o‘rganish, o‘zlashtirish, xamda yer yuzasini injenyer inshootlarini barpo qilish
bilan shug‘ullanadigan barcha mutaxassislar uchun topografik karta ko‘z bo‘lib xizmat qiladi.
Buning uchun undan foydalanishni yaxshi bilish kerak.
Geodezik ishlar sanoat va grajdan qurilishi, yo‘l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega yangi
shaxar va qishloqlarni bunyod etish, axoli yashaydigan punktlarini planlashtirish kabi muxim
ishlarni geodezik ishlarsiz va topografik kartalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Har qanday bino, uy va yo‘l qurilishining samaradorligi, qurilish narxi, ulardan foydalanish
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan geodezik ishlarning qanchalik aniq bajarilganligiga va geodezik
ma’lumotlardan qanchalik to‘g‘ri foydalanilganligiga bog‘liq.
YAngi shaxar va qishloqlarni barpo etish, aholi yashaydigan punktlarni planlashtirish, ularni
obodonlashtirish va qayta qurish loyihalarini tuzish kabi muxim masalalarni geodezik ishlarsiz
amalga oshirib bo‘lmasligi turgan gap.
Geodezik o‘lchash ishlari, topografik kartalar va aerofotos’yomka materiallari mamlakatimiz
mudofaa qobiliyatini oshirish vositalaridan biridir.
Topografik karta va aerosuratlardan taktik, strategik masalalarni hal qilishda, hamda boshqa
harbiy ishlarda keng foydalaniladi.
Umuman, geodeziya mamlakatimiz xo‘jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirishda va
mudofaa qobiliyatini oshirishda juda katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |